Taklif etilgan jadval ma’lumotlarini tahlil qilib (ma’lumotlarni taxminiy), uning so’ngi ustunini to’ldiring
Download 41.44 Kb.
|
ИҚТИСОДИЁТ НАЗАРИЯСИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nominal YaIM
- YaIM deflyatorini
1-VARIANT A) Taklif etilgan jadval ma’lumotlarini tahlil qilib (ma’lumotlarni taxminiy), uning so’ngi ustunini to’ldiring.
B) Quydagi sasollarga javob bering: 1. Real YaAIM nominal YaAIMdan qanday farq qiladi? 2. Defilyator nima uni qanday hisoblash mumkin? B) variantning 1-savoliga javob: Nominal YaIM deganda pulda ifodalangan va joriy bozor narxlarida hisoblangan mahsulot va xizmatlar tushuniladi. Nominal YaIM joriy davrdagi qiymati quyidagicha hisoblanadi: bu yerda, YaIMn - nominal YaIM; q1 - joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarning hajmi (soni, miqdori); p1 - joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar birligining joriy bahosi. Nominal YaIMning hajmini o’zgarmas bahoda hisoblash uchun bahoning umumiy indeksidan foydalanamiz: 0 1 q p : p1 q1 q p bu yerda: 1 1 p q 1 0 q1p1 - joriy davrda iste’mol qilingan YaIM (joriy baholarda); q1 p1 q1 p0 bahoning umumiy indeksi (Jr); q1p0 - joriy davrda iste’mol qilingan YaIM (o’zgarmas bahoda). Nominal YaIMning qiymat indeksini (Jqr) bahoning umumiy indeksiga (Jr) bo’lish yordamida YaIMning fizik hajmi indeksini (Jq) taqqoslama (o’zgarmas) baholarda aniqlash mumkin: Jq = Jqr : Jr ya’ni : q1 p0 q1 p1 q1 p1 q0 p0 q0 p0 q1 p0 Indekslarning o’zaro bog’lanishi yordamida xohlagan indekslarimizni hisoblashimiz mumkin: Jqr= JqJr Jr= Jqr:Jq Real YaIM - bu narx o’zgarishini nazarda tutib hisoblangan mahsulotdir. U ishlab chiqarish va xizmatlarning haqiqiy moddiy hajmini belgilaydi. Real YaIM nominal YaIMni baho(narx)ning umumiy indeksiga bo’linganiga teng: J p1q1 bahoning umumiy indeksi; p p q 0 1 Baho indeksini hisoblashda mahsulot va xizmatlar hajmi o’zgarishsiz olinadi. Ya’ni, har ikkala davr uchun ham joriy davrdagi (q1) mahsulot (xizmat) hajmi qatnashadi. Shu sababli nominal YaIM hajmiga nisbatan narx indeksi sekin o’ssa, real YaIM ko’payadi va aksincha. YaIM ning nominal va real hajmiga asoslanib yana bir muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichni, ya’ni YaIM deflyatorini hisoblash mumkin. Bu nominal YaIM hajmini real YaIM hajmiga bo’lish yordamida aniqlanadi: YaIMning deflyatori joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulot (xizmat) birligi bahosining bazis davrida ishlab chiqarilgan mahsulot (xizmat) birligi bahosiga nisbatan qanday darajada o’zgarganligini ifodalaydi. Boshqacha aytganda, YaIMning deflyatori mamlakat bo’yicha tovar va xizmatlarning bahosi joriy davrda bazis davrga nisbatan o’rtacha qanchaga o’zgarganligini bildiradi. Bu ko’rsatkich yordamida joriy davrdagi turli mahsulotlarning o’rtacha bahosini bazis davridagi o’rtacha baho bilan taqqoslash imkoniyati tug’iladi. YaIM millionlab turdagi moddiy ne’matlarni o’z ichiga oladi. Ular bo’yicha o’rtacha narxni hisoblash imkoniyati nihoyatda murakkab jarayon. Shu sababli YaIM deflyatori iste’mol savati (potrebitelskaya korzina) ga kiritiladigan moddiy ne’matlar narxlari asosida hisoblanadi. Bundan iste’mol narxlari indeksi (INI) hosil bo’ladi. Download 41.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling