Oyoqlarni orqa tomondan chalish.
Raqibning yengi va yelkasidan tutiladi. Oldinga va yonga qadam tashlab, raqibni qattiq siltaysiz, uning yukini oldinda turgan oyog‘iga olib o‘tasiz va suyanib turgan oyog‘iga oyog‘ingizni tirab, yiqitasiz. Qo‘llaringizni siltab, dushmanni yerga uloqtirasiz.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1-savol: Oyoqlarni old tomondan tutib olgan dushman siquvidan qanday xalos bo‘linadi?
2-savol: Oyoqlarni orqa tomondan tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish uchun qanday harakatlar amalga oshiriladi?
3-savol: Oyoqlarni orqa tomondan chalish uchun qanday harakatlar amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |