Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari Xotirada saqlovchi qurilmalar


Download 158.67 Kb.
bet4/4
Sana17.09.2023
Hajmi158.67 Kb.
#1680233
1   2   3   4
Bog'liq
Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari

6.4. Operativ xotira tezkorligi


Operativ xotira tezkorligi nanosekund (sekundning milliarddan bir bo‘lagi)larda o‘lchanadi. Tezkorlik onalik plata ishlaydigan chastota bilan muvofiqlashgan bo‘lishi kerak.
Operativ xotira tezkorligini o‘lchaydigan ikki tizim: biri – SIMM-modullar, ikkinchisi – DIMM-modullari uchun mavjud. SIMM-modullari uchun xotira mikrosxemalari 60, 70, 80 nanosekund kirish vaqtiga ega; bu vaqt qancha kichik bo‘lsa, shuncha yaxshi (va qimmatroq). Bu parametr ma’lumotlarni yozish/o‘qishga mikrosxemaga murojaat uchun qancha vaqt zarurligini bildiradi. Onalik platasi asosiy shinasining chastotasi qancha yuqori bo‘lsa, xotiraga kirish vaqti shunchalik kam bo‘lishi kerak. Agar onalik platasi 66 MGts chastotada ishlasa, xotira kirish 80 ns vaqtiga ega bo‘lishi lozim. 100 MGts chastotada ishlaydigan onalik platalari uchun yurish vaqti 60-70 ns bo‘lishi zarur. 60 ns li xotira mikrosxemalarining ba’zi ekzemplyarlari hattoki 133 MGts chastotali onalik platalari bilan ishlay olmaydi.
DIMM-modullari uchun boshqacha tezkorlikni o‘lchash tizimi qabul qilingan.Ular ham nanosekundlarda o‘lchanadi, lekin ularda fizikaviy ma’no boshqacha. Xarakterli qiymatlar: 6, 7, 8, 10, 12 ns. Ularni onalik platasi asosiy shinasi chastotasiga teskari kattalik deb qarash kerak. Masalan, agar chastota 100 MGts bo‘lsa, operativ xotira tezkorligi 10 ns gacha bo‘lishi lozim. Agar chastota 66 MGts bo‘lsa, 12 ns li xotira to‘g‘ri keladi va 133 MGts chastota uchun tezkorlik 6 yoki 7 ns bo‘lishi lozim.
Ba’zi modellar misolida DIMM-modullarini DDR-modullari bilan solishtiramiz.
DDR400 (PC3200) standartining xotirasi DDR333 (PC2700) standarti xotirasiga qaraganda 20 foiz ko‘proq o‘tkazish qobiliyatini ta’minlaydi. DDR400 standarti operativ xotirasining nazariy o‘tkazish qobiliyati 3,2 Gb/s. Tig‘iz (пиковая) o‘tkazish qobiliyati 184 kontaktli modullar – 6,4 Gb/s (xotiraning ikki kanalli kontrollyoridan foydalanilganda).


Kichik hajmli xotirali kompyuter nima uchun sekinroq ishlaydi?
Bo‘lajak kompyuter konfiguratsiyasini tanlashda odam doim operativ xotirada tejab qolgisi keladi.Haqiqatda, agar 16 Mbaytli kompyuter ham ishlasa, nima uchun 64 Mbaytlisini sotib olish kerak?
Lekin, ko‘pchilik, bunda kompyuter o‘n marotaba sekinroq ishlashini bilishmaydi. Bunda, operativ xotira yetishmasligi tufayli hamma tizimlar sekin ishlaydi va sarflangan pul atigi 10 foizga ishlaydi.
Nima uchun operativ xotirasi kichik hajmli bo‘lgan kompyuter sekin ishlaydi? Gap shundaki, zamonaviy dasturlar uchun ham 16 Mbayt va ham 64 Mbayt kamlik qiladi. Amalda intensiv ishlaganda kompyuterga yuzlab megabayt xotira zarur. Agar kompyuter uni topa olmasa, u joylashtira olmagan hamma ortiqcha narsani u bikr diskdagi vaqtincha saqlanadigan joy – bir oz saqlanadigan faylga jo‘natadi. Yozish va o‘qish portsiyalab bo‘ladi. Operativ xotira platasi fizikaviy operativ xotira deyiladi. Operativ xotirani hamma boshqacha tashkil qilinishi virtual operativ xotira bo‘ladi. Fizikaviy va virtual xotiralar summasi – to‘liq operativ xotiradir.
Bikr disk – mexanik qurilmadir. U operativ xotiraga nisbatan o‘nlab marta sekinroq ishlaydi. Operativ xotira qanchalik kam bo‘lsa, disk bilan shunchalik tez almashinuv bo‘ladi va bu almashinuvning har bir portsiyasi shunchalik kam bo‘ladi. Operativ xotira minimal (16 Mbayt) bo‘lganda almashinuv amalda uzluksiz bo‘lib turadi. Kompyuter bikr diskni «cho‘qilash» bilan shug‘ullanadi.Sekundlarda bajariladigan operatsiyalar minutlarga cho‘ziladi.Bunda operativ xotiraning biroz kattalashtirilishini ham juda katta samara berdi.
Agar kompyuter Windows 98 operatsion tizimida ishlasa, uning operativ xotirasining 16 Mbaytdan 24 Mbaytgacha biroz kattalashtirilishi uning unumdorligini bir necha marta oshiradi. Windows 98 dan operativ xotirasi 16 Mbayt bo‘lgan kompyuterlarda foydalanmang. Yoki xotirani biroz oshiring, yoki Windows 95 operatsion tizimiga qayting; bu tizim biroz noqulay bo‘lsa ham, lekin 8 Mbayt va undan katta xotira hajmli kompyuterlarda ishlaydi.
Operativ xotiraning tavsiya qilinadigan hajmini aniqlashning oddiy qoidasi bor. Dastlab, o‘zingiz uchun qanday operatsion tizim va qanday dasturlar (qaysi yili chiqarilgani ma’nosida) bilan ishlashingizni hal qiling. Tanlab olgan tizimingiz uchun minimal talablarni biling va ularni ikkiga ko‘paytiring.
Download 158.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling