Tuzuvchilar: Sattorov O.U., Mahmudov G’.B.
«Elektronika» fanidan amaliyot mashg’ulot ishlarini bajarish uchun uslubiy
ko’rsatma. Navoiy: NDKI, 2019 y. __ bet.
Taqrizchilar:
Eshmurodov E.O. “Avtomatlashtirish va boshqaruv”
kafedrasi dotsenti
G’aniyev I.F. NKMK “Nazorat o’lchov asboblari va
avtomatlashtirish” markaziy laboratoriyasi boshlig’i
AMALIY MASHG‘ULOT №1 Yarim o‘tkazgichli asboblar hosil qilishning fizik
asoslari
O’tkazgichlar elektr tokini juda yaxshi o'tkazadilar, chunki ular atomlararo
bo'shliqda juda ko'p miqdordagi erkin elektronlarga ega (1-rasm) Barcha metallar
ularga tegishli, ba'zi suyuqliklar va gazlar ham o'tkazgich bo'lishi mumkin.
Yarim o'tkazgichlar o'tkazgichlarga qaraganda kamroq miqdordagi erkin
elektronlarga ega va shuning uchun elektr o'tkazuvchanligi kamroq hisoblanadi.
Dielektriklarda erkin elektronlar deyarli yo'q, shuning uchun ular elektr
energiyasini o'tkazmaydilar.