4. Kuchaytirish darajasi haqida ma’lumot bering.
AMALIY MASHG‘ULOT № 7 Rezonansli kuchaytirgichlar
Rezonansli kuchaytirgichlar tanlovchanlik xususiyatiga ega va ular elektr
tebranishlarini chastotalarning ancha tor diapazonida kuchaytiradi. Rezonansli
kuchaytirgich sxemalarida anod (kollektor) nagruzkasi sifatida shu chastotalarni
tanlab kuchaytirishni ta’minlaydigan, ma’lum radiochastotalarga sozlangan yakka
yoki borlangan konturlardan foydalaniladi. Induktiv aloqa yordamida borlangan
konturlar sistemasi kurilayotgan kuchaytirgichni oldingi va navbatdagi kaskadlar
bilan birlashtirishga imkon beradi.
Tebranish sistemalari turiga qarab, ikki klassga bo’linadi: yakka konturli
rezonansli hamda ikki va undan ortiq konturga ega bo’lgan polosali sistemalar.
Rezonansli kuchaitirgichlarning ikkala klassi ham yuqori chastotali lampa va
tranzistorlar asosida tayyorlanishi mumkin. 28-rasmda yukori chastotali tebranishlar
kuchlanishini
kuchaytirish
uchun
keng
foydalaniladigan
rezonansli
kuchaytirgichlarning ba’zi bir sxemalari berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: