2-rasm. Germaniyning kristall panjarasi.
Kvant mexaniqasi qonunlariga binoan, har bir valent elektron uchun ma’lum
energiya sathi to‘g‘ri keladi, ularning to‘plami esa valent zonasini tashkil etadi.
Bularning hammasi absolyut nol temperatura uchun to‘g‘ridir. Stabil holatni
buzuvchi tashqi faktorlar qizdirish, nur bilan yoritish, elektromagnit maydon ta’siri
natijasida valent elektronlar yadro bilan bog‘lanishni uzish uchun yetarli bo‘lgan
qo’shimcha energiya olishi mumkin. Buning uchun zarur bo’lgan minimal energiya
moddaning taqiqlangan zonasi kengligi (∆W) bilan aniqlanadi. 3-rasmda
o‘tkazgichlar, yarim o‘tkazgichlar va dielektriklarning energetik zonalarining
diagrammalari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |