Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi


Download 341 Kb.
bet16/94
Sana12.12.2021
Hajmi341 Kb.
#180449
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94
Bog'liq
CHQBT dars ishlanma

Jangovar xususiyatlari. Merganlik miltig‘idan 800 m gacha masofada o‘q uzish eng samarali hisoblanadi. Otishning optik mo‘ljallagich bilan mo‘ljallab otish uzoqligi — 1300 m, ochiq mo‘ljallagich bilan — 1200 m. Ko‘krak shakldagi nishonga to‘g‘ridan to‘g‘ri otish uzoqligi — 430 m, yuguruvchi nishonga esa — 640 m. Jangovar tezotarligi daqiqasiga 30 ta o‘q. Merganlik miltig‘ining nayza-pichoqsiz, optik mo‘ljallagich, to‘latilmagan magazin va qo‘ndoq yuzi bilan og‘irligi — 4,3 kg. Merganlik miltig‘i-dan bittalab otiladi. Otish paytida patronlar 10 dona patron sig‘imiga ega qutisimon magazindan yuboriladi.

RPG-7 va RPG-7D qo‘l granatomyotlari tanklar, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari va dushmanning boshqa zirhli vositalari bilan kurashish uchun mo‘ljallangan. Bulardan tashqari, ularni yengil pana joylarda hamda shahar tipidagi inshootlarda joylashgan dushmanning jonli kuchini yo‘q qilishda ham qo‘llash mumkin.

Granatomyotdan PG-7V va PG-7VM kumulativ ta’sirli kalibr usti o‘q-dorilari otiladi. Granatomyot zirhteshuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lib, dushmanning barcha turdagi zamonaviy tanklar va o‘ziyurar artilleriyasi bilan samarali kurashish imkoniyatini beradi.


Download 341 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling