4- rasm. Mishyak aralashgan germaniyning ekvivalent panjarasi (a) va
energetik diagrammasi (b)
1—O‘tkazuvchanlik zonasi, 2—taq.iq.langan zona, 3—valent zona, 4—
akseptor sathi, 5—-erkin elektron.
Yarim o‘tkazgichlarga uch valentli aralashma kiritilganda butunlay boshqa
xarakterdagi o‘tkazuvchanlik hosil bo‘ladi. 5-rasmda indiy aralashmali
germaniyning kristall panjarasi ko‘rsatilgan. Uch valentli indiy atomi to‘rtta
germaniy atomi bilan kovalent bog‘lanishga kirishadi va uning bitta bog‘i
elektron
bilan to‘ldirilmay qoladi. Tashqi maydon qo‘shni atom elektronini shu to‘ldirilmay
qolgan kovalent bog‘lanishga o‘tishiga majbur etishi mumkin, bo’shagan o’ringa esa
o‘z navbatida boshqa qo‘shni atomning elektroni o‘tib olishi mumkin va hokazo.
Uch valentli indiy aralashmali yarim o‘tkazgichda o‘ziga xos elektronlarning
ketma – ket harakati yuz berishi mumkin. Bunda elektronlar atomlardan uzoqlashib
ketmaydi va doim ular bilan o‘zaro bog‘lanishda bo‘ladi. Bog‘langan
elektronlarning bunday ketma – ket siljishi shartli ravishda, musbat zaryadga ega
bo‘lgan bo‘sh kovalent bog‘lanish kovaklarning elektronlar qarshisiga harakati deb
qarash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |