Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi


Dars usuli: A’nanaviy I.Darsni tashkil etish


Download 341 Kb.
bet2/94
Sana12.12.2021
Hajmi341 Kb.
#180449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
CHQBT dars ishlanma

Dars usuli: A’nanaviy

I.Darsni tashkil etish: a) salomlashish

b) davomatni aniqlash.

s) o’quvchilarni darsga jalb qilish

d) siyosiy daqiqa

Siyosiy daqiqada o’quvchilar bilan bugungi kun yangiliklari savol-javob orqali so’raladi.

II. O’tgan dars mavzusini mustahkamlash.

  1. Uyga topshiriq nazorati. O’tgan mavzuni so’rash.

O’tgan mavzu bo’yicha konspekt

  1. O’tgan mavzuni takrorlash uchun o’quvchilar bilan og’zaki savol javob

o’tkaziladi.

III. Yangi mavzu bayoni.

Reja: 1) Avtomatni qismlarga ajratish
2) Noto‘liq qismlarga ajragan avtomatni yig‘ish
Avtomatni qismlarga ajratish

Avtomat toza taxta yoki taglik ustida yoyiladi. Qism va mexanizmlar taxta ustiga ajratilgan holatda tartib bilan terib chiqiladi. Ular ehtiyotlik bilan ajratiladi, biri ikkinchisining ustiga qo‘yilmaydi. Shuningdek, ajratish mobaynida ortiqcha kuch va keskin zarbalar qo‘llanilmaydi.

Avtomatni yig‘ish mobaynida uning qismlaridagi raqamlar taqqoslab ko‘riladi. Har bir avtomatning gaz trubkasi, zatvor ramasi, zatvor, stvol qutisi qopqog‘i va boshqa qismlardagi raqamlar stvol qutisida mavjud raqamlarga mos kelishi darkor.

1. Magazinni ajratish.

Chap qo‘l bilan avtomat qo‘ndog‘ining bo‘ynidan yoki stvol osti dastasidan tutib, o‘ng qo‘l bilan magazinni ushlash va bosh barmoq yordamida tortqini bosib turib, magazinning ostki qismini oldinga turtib, uni ajratib olinadi. Shundan so‘ng, patrondonda patron yo‘q ekanligini tekshirib ko‘rish lozim. Buning uchun o‘tkazgichni pastga «AB» yoki «OD» holatiga keltirish, zatvor ramasining dastasini ortga tortish, patron qutisini ko‘rikdan o‘tkazish, zatvor ramasining dastasini qo‘yib yuborish va tepkini bosib, uni jangovar holatdan xalos etish darkor.

2. Anjomlar penalini qo‘ndoq uyasidan chiqarish.

3. Shompolni ajratish.

Nil asosidagi tayanch ostidan shompol boshchasini tortib turib, shompol sug‘urib olinadi. Shompolning ajralishi qiyin kechganda, anjomlar penali ichidagi chiqargichdan foydalanishga ruxsat beriladi, ya’ni chiqargich shompol boshchasidagi mavjud teshikchaga suqilib, shompol uchi stvoldan ajratilib, sug‘urib olinadi

4. Stvol qutisi qopqog‘ini ajratish

5. Qaytaruvchi mexanizmni ajratish.



  1. Chap qo‘l bilan avtomat qo‘ndog‘ining bo‘ynidan tutgan holda o‘ng qo‘l bilan qaytaruvchi mexanizmning yo‘naltiruvchi ustunini, uning tovoni stvol qutisidagi kesmalardan chiqquniga qadar oldinga turtish, yo‘naltiruvchi ustunning ortki uchini biroz ko‘tarib, qaytaruvchi mexanizmni zatvor ramasining kanali ichidan sug‘urib olish. Zatvor ramasini zatvor bilan birgalikda ajratib olish.

7. Zatvorni zatvor ramasidan ajratish. Zatvor ramasini chap qo‘lga, zatvorni yuqoriga qaratib olish, o‘ng qo‘l bilan zatvorni ortga tortib, uning yetakchi bo‘rtmasini zatvor ramasining egri kesmalaridan chiqarish va zatvorni oldinga turtib, ajratish.

8. Stvol qoplamasi bilan birgalikdagi gaz trubkasini ajratish



Download 341 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling