Avtomatlashtirilgan masofadan turib boshqariladigan usullar to'g'risida tushuncha


Download 1.67 Mb.
Sana08.02.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1177574
Bog'liq
Avtomatlashtirilgan masofadan turib boshqariladigan usullar to\'g\'risida tushuncha.

Avtomatlashtirilgan masofadan turib boshqariladigan usullar to'g'risida tushuncha.

  • Tuproqlarning kimyoviy holatini aniqlash uchun oxirgi yillarda tahlillarning mumtoz usullari bilan birga instrumental tahlillar ham olib borilmoqda. Tuproq qoplami yoki gidrosfera holatini o'rganish aviatsiya, su'niy yo'ldosh va yer sathiga yaqin bo'lgan kosmik stantsiyalar orqali amalga oshirilmoqda. Bizni o'rab turgan olamdagi biron-bir ob'ektni fizik va fizik-kimyoviy o'rganish uchun samarali usulni tanlash bir qancha bosqichni o'z ichiga oladi.
  • Analitik kimyo va kimyoviy tahlillarning roli beqiyos oshganiga shubha yo'q. Katta tezlik, temperatura va bosim, radiatsiya darajasiyuqori bo'lgan jarayonlarni, hattoki Yer orbitasidan ham tashqaridagi hodisalarni o'rganishda masofaviy va avtomatik usullardan foydalanilmoqda.
  • Masalan, oy sathi gruntini bevosita lunoxod orqali, Venerani o'rab turgan atmosfera tarkibini o'rganish uchun rentgenofluorestsent usulini qo'llash, yerda esa yuqori radioaktivlikka ega bo'lgan ob'ektlar, okean va dengizlarning eng chuqur qatlamlarini tadqiqot qilish va boshqa shunga o'xshash analitik vazifalarni hal qilish distantsion boshqarish orqali amalga oshirilmoqda. Aerokosmik s'emkalar tuproqlarninig holatini, sho'rlanish va grunt suvlarining joylashish xususiyatini ko'rsatib, tuproq xaritanomalari tuzilmoqda.
  • Komp`yuter texnologiyalarini kimyoviy tahlillarga tatbiq etish, ko'pgina jarayonlarni distantsion boshqarish imkoniyatini beradi. Bunda hal qiluvchi rolni programma injeneri o'ynaydi, jarayonlarni boshqarish, olingan ma'lumotlarni analiz qilish, uskunlarni nazorati, b'zida esa tez va to'g'ri qarorlar chiqarishi lozim bo'ladi. Tuproqshunoslikda bunday distantsionn usullardan foydalanish tobora rivojlanib bormoqda.
  • Zamonaviy kimyoviy analizlar uchun xos bo'lgan sezgirlik va aniqlik kriteriyalari blan birga ekpresslik, ommaviylik va avtomatlashtirish kabi talablar qo'yilmoqda. Masofadan turib olib boriladigan tahlillarni hal qilishda yadroviy-fizik, mass - spektrometrik analizlar yordam beradi. Kimyoviy analizlarning avtomatlashtirilgan usullari tahlillarga fizik yondoshish imkoniyati bo'lmagan hollarda qo'llanilmoqda (spektroskopiya va xromatografiya). Ularga asosan namunalarni ko'p miqdorda analiz qilinish kerak bo'lganda yondoshilgan.

Eritmali va nurlanuvchi elektron mikroskopiya usullari

  • Ushbu usullar tuproq mikro tuzilishini, organik va mineral tarkibini o'rganib, tuproqning mayin dispers fraktsiyasi tarkibidagi minerallarni identifikatsiya ( tanish) qilish imkonini beradi.
  • Neytron-aktivatsion tahlil (NAT)
  • Bu usul tuproq namunalari yadro reaktsisi orqali chiqaradigan nurlanishni yoki reaktsiya natijasida hosil bo'lgan radionuklidlarni o'lchashga asoslangan. Elementlarning yalpi miqdori belgilangan etalon radioaktivlik ko'rsatkichlari asosida aniqlanadi.

Tahlilning xromatografik usullari

  • Tuproqshunoslik amaliyotida tahlillarning gaz- xromatograf usuli keng qo'llanilib kelinmoqda. Bu usul orqali tuproqdagi ko'p komponentli birikmalarni aniqlash mumkin. Tuproqdagi uglerod va azot sikllari intensivligini aniqlash uchun ham ushbu usuldan keng foydalanish mumkin.

Tahlilning termik usullari.

  • Tahlilning termik usuli tuproqning mayin dispers fraktsiyasi – il va kolloid
  • zarrachalarning mineralogik tarkibini aniqlashda foydalaniladi. Karbonatli minerallar va suvda oson eruvchi tuzlar tarkibini miqdoriy aniqlash ham ushbu uslub orqali amalga oshiriladi. Tuproqshunoslikda faqatgina yuqorida bayon etilgan usullar bilan cheklanib qolinmaydi. Balki, tuproqda ro'y berayotgan u yoki bu jarayonning mohiyatini tushunish uchun bir nechta usullardan foydalanish
  • E’tiboringiz uchun rahmat

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling