Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi


Granatalarni uloqtirishga tayyorlash


Download 341 Kb.
bet9/94
Sana12.12.2021
Hajmi341 Kb.
#180449
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94
Bog'liq
CHQBT dars ishlanma

Granatalarni uloqtirishga tayyorlash
Granatani uloqtirishdan oldin, trubkasidan probka burab olinadi, uning o‘rniga zapalni qo‘yib, burab oxirigacha qotiriladi. Zarbdor mexanizmning zapal qismi quyidagicha joylashadi: zarbdor mexanizm ko‘tarilib, boshlovchi dastakni yuqoridagi sanchiq qismidan ushlab harakatlanuvchi mexanizm trubkasining qo‘riqlash oldi chekiga birlashtiriladi. Qo‘riqlash oldi chekining oxiri ajratilib, zapaldan mahkam ushlanadi.

Granatani uloqtirish. Granatani uloqtirish uchun uni qo‘lga olib, bosh-lovchi dastakni granata korpusiga qadab, barmoqlar bilan qisiladi. Dastakni qo‘yib yubormagan holda halqani qo‘riqlash chekidan uzib, granatani ko‘zlangan nishonga uloqtiriladi. Halqani uzib olishda, zapal qism holatlari almashmaydi. Zarbdor yo‘naltiruvchi holatidan boshlovchi dastak qolishida zarbdor mexanizm trubkasi birlashishi bilan ajralib qoladi, lekin qo‘l barmoqlari bilan qisib olinadi. Granatani uloqtirish vaqtida boshlovchi dastak granatadan bo‘linib, zarbdor bo‘shab qoladi. Zarbdor mexanizm jangovar prujina yordamida harakatlanib, pistonni harakatlantiradi va uni tutashtirib yuboradi. Alanga uchqunlari pistonni alangalatish yo‘li bilan alangani kuchaytiradi va undan piston portlagichga ulanadi. Piston kuchli alangalanib, granatani alangalatuvchi zaryadning portlashiga olib keladi. Granata korpusi ko‘tarilib, portlashida parchalar turli tomonlarga tarqaladi. Granatalarni uloqtirish va joylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: uloqtirishgacha tayyorlash hamda granatani uloqtirish. O‘quv mashg‘ulotlarida jangovar granatani uloqtirish paytida po‘lat shlem kiyish tavsiya qilinadi.


Download 341 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling