Avtomatlashtirish va boshqaruv kafedrasi
AMALIY MASHG‘ULOT №2 Elektron kovakli n-p o‘tishlar
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Amaliyot elektronika
AMALIY MASHG‘ULOT №2 Elektron kovakli n-p o‘tishlar
Ko‘pgina yarim o‘tkazgichli asboblarning ishlash prinsipi turli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan va yarim o‘tkazgich kristallarida sun’iy yo‘l bilan hosil qilingan ikkita qo‘shni soha chegarasida yuz beradigan jarayonlar bilan bog‘liq. Bu chegaraviy qatlamlar elektron - k o v a k l i yoki n-p – o‘tishlar deb ataladi. Kristallning elektron (n) o‘tkazuvchanlik sohasidagi asosiy harakatchan elektr zaryad tashuvchilari bo‘lib erkin elektronlar hisoblanadi, aralashma atomlariga esa aniq belgilangan musbat zaryadlar (donor aralashmasi ionlari) to‘g‘ri keladi. Kovakli (p) o‘tkazuvchanlik sohasida asosiy harakatchan zaryad tashuvchilar bo’lib kovaklar hisoblanadi, aralashma atomlariga esa aniq belgilangan mos manfiy zaryadlar (akseptor aralashmasi ionlari) to’g’ri keladi.
Kristallar bir – birlariga tegmagan holda, zaryad tashuvchilar ularning butun hajmi bo‘yicha teng taqsimlanadi. Agar sun’iy ravishda n-p - o‘tishni eritish, diffuziya yoki o’stirish usuli bilan hosil qilinsa, chegara qatlamda elektron va kovaklarning rekombinatsiyasi yuz beradi. Yarim o‘tkazgich p ning o‘tkazuvchanlik zonasidagi erkin elektronlar yarim o‘tkazgich p ning o‘tkazuvchanlik zonasidagi erkin sathlarini egallaydi. Bunday o‘tish natijasida ikkita kristall chegarasi yaqinida harakatchan zaryad tashuvchilarini yo‘qotgan va yuqori elektr qarshilikka ega bo‘lgan qatlam hosil bo‘ladi. Bu qatlam siyraklashgan berkituvchi qatlam yoki n-p
P-n o’tishining xususiyatlarini o'rganish uchun biz rasmda ko'rsatilgan elektron va teshiklarning o'tkazuvchanligi bo'lgan yarimo'tkazgichlarning soddalashtirilgan tasviridan foydalanamiz. |
ma'muriyatiga murojaat qiling