Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi «O‘lchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish»


Download 299.8 Kb.
bet28/46
Sana31.01.2024
Hajmi299.8 Kb.
#1820019
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46
Bog'liq
Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi «O‘lchash vositalarini-fayllar.org

Yevropadagi iqtisodiy uyushma
Yevropadagi iqtisodiy uyushma (Yevropeyskoe ekonomicheskoe soobshestvo – YeES) shu hududdagi mamlakatlar hayotining yagona iqtisodiy siyosati asosida o‘zaro bog‘langan holda rivojlanish shaklini tanlab oldi. YeeSning tashkil topilganligi haqidagi bitim 1957 yil 25 martda Rim shahrida imzolandi. Dastavval bu uyushmada olti davlat (Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Italiya, Fransiya va GFR) vakillari bo‘lib, ularning asosiy maqsadi Yevropa umumiy bozorini tashkil qilish edi. Buning natijasida shu uyushmaga kiruvchi davlatlar orasida bojxonalar yo‘q qilinib, bir – birlariga o‘tayotgan mahsulotlarning miqdorlari chegarali ravishda belgilanib, shu mamlakatlardagi kapitallar ham, ishchi kuchlari ham erkin holda o‘tishligi to‘g‘risida kelishib olindi.
1972 yili bu uyushmaga Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya, 1981 yilda Gretsiya, 1986 yilda Ispaniya va Portugaliya davlatlari qo‘shildi. 1995 yil arafasida esa YeeS tarkibi 3 davlat (Avstraliya, Finlyandiya va Shvetsiya) vakillari bilan to‘ldi. Uyushma tarkibiga kiruvchi davlatlar soni endilikda 15 taga yetdi. Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy uyushmasining doimiy idorasi – Yevropa kengashi (Yes) hisoblanadi. Yesning Vazirlar Kengashi markaziy va qonun chiqaruvchi idorasi hisoblanadi, har bir milliy hukumatdan bu kengash tarkibiga 1 tadan vakil yuborilgan.
Yevropa mamlakatlari uyushmasiga ko‘mir va po‘lat bo‘yicha Yevropa birlashmasi (YOUS) ham kiradi.
Yevropa mamlakatlarining uyushmasi o‘zlarining EN 29000 raqamli standartlariga ega, bular esa ISO tomonidan tayyorlangan ISO 9000 raqamli standarlariga mos keladi.
Standartlashtirish bo‘yicha Yevropa qumitasi (SEN) va elektrotexnika sohasidagi standartlashtirish Yevropa qumitalari (SENELEK) tomonidan yaratilgan standartlar e’tiborga sazovordir, ular yaratgan 7 ta asos bo‘luvchi 45000 raqamli standartlarni ko‘rsatish kifoyadir (EN 45001 – EN 45003 – EN 45011 – EN 45014 kabilardir), bu standartlar sinov laboratoriyalarining sertifikatlashtirish va laboratoriyalarni akkreditlash faoliyatlariga bag‘ishlangan.

Download 299.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling