Avtomatlashtirish va boshqaruv kafedrasi
- rasm. Energetik zonalar: a - o‘tkazgichlarniki, b - yarim
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Amaliyot elektronika
3- rasm. Energetik zonalar: a - o‘tkazgichlarniki, b - yarim
o‘tkazgichlarniki, v – dielektriklarniki
Uy temperaturasida germaniy uchun taqiqlangan zona kengligi 0,66 eV, kremniy uchun 1,14 eV, metallarda nolga yaqin va dielektrik materiallarda esa 3 . . . 5 eV ni tashkil etadi. Kovalent bog‘lanishidan chiqib ketgan elektron erkin bo’lib qoladi va u kristall bo‘yicha tartibsiz harakatlanadi. Valent zonasidan elektron chiqib ketganida unda kovak deb ataluvchi bo‘sh energetik sath hosil bo‘ladi. Erkin elektron boshqa zarrachalar bilan to‘qnashganda energiyasining bir qismini yo‘qotib bo‘sh energiya sathida yana kovalent bog‘lanishga kirishishi mumkin. Elektron – kovak juftlarining hosil bo‘lish jarayoni va ularning rekombinatsiyasi parallel ravishda o‘tadi va issiqik muvozanatida erkin elektronlarning soni o‘rta hisobda o’zgarmas saqlanadi. Toza yarim o‘tkazgich ishtirokida ko‘rib o‘tilgan hodisa, agar unga juda oz miqdorda (10~ 4 ... 10~ 6 ) aralashmalar qo‘shilsa, keskin o‘zgarib ketadi. Masalan, germaniy kristall panjarasida besh valentli mishyak atomi (4- rasm) aralashmasi bo‘lsa, uning to’rtta boglangan elektronlari germaniy atomlari bilan kovalent bog‘lanish o’rnatishda ishtirok etadi, beshinchi elektron esa «o’zining» atomi bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Bu beshinchi elektron ma’lum biror atom bilan kristall panjarada mustahkam alohida bo‘lmay, o‘zini erkin elektron kabi his etadi. Aralashmaning beshinchi «ortiqcha» elektroni tashqi ta’sir natijasida «o‘zining» atomidan chiqib ketishi va zaryad tashuvchilarning dreyf oqimini hosil qilishi hamda erkin harakatlanishi mumkin. Boshqacha aytganda, yarim o‘tkazgichlarda aralashmalarning bo‘lishi ko‘p miqdorda erkin elektronlar hosil qiladi. Erkin elektronlar harakati bilan
yuzaga kelgan
o‘tkazuvchanlik e l e k t r o n o‘t k a z u v c h a n l i k , materialning o‘zini esa n tipli yarim o‘tkazgich deb ataladi. Yarim o‘tkazgichning elektron o‘tkazuvchanligini hosil qiluvchi aralashmalar d o n o r lar deyiladi. Donor aralashmali valent elektronlarning energetik sathlari o‘t k a z u v c h a n l i k z o n a s i yaqinidagi yarim
o‘tkazgichning taqiqlangan zonasida joylashadi. Bunday materiallarda donor sathlari hosil bo‘ladi (4- rasm, b). Donor sathi energiyasiga ega bo’lgan elektronlar o’tkazuvchanlik zonasiga oson o‘tishlari mumkin va bunda zaryad eltuvchilarning diffuzion oqimini hosil qiladilar. |
ma'muriyatiga murojaat qiling