III. Yangi mavzuni tushuntirish.
Reja: 1) Otish hodisasi va uning davrlari.
2) O‘qning boshlang‘ich tezligi va uning otish jarayoniga ta’siri.
3) Qurolning ortga silkinishi.
Otish hodisasi va uning davrlari.
Otish asoslarini nazariy jihatdan o‘rganish otish qoidalari, uning bosqich-usullarining amaliyotda qo‘llanilishiga ham bog‘liqdir. Otish qoidalarini bajarish, otish davridagi asosiy holatni, o‘q otishni idora qilishni va o‘q otishga tayyorgarlik ko‘rishni o‘z ichiga qamrab oladi. Otish davrida turli xildagi nishonlarga qisqa muddatda kam o‘q-dori sarflash bilangina har qanday ob-havo sharoitida ham topshirilgan vazifani samarali bajarishni ta’minlovchi omil sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |