Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari Xotirada saqlovchi qurilmalar


Download 158.67 Kb.
bet3/4
Sana17.09.2023
Hajmi158.67 Kb.
#1680233
1   2   3   4
Bog'liq
Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari

6.3. Operativ xotira


Operativ xotira hajmi ko‘pincha yetishmaydi, ba’zan bo‘ladi va hech qachon haddan tashqari ko‘p bo‘lmaydi. Faqat moliyaviy cheklashlar bo‘lishi mumkin. Xotira hajmi million baytlar – megabayt (Mbayt)da o‘lchanadi. Ular qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik yaxshi bo‘ladi va dasturlar tezroq ishlaydi. Zamonaviy dasturlar kamida 16 Mbayt hajmli xotira talab qiladilar, vaholanki xotirasi 32 Mbaytdan kam bo‘lmagan kompyuterlarni eng ko‘p sotib olishadi. 64 Mbaytli xotira bilan istalgan dasturni ishlash mumkin, xotira 128 Mbayt bo‘lsa esa – juda yaxshi, lekin hozircha qimmatroq.
Bir megabayt juda yaxshi hisoblangan paytlar u o‘nlab alohida mikrosxemalar ko‘rinishida turna qator bo‘lib onalik platasining katta qismini qoplar edi. Hozirgi 16-32 megabaytli hajmlarda plata o‘lchamlari juda katta bo‘lar edi. «Xotira» yangi texnologiyaga o‘tdi – u vertikal bo‘yicha o‘sa boshladi.
Dastlab xotiraning sakkiz razryadli SIMM moduli – katta bo‘lmagan platachalar paydo bo‘ldi; platachalarga xotira mikrosxemalari kavsharlanar edi. Odatda platada to‘rttadan sakkiztagacha bunday bo‘linmalar o‘rnatilar edi, SIMM-modullarining o‘zi esa 4 Mbaytgacha hajmda bo‘lar edi (6.1-rasm). Bunda xotiraning umumiy hajmi 15-32 Mbaytgacha yetar edi. Bunday SIMM-modullar 30 kontaktli (ularni o‘rnatish uchun bo‘linmadagi kontaktlar soni bo‘yicha) deb ataladi.



6.1-rasm. Operativ xotira modullari

Ularni 72 kontaktliSIMM-modullarialmashtirdi; ulardaxotira 32-razryadliqilibtashkilqilingan. 486 kompyuterlariuchunbundaymoduldanbittasiyetaredi (to‘rtta 30 kontaktlio‘rniga), ma’lumotlarshinasi 64 razryadli «Pentium» uchunesaSIMM-modullarsonialbattajuftbo‘lishikerak.


Bitta SIMM-modulning hajmi – 4 dan 32 Mbaytgacha. Umumiy holda kompyuterni tanlashda xotiraning zarur bo‘lgan hajmi modullarning eng kam sonida yig‘ilgan bo‘lishligiga intilish zarur. Bunda yanada kengaytirish uchun bo‘sh uyachalar qoladi.
Hozirgi paytda SIMM-modullardan deyarli foydalanishmayapti.Xotira mikrosxemalarini ishlab chiqarish texnologiyasi – mikroelektronikaning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Yaqin o‘tmishda xotira protsessorga nisbatan ancha sekin ishlardi va unga murojaat qilish uchun kutish sikllari va maxsus bufer sxemalar – kesh-xotiralardan foydalanishar edi. Bugungi kunda DIMM xotira modullari ko‘proq qo‘llanilmoqda; ular protsessor bilan sinxron ishlaydi (6.1-rasm).
DIMM-modullarni juft o‘rnatish shart emas – ularning soni toq bo‘lishi ham mumkin. Eng universal onalik platalari ham DIMM-modullarini va ham SIMM-modullarini o‘rnatish uchun bo‘linmalarga ega, lekin bu modullarni aralash o‘rnatib bo‘lmaydi. Ya’ni operativ xotira mikrosxemalari bir turga taalluqli bo‘lishi kerak.
Kompyuter ishining ishonchliligi muayyan modullarning xossalariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bir ishlab chiqaruvchining bir xil modullaridan foydalanish eng yaxshi variant hisoblanadi (agar bir partiyadan bo‘lsa yanada yaxshi). Shuning uchun sizning kompyuteringizda 32 Mbayt sig‘imli DIMM-modul o‘rnatilgan bo‘lsa, siz esa xotira sig‘imini 64 Mbaytgacha oshirmoqchi bo‘lsangiz – eng yaxshi variant – mavjud modulni sotish va uning o‘rniga bir partiyaga taalluqli bo‘lgan ikkita yangi, yoki 64 Mbayt sig‘imli bitta katta modulni sotib olishdir.
Hozirgi paytda sig‘imi bir necha gigabaytgacha bo‘lgan DDR SDRAM (DDR) va RDRAM (6.2-rasm) modullari tobora keng qo‘llanilmoqda, DIMM-modullarini ishlab chiqish to‘xtatilgan. Masalan, Intel korporatsiyasi pulni DRAM ishlab chiqarishga ajratmoqda. Elpida Memory va Intel korporatsiyalari Elpida ishlab chiqarishlari quvvatlarini rivojlantirish haqidagi hamkorlik bitimiga qo‘l qo‘yishdi.

6.2-rasm. SamsungPC1066 RDRAM – 128 Mbayt

BugungikundaElpidaMemoryxotiraishlabchiquvchiyagonaYaponiyakompaniyasidir.KompaniyaNECvaHitachihamkorligida 1999 yildatashkilqilindi. Ajratilayotganmablag‘larXirosimadagizavodquvvatinioshirishgasarflanmoqda; buzavod 0,11mikronlitexnologikjarayonbo‘yichaDRAMchiplariuchun 30 santimetrlitaglik (подложка) chiqaradi. Elpida kompaniyasi Intel Capital dan tashqari boshqa investorlar tarafidan ham moliyalanadi.


Intel bilan shartnoma shartlaridan biri – DRAM xotirasining yangi arxitekturasini ishlash bo‘yicha kompaniyalar rejalarini koordinatsiyalashdir. Hozirgi paytda bu – hisoblash tizimining tayanch elementlaridan biridir; xotira xarakteristikalarini yaxshilash umumiy unumdorlikni sezilarli oshiradi.



Download 158.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling