Avtomobil moylash tizimi


Download 18.54 Kb.
Sana08.04.2023
Hajmi18.54 Kb.
#1341293
Bog'liq
17.02.22bayonnoma - jasur


Termiz tumani kasb-hunar maktabi Ishlab chiqarish ta’lim ustasi J.Sohibkulov tomonidan “Avtomobil moylash tizimi” mavzusida o’tkazilgan ochiq dars


BAYONNOMASI
24.11. 2022 yil Termiz tumani

Yig’ilish raisi: Yig`ilish raisi: K.Eshpulatov


Yig’ilish kotibasi: M.Bazarova

Yig’ilishda qatnashdi:


1. O’IBDO’: K.Eshpulatov
2. Uslubchi: M.Bazarova
3. Maxsus fanlar kafedra mudiri: E.Razzoqov
4.Bosh usta: A.Fuzaylov
5. Umukasbiy va maxsus fanlar kafedrasi o’qituvchilari.


KUN TARTIBIDAGI MASALA:
2022 yil 24-noyabr kuni J.Sohibkulov tomonidan “Avtomobil moylash tizimi” mavzusida o’tkazilgan ochiq dars tahlili.
ESHITILDI:
Kun tartibidagi masala yuzasidan O’IBDO’: K.Eshpulatov so`zga chiqib, o’tkazilgan ochiq darsda tashkiliy qismning juda yaxshi tashkil etilganligini, ilg’or pedagogik texnologiyalardan keng foydalanilganligini ya’ni o’tilgan mavzularni takrorlash hamda mustahkamlash uchun “harflardan so’z yasash” dan foydalanib o’quvchilar diqqati va qiziqishi ta’minlanganligini, yangi mavzuni qiziqarli savollar orqali ochib olinganligini, yangi mavzu qiziqarli va to’liq yoritilib unga doir qiziqarli o’yinlar tashkil qilingani maqtovga loyiq ekanligini aytib o’tildi, hamda Ishlab chiqarish ta’lim ustasi J.Sohibkulovning o’quvchilarni ochiq darsga qiziqtira olganligini ta’kidlab o’tdi. Darsning mavzusi belgilangan taqvimiy mavzular rejasiga mosligi o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlanganligini yana bir bor ta’kidlab o’tdi.
Shundan keyin uslubchi: M.Bazarova so’zga chiqib yangi mavzu keng va aniq, sodda tarzda tushuntirilganini hamda “Quvnoq harflar” o’yini va “harflardan so’z yasash” o’yinining tashkillashtirilgani o’quvchilarning qiziqishini yanada oshiriganini aytib o`tdi. Dars maqtovga loyiq dedi.
YIG’ILISH QAROR QILADI:

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Ishlab chiqarish ta’lim ustasi J.Sohibkulov tomonidan o’tkazilgan ochiq darsi deb baholansin.



Yig’ilish raisi: K.Eshpulatov
Yig’ilish kotibasi: M.Bazarova

Download 18.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling