14. Bevosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar deb qanday rostlagichlarga aytiladi?
Javob: Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob’ektdan olingan energiyaning o‘zi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar deb ataladi
15. Bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar deb qanday rostlagichlarga aytiladi?
Javob: Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qo‘shimcha energiya kerak bo‘lganda ishlatiluvchi rostlagichlar bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar deyiladi.
16. Foydalaniladigan energiya turiga ko‘ra rostlagichlar qanday turlarga bo`linadi?
Javob: Foydalaniladigan energiya turiga ko‘ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va hokazo) rostlagichlarga bo‘linadi.
17. Rostlagichlar rostlash qonuniga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?
Javob:Rostlash qonuniga ko‘ra rostlagichlar pozision, integral (astatik), mutanosib (statik), izodrom (mutanosib-integral), mutanosib-differensial (oldindan ta’sir etuvchi statik), mutanosib-integral-differensial (oldindan ta’sir etuvchi izodrom) turlarga bo‘linadi.
18. Hajmiy gidroyuritmalar qanday qurilmalardan tarkib topgan?
Javob: Hajmiy gidroyuritmalar gidrouzatmadan, boshqarish qurilmalaridan, yordamchi qurilmalar va gidroliniyalardan tarkib topgan.
19. Hajmiy gidrouzatma nimalardan iborat?
Javob: Hajmiy nasos, hajmiy gidrodvigatel, gidroakkumulyator, gidroo`zgartirgich.
Do'stlaringiz bilan baham: |