Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi
Download 341 Kb.
|
CHQBT dars ishlanma
Granata korpusi — portlaydigan zaryad va zapal trubkalari uchun joylanishga xizmat qiladi. U yuqori va pastki qismlardan iborat bo‘lib, tashqi qoplamasi hamda qo‘shimcha almashinuvchi detallarning kirishi bilan granata parchalarining portlashi uchun xizmat qiladi. Korpusning yuqori qismiga qadamalar yordamida zapal uchun trubka birlashtiriladi, granata uchun zapalning birlashtirilishi, korpusdagi portlaydigan zaryadni mahkam berkitishga xizmat qiladi. Trubkalarni ifloslanishdan ehtiyotlab, unga plastmassa qopqoq burab kirgiziladi. Korpusga to‘ldirilgan portlovchi zaryad granata parchalarining portlashi uchun xizmat qiladi.
UZRGM zapali (qo‘l granatasining zamonaviylashtirilgan bir xil shakldagi zapali) portlovchi zaryadning portlashi uchun qo‘llaniladi. U zarbdor mexanizm va shaxsiy zapaldan iborat. Zapallar doimo jangovar holatda bo‘ladi. Zarbdor mexanizmning ishlashini tekshirish va qismlarga ajratish qat’iyan taqiqlanadi. Zarbdor mexanizm pistoni alangalatib, zapalning alanga olishiga yordam beradi. U quyidagi qismlar-dan iborat: zarbdor mexanizm trubkasi; birlashtiruvchi to‘siq; yo‘nalti-ruvchi shayba; jangovar prujina; zarbdor shaybasi; boshlovchi dastak; saqlagich o‘rta cheki, halqasi bilan. Harakatlanuvchi mexanizm trubkasi zapalning jami qismlarini yig‘ishda asosiydir. Birlashtiruvchi to‘siq esa zapalni granata korpusi bilan birlashtirish imkonini beradi. Bu yo‘naltiruvchi shayba jangovar prujina yuqori qismining tayanch vazifasini bajarib, zarbdorning harakatini yo‘llaydi. Zarbdor — harakatlanuvchi mexanizm trubkasining yuqori qismiga qadalgan. Jangovar prujina zarbdor energiya yetkazib berishni ta’minlaydi, zaruriy uchqun pistonni alangalatadi; alanga zarbdorni yuqoridagi oxirgi qismi bilan yo‘naltiruvchi shaybani va pastga yo‘nalti-ruvchi shaybani ham qamrab oladi. Zarbdor mexanizm yonuvchi pistonni alangalatish tayanchi bo‘lib xizmat qiladi. U zarbdor mexanizm trubka-sining ichkarisiga joylashadi. Shayba zarbdorning oxirgi tor qismida bo‘lib, jangovar prujinaning oxirgi tor qismidagi tayanchi hisoblanadi. Boshlovchi dastak zarbdorning tez alanga olmaslik holatini ushlab qolish uchun qo‘llaniladi (jangovar prujina qattiq qisiladi). Saqlagich o‘rtasidagi zarbdor mexanizm boshlovchi dastakni ushlab turishga xizmat qiladi; boshlovchi dastak tuynuk teshigidan hamda zarbdor mexanizm trubkasi devoridan o‘tadi. Halqasi sug‘urib olinadi. Shaxsiy zapal granataning portlaydigan zaryadlarini portlatish uchun qo‘llaniladi. U sekinlashtiruvchi tiqin, piston alangalantiruvchi, sekinlash-tiruvchi va piston-portlagich moddadan iboratdir. Sekinlashtiruvchi tiqinning yuqori qismida birlashtirish uchun rezba bo‘lib, zarbdor mexanizm trubkasi, piston alangalatuvchi uyasi bilan birlashtiriladi, ichida kanal bo‘lib, unga sekinlashtiruvchi joylashadi, tashqarisida piston portlagichning gilza bilan birlashtiruvchi nuqtasi joylashgan. Alangalatuvchi piston sekin alanga olish uchun qo‘llaniladi; alangalatuvchi pistonga va piston portlagichga sekinlashtiruvchi o‘t oldiradi, u presslangan oz miqdordagi gaz tarkibidan iborat bo‘ladi. Piston qoplagich alangalanuvchi granataning portlashi uchun xizmat qiladi. U gilzada joylashadi va sekinlashtiruvchi tiqinning pastki qismiga qotirilgan bo‘ladi. Parchalanuvchi F-1 qo‘l granatasi mudofaa janglarida qo‘llaniladi. F-1 granatasi korpus, portlovchi zaryad hamda zapaldan iborat. Granata korpusi qattiq cho‘yandan bo‘ylama kesim, ko‘ndalang chiziqning yuqori qismida kesilgan teshigi bo‘lib, zapalni qadoqlash joyi hisoblanadi. Uni saqlash va tashib keltirishda, plastmassa probkasi burab olib qo‘yiladi. Parchalanuvchi qo‘l granatasining portlovchi zaryadi va zapallarning tuzilishi RGD-5 granatalaridan farq qilmaydi. Download 341 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling