Avtomayik boshqarish nazariyasi avtomatik rostlash sistemalariga qo’yiladigan talablar


Download 209.03 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi209.03 Kb.
#1218551
Bog'liq
5-mavzu talablar

AVTOMAYIK BOSHQARISH NAZARIYASI

Avtomatik rostlash sistemalariga qo’yiladigan talablar


451-21 guruh
Tayyorladi:
DADAJON XUDOYQULOV

Reja:

Avtomatik rostlash sistemalarining klassifikatsiyasi

Mashinalar va tirik organizmlarda ketadigan yoki inson bajaradigan har qanday maqsadga yo’naltirilgan jarayon tashkiliy operatsiyalar yig’indisidan iborat bo’lib, uni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: ishchi operatsiyalar va boshqaruv operatsiyalar.

Ishchi operatsiyalar – bu bevosita tabiatdan va qonuniyatdan kelib chiqqan holda jarayon ketishini aniqlaydigan harakatdir. Masalan, tokarlik dastgohida detallarga ishlov berish jarayoni shunday operatsiyalardan iborat: detalni mahkamlash, keskichni uzatish,qirindilarni tushirib olish va boshqalar.

Avtomatik rostlash sistemalarining klassifikatsiyasi

Jarayonda maqsadga erishish uchun ishchi operatsiyalar tashkil etilishi va boshqa turdagi harakatga, ya’ni boshqaruv harakati zarur. SHuningdek tokarlik dastgohida detalga ishlov berish jarayonida shunday boshqaruv operatsiyalari bajariladi: dastgohni o’z vaqtida ishga tushirish va o’chirish, berilgan aylanishlar sonini ushlab turish, tezlikni maqsadga muvofiq o’zgartirish, qirqish moslamasi yo’nalishini o’zgartirish va boshqarish.

Boshqaruv operatsiyalarining majmuasi boshqaruv jarayonini tashkil etadi. Boshqaruv jarayoni bajarilayotgan tizim boshqaruv tizimi deyiladi. Struktura ko’rinishida har qanday boshqaruv tizimini boshqaruv ob’ektiga o’zaro bog’liq bo’lgan majmua ko’rinishida tasavvur etishimiz mumkin.

Avtomatik rostlash sistemalarining klassifikatsiyasi

Boshqaruvchi organ bo’lib, brigadani boshqaruvchi brigadir, boshqaruv tizimi hodimlari, ya’ni sex, zavod, vazirlik. Har qanday boshqaruv jarayoni 0maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bundan kelib chiqishicha boshqaruv organiga boshqarish maqsadi ma’lum bo’lishi kerak, ya’ni boshqaruv ob’ektini istalgan holatini aniqlash uchun ma’lumotga ega bo’lishi zarur.

Boshqaruv organi boshqariladigan ob’ektga shunday ta’sir esinki, uning holati istalgancha mos tushsin. Boshqaruv ob’ekti ochiq tizim ko’rinishida bo’lib, tashqi muhit bilan dinamik bog’liqlikka ega. Tashqi muhitni boshqaruv ob’ektiga ta’siri amalda nazorat qilib bo’lmaydi va uning holatini bexos o’zgartirish xarakteriga ega. Atrof muhitni boshqaruv ob’ektiga ta’siri xayajonga keltiruvchi ta’sir deyiladi.

Avtomatik rostlash sistemalarining klassifikatsiyasi

Boshqarish tizimlarining matematik tasnifi

Odatda BO da va BT elementlarida turli harakatlantiruChi kuchlar (vozmuщeniya) mavjud bo’ladi. Tashqi harakatlantiruvChi kuchlar kirish o’zgaruvChilari, kirish funksiyalari yoki kirish signallari deyiladi.


Boshqaruv
maqsadi
haqidagi
ma’lumotlar
manbai
Ma’lumotlarn
i qayta ishlash
qurilmasi
.
(
EHM
)
Bajaruvchi
qurilma
Boshqaruv
ob’ekti
Boshqaruv
natijalari
haqidagi
ma’lumotlar
manbai

Avtomatik rostlash sistemalariga qo’yiladigan talablar

Tashqi tasir etuvchi kuchlar ta’sirida muvozanatini yo’qotadigan, bu ta’sirlar bartaraf qilingandan so’ng o’zini boshlang’ich muvozanat holatiga qaytadigan sistemalar turg’un sistemalar deyiladi. Buning aksi esa turg’unlashmagan sistema hisoblanadi.

Avtomatik rostlash sistemalarining vazifalariga ko’ra sistemalar turg’un bo’lishi talab etiladi. Bu o’z navbatida stabillash dasturli va ko’zatish sistemalariga ham tegishlidir. Ayrim hollarda sistemaning rostlanuvchi kattalikini berilgan qiymatga nisbatan chetga chiqish amplitudasi kichik bo’lgan so’nmas tebranishlar hosil qilsa, qoidadan chetga chiqishga yo’l qo’yiladi.

Avtomatik rostlash sistemalariga qo’yiladigan talablar

  • Statik xato - rostlanuvchi kattalik va uning berilgan qiymati orasidagi farqhisoblanib jarayonni tugagandan keyingi qolgan xatodir.
  • Dinamik xato - o’tish jarayonidagi rostlanuvchi kattalikning berilgan boshlang’ich qiymatidan maksimal chetga chiqish.
  • So’nish darajasi - tebranish jarayonlarining intensiv holatini ifodaladovchi ko’rsatkich hisoblanadi va o’tish jarayonidagi uchinchi yarim davr amplitudasining birinchi yarim davr amplitudasiga bo’lgan nisbatiga teng.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • Автоматизация процессов машиностроения / под ред. А. И. Дащенко, — М. : Высш. шк., 1991. — 480 с.
  • Автоматическая загрузка технологических машин: Справочник/И. С. Бляхеров, Г. М. Варьяш, А. А. Иванов и др; Под общ. ред. И. А. Клусова.
  • — М.: Машиностроение, 1990. — 400 с.
  • Бедрин В.М., Бедрина A.B. Обзор методов и устройств автоматического ориентирования деталей при сборке. «Сборка в машиностроении, приборостроении», 2000, №2, с. 7-21.
  • Волчкевич Л.И. Автоматизация производственных процессов: Учеб.
  • по¬собие для вузов.- 2-е изд., стер.- М.: Машиностроение, 2007.- 379с.
  • Введение В Оптимизацию. Учебное Пособие.-Ташкент: ТашГТУ, 2000.

Download 209.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling