Otish jarayonida miltiqning o‘ziga xos tomonlari. Chap qo‘lning barmoq-lari biron harakat qilmasligi, miltiqning poyasi (yog‘och g‘ilofi)ga tegib ketmasligi uchun chap qo‘l bilan miltiqning yog‘och g‘ilofidan (poyasi) ushlab olinadi. O‘ng qo‘l barmoqlari bilan qo‘ndog‘ining biqinidan ushlab, ko‘rsatkich barmoq otishni boshlovchi mexanizm kurogi (tepkisi)ga yo‘naltiriladi. Qo‘ndoq o‘rtasi yelkaga qattiq qadaladi.
Yotish holatida otishda yaxshi natijaga erishish uchun tayanchlardan foydalanish mumkin. Tayanchlardan maqsadga muvofiq foydalanish uchun qum yoki yog‘och qipig‘i to‘ldirilgan qoplardan 20—25 sm balandlikda tayanch o‘rnatish mumkin. Agar tayanch balandligi otishda noqulay bo‘lsa, uni pastlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |