Avtomatlashtirishda qо‘llaniladigan dasturlar Reja dasturli ta’minot tarkibi Instrumental dasturli vositalar


Download 34.78 Kb.
bet2/2
Sana19.10.2023
Hajmi34.78 Kb.
#1709752
1   2
Bog'liq
Avtomatlashtirishda qо

Instrumental dasturli vositalar.
Instrumental dasturli vositalar boshqa dasturlarni ishlab chiqish, to’g’rilash va keygaytirishda ishlatiladi va o’z tarkibiga dasturlarni yozish vositalarini (matn muharrirlarini), dasturlarni SHK da bajarish uchun qulay ko’rinishga o’zgartirish (assemblerlar, kompilyatorlar, interpretatorlar, yuklagichlar va aloqa muharrirlari), dasturlarini nazorat qilish va sozlash vositalarini (sozlash vositalari) oladi.
Amaliy dasturli ta’minot (ADT).
ADT o’z tarkibiga foydalanuvchining muammoli amaliy dasturlarini va aniq bir muammo sohasida ishlatishga mo’ljallangan amaliy dasturlar paketini oladi.
Ko’pchilik amaliy dasturlar paketi (ADP) biror interaktiv muhit ko’rinishiga ega bo’lib, undan foydalanayotgan foydalanuvchi, ma’lumotlarni o’zgartirishning aniq bir jarayonlarini bajarishda qulay va oddiy vositalarga ega bo’ladi.
SHK lar uchun ulkan miqdorda ADP ishlab chiqilganligini ta’kidlash joizdir.
Ko’pchilik ADP lar orasida quyidagilarni aytib o’tish lozim:
· matn muharrirlari, matnli protsessorlar va noshirlik tizimlari;
· grafika muharrirlari va tadbirkorlik grafikasi vositalari;
· katta o’lchamli elektron jadvallar (jadvalli protsessorlar);
· telekommunikasion tizimlarni boshqarish ADP;
· qiymatlar bazasini boshqarish tizimi;
· ma’lumotli-qidirish tizimlari;
· sun’iy intellekt tizimlari, shu jumladan, ekspert tizimlari;
· avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlari;
· ma’lumotlarni statistik qayta ishlash ADP;
· matematik dasturlashtirish ADP (chiziqli, butun sonli va b.);
· avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari;
· o’zining tarkibiga muammoga mo’ljallangan paketlarning bir nechta turini oladigan integrallashgan ADP.
Ofis uchun amaliy dasturlar.
Bu dasturlar kompyuterlar uncha katta bo’lmagan ofislarda ko’pincha quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi:
matn muharrirlari va taqdimotli grafika vositalari yordamida kirish va chiqish ma’lumotlarini qayta ishlash (elektron pochta va fakslar, xat va so’rovlar, e’lon va boshqa hujjatlar);
odatda elektron jadvallarni ishlatib bajariladigan hisoblashlar va hisobotlar, ma’lumotlarni yig’ish va tahlil qilish (praysvaraqlarni hisoblash va qayta ishlash, turli yo’nalishlar va mezonlar bo’yicha hisobotlarni shakllantirish; ma’lumotlarni tahlil qilish va statistik qayta ishlash);
kelib tushgan ma’lumotlarni yig’ish va saqlash, bu ularni tez qidirish (turli xil mezonlar va belgilar bo’yicha) va qiymatlar bazasini boshqarish tizimini (QBBT) qo’llagan holda bu ma’lumotlarga murojaat qilishni ta’minlaydi;
iqtisodiy va buxgalterlik hisobotlari, shu jumladan, buxgalterlik hisobining dasturli vositalari yordamida ish xaqini ham hisoblash;
maxsuslashgan moliyaviy amaliy dasturlar yordamida moliyaviy ahvolni va boshqa moliyaviy hisoblashlarni tahlil qilish.
Ko’rsatilgan ishlarni alohida yoki integrallashgan holda bajarish imkonini beradigan dasturiy mahsulotlar juda ham ko’p miqdorda chiqarilmoqda; amaliy ishlatish uchun muayyan dasturni tanlash, albatta, muayyan sharoitlarga, lekin ko’p jihatdan sotib oluvchining bilimiga va tajribasiga bog’liqdir. Shuning uchun qimmatbaho amaliy dasturlar paketini xarid qilishdan oldin tegishli o’quv kursidan o’tish yoki mutaxassislardan malakali maslahat olish qatiy tavsiya etiladi (qo’shnilarda ishlatilayotgan paketlarga o’xshash paketlarni xarid qilish iqtisodiy tomondan mutlaqo maqsadga muvofiq emas).
Bu yerda faqat o’rtacha statistik tavsiyalarnigina berish mumkin.
Yuqorida ko’rsatilgan tavsiyalardan birinchi uchtasini amalga oshirish uchun alohida dasturlardan emas, balki ofisga xizmat qiladigan integrallashgan paketlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Eng ommaviy Microsoft Office Professional for Windows-95 paketa o’z ichiga quyidagilarni oladi:
– kuchli matn muharriri Word-2000;
murakkab hisoblashlarning bajarilishini avtomatlashtiruvchi elektron Excel-2000 jadvali;
– katta sondagi ulkan fayllar bilan ishlashni tashkil etuvchi qiymatlar bazasini boshqaruvchi Access-2000 tizimi;
– kerakli ma’lumotlarni juda rangbarang, shu jumladan, slaydlar ko’rinishida tasvirlash imkonini beruvchi, taqdimotlarni ta’minlaydigan Power Point tizimi va yuqorida aytib o’tilgan dasturlarda ishlatiluvchi birmuncha kichikroq ilovalar;
MS Graft – jadvalli qiymatlar asosida chiroyli diagrammalarni qulay yaratuvchilar;
MS Word Art – so’zlar va jumlalarni ajoyib, chiroyli, ma’lum uslubga solingan tasvirlarga o’zgartiradi (ularni, masalan, firma blankalaridagi emblemalar va shapkalar sifatida ishlatish mumkin).
Download 34.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling