Ўзбекистоннинг тижорат банклари рақамли хизмат кўрсатишни ривожлантиришнинг меъёрий-хуқуқий асослари


Download 49.36 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi49.36 Kb.
#1218485

    1. Ўзбекистоннинг тижорат банклари рақамли хизмат кўрсатишни ривожлантиришнинг меъёрий-хуқуқий асослари

XXI asrning ikkinchi o‘n yilligida turli iqtisodiy adabiyotlarda mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishish hamda makroiqtisodiy muvozanatini ta’minlashning muhim jihati raqamli iqtisodiyot tizimiga o‘tish deb qayd etilmoqda. Iqtisodiyotni raqamlashtirish mamlakat iqtisodiyotining imkoniyatlarini kengaytirishga, undagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ekologik muammolarni tez va arzon hal qilish imkoniyatini yaratadi. Aynan iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali jamiyatdagi mavjud barcha platformani qamrab olgan holda samaradorlik ko‘rsatkichlariga, iqtisodiyotda yaratilayotgan qo‘shilgan qiymatlilikka, bandlik muammosiga, daromadlilik darajasiga, xarajatlarni optimallashtirishga hamda savdo sotiqni tezlashtirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Mamlakatimizda hozirgi vaqtda deyarli har kuni ulkan yangilik va o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bu, o‘z navbatida taraqqiyotimiz sur’atlari naqadar tezlashib, ularning natijadorligi ortib borayotganligini ko‘rsatadi. Eng muhimi, bunday keng ko‘lamli islohot va yangilanishlar aniq maqsadga – “YAngi O‘zbekiston”ning rivojini yangi bosqichga olib chiqish, xalqimiz farovonligini oshirishga qaratilgani bejiz emas.
Zamonaviy texnologiyalar bir joyda to‘xtab turmaydi. U muntazam takomillashgani sayin, tabiiyki, sohaning qonunchilik asoslari ham mustahkamlanib boraveradi, jumladan, 2030 yilga qadar “Raqamli O‘zbekiston” konsepsiyasini ishlab chiqish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish Davlat dasturida1:
“Raqamli iqtisodiyot ishlab chiqarishning asosiy omili raqamli ma’lumotlar, katta hajmlarni qayta ishlash va tahlil natijalarini qo‘llagan holda, an’anaviy boshqaruv shakllari bilan taqqoslaganda, turli xil ishlab chiqarish, texnologiyalar, uskunalar, saqlash, sotish, tovar va xizmatlarni yetkazib berish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin” degan fikr bildirilgan.
Raqamli iqtisodiyot, bu — alohida faoliyat turi emas. Bu, aslida, ishbilarmonlik, sanoat ob’ektlari, xizmatlar deganidir. “Raqamli” atamasi mazkur sohalarning barchasi axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, ma’lumotlar bo‘ladi. Ularning tahlilidan so‘ng to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha echim ishlab chiqiladi. Ba’zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki vebiqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. Aslida, hammamiz allaqachon raqamli iqtisodiyot ichidamiz, uning qulayliklaridan foydalanamiz.
“Raqamli iqtisodiyot” atamasi milliy qonunchiligimizda qo‘llanilib kelinayotganligiga hali uncha ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Biroq dunyo tendensiyasi shuni ko‘rsatayaptiki, barcha rivojlangan davlatlar uni shakllantirishga allaqachon kirishgan. O‘zbekiston ham mazkur jarayondan chetda qolmasligi kerak. Zero, biz globallashuv, dunyo hamjamiyati bilan integratsiyaga kirishish haqida gapirarkanmiz, bu borada o‘zgargan (transformatsiya qilingan, yangilangan) iqtisodiyot ravnaqi muhim sanaladi. YAratilgan maxsus boshqarma iqtisodiyotning real sektori korxonalariga avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish bilan shug‘ullanadi. Bu yirik sanoat ob’ektlari ish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishda o‘sish, faoliyat shaffofligini ta’minlash, mahsulot tannarxini kamaytirish imkonini beradi. Agar global nuqtai nazardan qaralsa, bugun bashariyat jahon iqtisodiyoti tarmoqlari, insonlar hayoti, turmush asoslari o‘zgarishi bilan bog‘liq qiziq davrni boshdan kechirmoqda. Bu barcha texnologiya, kompyuterlar internet orqali bir-biri bilan bog‘lanib borayotgani ila izohlanadi. Ayni paytda sun’iy aql va kognitiv intellektual tizimlar jadal taraqqiy topayapti. Buning natijasida yaqin kelajakda ayrim kasblar o‘z dolzarbligini yo‘qotadi hamda vaqti kelib, yo‘q bo‘lib ham ketadi. SHuning uchun strategiya ishlab chiqish, raqamli ko‘nikmalarni ommaviy shakllantirishni ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. O‘tgan 15 yil mobaynida biz raqamli platformalardagi katta o‘sishni va ularning hayotimizga ta’sirini ko‘rdik. Instagram Facebook, Twitter va boshqa mashhur saytlar (youtube, va h.k.) endi iste’molchilarga ta’sir qilmoqda.
Zamonaviy iqtisodiyotda raqamli sektordagi kompaniyalar birinchi o‘ringa chiqadi va iqtisodiyotni raqamli resurs bilan ta’minlaydigan o‘sish nuqtalariga aylanadi. Oddiyroq qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lib, unga onlayn xizmatlar, elektron to‘lovlar, crowdfunding va boshqalar kiradi.
Hozirda iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish jarayonlari ko‘chmas mulk bozorini ham chetlab o‘tmadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son “«Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni2 bilan «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida 2020- 2022 yillarda iqtisodiy taraqqiyot, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish sohalarini raqamli transformatsiya qilish Dasturi tasdiqlangan bo‘lib, unga muvofiq, yagona ko‘chmas mulk bozori (multilisting) axborot tizimini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. SHu munosabat bilan, mamlakatimizda multilisting tizimini yaratish va joriy qilish orqali ko‘chmas mulk bozorini raqamlashtirish masalalari raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning yana bir yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ko‘chmas mulk bozorining samarali ishlashini ta’minlashda multilisting tizimlar (MLT) muhim o‘rin egallagan bo‘lib, ular mamlakat rezidentlari va norezidentlari tomonidan ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bo‘yicha muqobil buyurtmalar joyi bo‘lib hisoblanadi. Multilisting tizimlari dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida mavjud. Eng samarali multilisting tizimlari AQSH, Kanada va Gollandiya kabi mamlakatlarda faoliyat yuritadi3.
Mohiyatiga ko‘ra, multilisting tizimi – bu ko‘chmas mulk ob’ektlari listinglari (ro‘yxatlari) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uyushgan holda to‘plash bo‘lib, hamkorlik qilishga kelishib olgan rieltorlar guruhi tomonidan sotuvchilar va xaridorlarga yordam berish hamda o‘z biznes imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida amalga oshiriladi4.
Texnik nuqtai nazardan, multilisting tizmi – bu real vaqt rejimida qo‘llab-quvvatlanadigan turli xil parametrlarga (xususiyatlar) ega ko‘chmas mulk ob’ektlari ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan dasturiy mahsulotdir. Multilisting tizimi tufayli ko‘chmas mulk bozorining professional ishtirokchilari va ularning xizmatlari iste’molchilari (ko‘chmas mulk egalari va investorlar, ijaraga beruvchilar va ijarachilar) ko‘chmas mulk ob’ektlari va ularga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risida tezkor ma’lumotlarni, ob’ektlarning yuridik va mulkiy maqomi, texnik xususiyatlari va h.k. to‘liq tavsifini hududlar va shaharlar kesimida olishlari mumkin bo‘ladi. MLT rieltorlarning ishini, ularning xizmatlari iste’molchilarining bitimlar bo‘yicha kontragentlarni topish borasidagi ishini sezilarli darajada engillashtiradi, ko‘chmas mulkni sotib olish yoki sotish to‘g‘risida qaror qabul qilishni tezlashtiradi, va shu tariqa, ko‘chmas mulk bozori aylanmasini sezilarli darajada oshiradi.
O‘zbekistonda bunday tizim mavjud emas. Mamlakatimizda milliy yoki hatto mintaqaviy MLTni yaratish borasida bir necha bor urinishlar ham muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Ushbu muvaffaqiyatsizliklarning asosiy sabablaridan biri – dasturiy mahsulotni yaratish uchun ajratilgan moliyaviy resurslarning yo‘qligi yoki etarli emasligi bo‘ldi [4].
Fikrimizcha, ko‘chmas mulk bozorini raqamlashtirishda MLTni yaratish va uni joriy qilish uchun, avvalambor, multilisting tizimining milliy modelini ishlab chiqish lozim. Ushbu milliy model turli mamlakatlar, hududlar va xorijiy mamlakatlar shaharlaridagi MLT tizimlarini o‘rganib chiqish asosida, xorijiy davlatlardagi MLT ni tashkil etish va ishlashini ta’minlashning ilg‘or yutuqlarni o‘z ichiga olgan hamda, shu bilan birga, O‘zbekistonning mahalliy sharoitlariga, ya’ni qonunchilik bazasiga, IT- texnologiyalarning rivojlanishi darajasiga, mahalliy ishbilarmonlik odatlariga, mentalitetiga moslashtirilgan bo‘lishi kerak.
Multilisting tizimining milliy modelini ishlab chiqish jarayonida MLT modelini tashkil etish va ishlashini ta’minlaydigan tegishli normativhuquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish talab etiladi. Bu hujjatlar o‘z ichiga MLT a’zolarining unda ishtirok etish qoidalarini, amalga oshirilayotgan bitimlar turlaridan bog‘liq ravishda MLT a’zolarining harakatlari algoritmlarini, kontragentlarni belgilashni, bitimlar ishtirokchilari o‘rtasida hisob-kitob qilish mexanizmlarini, MLT komissiya to‘lovlarini, MLTda ishtirok etish qoidalarini buzganlik uchun jarimalar va h.k. ni oladi.
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida milliy MLT ning samarali ishlashini ta’minlash uchun, albatta, dasturiy mahsulotni ham ishlab chiqish talab etiladi. Ushbu dasturiy mahsulot veb-platforma ko‘rinishiga ega bo‘lib, undan rieltorlar ko‘chmas mulk ob’ektlari umumiy ma’lumotlar bazasi sifatida birgalikda foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Bu jarayonni quyidagicha tavsiflash mumkin. Ko‘chmas mulk ob’ekti sotuvchisi-mijoz MLT a’zosi sanaladigan rieltorlik tashkilotiga murojaat qiladi va u bilan xizmat ko‘rsatishga eksklyuziv shartnoma imzolaydi. So‘ng, rieltor ob’ekt haqidagi ma’lumotlarni o‘z kompaniyasining ma’lumotlar bazasiga kiritadi, bu ma’lumotlar esa MLT ning umumiy reestriga ham ko‘chiriladi. MLT ning barcha ishtirokchilari bo‘lgan rieltorlar ushbu ma’lumotlarga kirish huquqiga egalar. Xaridorning so‘rovi bo‘yicha qidiruvni istalgan vaqtda amalga oshirishda, rieltor MLT ning ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi va ayni paytda mavjud bo‘lgan barcha takliflarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar mijozning buyurtmasi parametrlariga mos keladigan qarshi buyurtma topilsa, xaridorning rieltori sotuvchining rieltori bilan bog‘lanib, bitim shartlari bo‘yicha muzokaralar olib boradi. Bunday tizimning afzalligi shundaki, turli kompaniyalardan bo‘lgan ko‘plab rieltorlar (“sotib oluvchilar”) bir vaqtning o‘zida sotuvchi-mijozning buyurtmasi bilan ishlash imkoniga ega bo‘lishadi, demakki, ko‘chmas mulk ob’ektini sotish yoki sotib olish ehtimoli keskin oshadi.
SHunday qilib, O‘zbekistonda multilisting tizimini yaratish natijasida mamlakat ko‘chmas mulk bozorini raqamlashtirishda birinchi qadamni qo‘yish mumkin bo‘ladi, bu esa rieltorlik faoliyati samaradorligini oshirishga, uni davlat tomonidan samarali muvofiqlashtirishga, va oxir oqibatda, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga imkon beradi.
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining barqarorligini ta’minlash, jahon tajribasiga suyangan holda milliy iqtisodiyotni jadal sur’atlarda raqamlashtirish uchun quyidagi ishlarni bajarish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan:
➢ raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy bazasini shakllantirish;
➢ milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarini 22 modernizasiyalashda imkon qadar eng so‘nggi raqamli texnologiyalarni joriy etish;
➢ eng so‘nggi raqamli texnologiyalarga asoslangan kommunikasion vositalar, mashina va uskunalarni sotib olish, o‘rnatish va mahalliy kadrlarning ularda ishlash malakalarini oshirish;
➢ maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, to oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimigacha raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan kadrlar siyosatini ishlab chiqish va yuritish.
“Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi PQ-4796-sonli “O‘zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan asosiy masalalar bilan bir qatorda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish vazifasi ham belgilab berilgan. Qayd etish joizki, aynan raqamli iktisodiyot rivojlanishiga oid milliy indikatorlar majmuasining yaratilishi uchun me’yoriy-huquqiy asos mavjudligi ham ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqishga poydevor bo‘ldi. Fikrimizcha, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga oid milliy ko‘rsatkichlar tizimi tarkibiga istiqbolda ko‘shimcha quyidagi xalqaro institut va tashkilotlarning indekslarini kiritish ham uning yanada nufuzli bo‘lishini ta’minlaydi, ham qamrov chegarasini kengaytirishga xizmat qiladi:
➢ Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi (Telecommunication Infrastructure Index – TII);
➢ Internettarmoq tayyorligi indeksi (Networked Readiness Index (NRI) - The World Economic Forum);
➢ Bilimlar iqtisodiyoti indeksi (Knowledge Economy Index, KEI - European Bank for Reconstruction and Development, EBRD);
➢ Global o‘zaro aloqa tarmoq indeksi. Huawei yoki global ulanish indeksi (Global Connectivity Index – GCI);
➢ Iqtisodiyotni raqamlashtirish indeksi (Boston Consulting Group (eIntensity));
➢ Raqamli evolyusiya indeksi (Digital Evolution Index – DEI -Mastercard va Taftsa universitetininig Fletcher nomidagi huquq va diplomatiya maktabi);
➢ Raqamlashtirish imkoniyatlari indeksi (Digital opportunity index, DOI), Xalqaro Telekommunikatsiya Ittifoqi (ITU) va boshqa indikatorlar.
Doimiy monitoring yuritish orqali raqamli texnologiyalar keng qo‘llanilayotgan va iqtisodiy faoliyat doirasi tez rivojlanayotgan tarmoq va sohalarni aniqlash hamda ular bo‘yicha indikatorlar sonini ko‘paytirib, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga oid milliy ko‘rsatkichlar tizimi tarkibiga kiritib borish istiqbolda tizimning salohiyatini yanada oshirib borishga xizmat qiluvchi ishlardan biriga aylanishi lozim.
Raqamli iqtisodiy qonunchilikni kuzatish va takomillashtirish bo‘yicha monitoring markazi tashkil etildi. Raqamli iqtisodiyotni an’anaviy iqtisodiyotga qo‘shimcha qatlam deb hisoblash mumkin. Qatlamlar o‘rtasida o‘zaro aloqa bo‘lsada, har bir qatlam o‘zi tartibga solishini va qoidalarini talab qiladi5. O‘zbekistonda xususiy kompaniyalar tomonidan raqamlashtirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar YAIMning 0,12% ini tashkil etadi. Taqqoslash uchun, AQSH dunyoda eng yuqori darajani 5% da, G‘arbiy Evropa esa 3,9% da ikkinchi o‘rinda, Braziliya esa 3,6% da uchinchi o‘rinda turadi. SHunday qilib, hozir O‘zbekiston umumiy raqamlashtirish darajasi bo‘yicha etakchi o‘rinlarni egallagan davlatlardan 8-10 yil orqada Taxmin qilinishicha, 2030 yilga borib O‘zbekistonda YAIMning o‘sishi 50% dan ortiq raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi6. Bundan tashqari, bu erda asosiy rol nafaqat axborot sanoatining rivojlanishi, balki ushbu rivojlanishdan olingan ta’sir - mamlakat iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari samaradorligi va raqobatbardoshligining umumiy o‘sishi bilan ham o‘ynaydi. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, agar yuqoridagi omillar mavjud bo‘lsa, 2017-yildan jamg‘arilgan jami asosida 2030 yilga kelib O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishida raqamlashtirishning hissasi 30% dan ortiq bo‘ladi7. Turli darajadagi tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, raqamli iqtisodiyot turli sohalarning 50% dan ko‘prog‘i uchun katta o‘zgarishlar qilishi mumkin8.
Raqamli iqtisodiyot – bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirish bo‘lib, quyidagi qulayliklarga ega:
-to‘lovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo‘lkira va boshqa resurslar tejaladi).
-tovarlar va xizmatlar haqida ko‘proq va tezroq ma’lumot olinadi.
-raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari katta.
-iste’molchi fikrini tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal takomillashtiriladi.
-tezroq sifatliroq qulayroq.
Raqamli iqtisodiyot insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshiradi, bu uning asosiy foydasidir. Raqamli iqtisodiyot korrupsiya va “qora iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir. CHunki, raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron ma’lumotni yashirish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji yo‘q, kompyuter hammasini namoyon qilib qo‘yadi. Ma’lumotlar ko‘pligi va tizimliligi yolg‘on va qing‘ir ishlarga yo‘l bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Natijada “iflos pullarni” yuvish, mablag‘larni o‘g‘irlash, samarasiz va maqsadsiz sarflash, oshirib yo yashirib ko‘rsatish imkoni qolmaydi. Bu esa iqtisodiyotga legal mablag‘lar oqimini oshiradi, soliqlar o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘lanadi, byudjet taqsimoti ochiq bo‘ladi, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar o‘g‘irlanmaydi.
Davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo‘nalishlar ochib beradi. “Raqamli texnologiyalar” tomon burilishga butun jahon internet tarmog‘i va sifatli aloqaning rivojlanishi sababchi bo‘ldi.
YUqoridagilarni sarhisob qilib, hozirgi kunda raqamli iqtisodiyotning o‘z, mualliflik ta’rifini beradigan bo‘lsak-raqamli iqtisodiyot internetda elektron tijorat orqali tovar va xizmatlar bilan savdo qiluvchi iqtisodiyotdir. Raqamli iqtisodiyot uchta ustun ustiga quriladi:
- infrastrukturani qo‘llab-quvvatlash (dastgoxlar, dasturiy ta’minot, telekommunikatsiya, tarmoqlar va boshqalar.);
- elektron biznes (tashkilotlar tomonidan kompyuter tarmoqlari orqali olib boradigan jarayonlari);
- elektron tijorat (tovarlar onlayn uzatish);
- iqtisodiyotning barcha tarmoqlarining bosqichma-bosqich o‘zgarib borishi bu jarayonni belgilashga turli yondashuvlarni keltirib chiqarishi zarur.
Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari hali ham rivojlanayotgan sohalardir va biz faqat davlatning iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishini taxmin qilishimiz mumkin. Bugungi kunda biz raqamli iqtisodiyotning hayotimizni turli sohalariga ta’sirining ko‘plab ijobiy natijalarini bilamiz. SHunday qilib, raqamli iqtisodiyot YAngi O‘zbekistonning keyingi 10 yildagi iqtisodiy o‘sishining asosi hisoblanadi.
Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, smart kontrakt, konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, kraud-funding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish.
Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy ish ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash.
Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash.
Kriptoaktivlar bo’yicha faoliyat va blokcheyn texnologiyalari sohasida halqaro va horijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsatadigan yuqori malakali horijlik mutahassislarni jalb qilish.
Xorij tajribasini hisobga olgan holda blokcheyn texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza yaratish .
Yuqoridagi farmon va qarorlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun raqamli iqtisodiyotning mohiyati nima va uning asosiy tishunchalari nimalardan iboratligi pishiq-puhta bilib olish talab qilinadi.
Kichik diznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning afzalliklariga to’xtalib o’tamiz.
Raqamli iqtisodiyotga bo’lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotga ro’y bergan jiddiy o’zgarishlar tufayli sezilarli darajada o’sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar , hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqatni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek o’zaro muloqatni yanada tez va oson yo’lga qo’yishga imkoniyat yaratadi.
Natijada tarmoq resurslariga asoslangan raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo’ldi.
Raqamli texnologiyalar iqtisodiy yuksalishning muhim omilidir.Bugun jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati taboro ortmoqda.Ularning keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har bir davlat uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan.Ekspertlar fikricha , kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish o’rni axborot texnologiyalari yordamida yaratiladi.
Raqamli iqtisodiyot, birinchi navbatda korrupsiyadan holi, hududda ishlash imkoniyatini yaratadi. U “xufyona iqtisodiyotning asosiy kushandasidir”.Shunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi.xotirada saqlaydi.Kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi.
Tadbirkorlarning shu jumladan, chet el investorlari murojaatlari bilan ishlashini tashkil etish sifati va tezkorligini oshirish , ular bilan ochiq va to’g’ridan – to’g’ri muloqatni ta’minlash, ularning qonuniy talablarini amaliy va samarali ro’yobga 29 chiqarish va muommoli masalalarni hal etish maqsadida bosh vazirning tadbirkorlar murojatlarini ko’rib chiqish virtual qabulxonasi “ bizness gov.uz “ portali ishga tushiriladi.
Ayniqsa bu – transport , savdo , logistika va shu singari internet bilan faol ishlovhi sohalarga cheksiz qulayliklar yaratadi.Ayrim tadqiqotlarning fikriga ko’ra , ularda elektron segmentning ulushi YaIM ning 10 foiziga yaqinlashib, 4 foiz aholi bandligini ta’minlaydi.Eng ahamiyatlisi bu ko’rsatkichlar barqaror tarzda o’sib boradi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, bu kabi yirik loyihalarga start berilgan ilm , ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, raqamli texnologiyalarning hayotimizdagi o’rni va rolini,ularning yurtimiz bo’ylab qamrovini jadal sur’atda oshiradi. Zero, O’zbekistonning taraqqiyoti raqamli texnologiyalarning barcha soha va tarmoqlarda joriy etilishi va qo’llanishiga uzviy bog’liqdir.
Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog'liq bo'lgan bir nechta samarador texnologiyalar, shu jumladan, elektron tijorat va elektron biznes hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Shuning uchun ham, davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida, respublikamiz rahbariyati bir nechta muhim qarorlarni qabul qildi. Misol uchun, O'zbekiston Respublikasi prezidenti 2020 yil 25 yanvardagi 2020 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga muroja'atnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bo'yicha quyidagilarni aytib o'tdi: "Mamlakatimizda ilm- fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko'tarish maqsadida men yurtimizda 2020 yilga " Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb nom berishni taklif etaman". Undan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF- 5349 sonli " Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida" gi farmonini ijro etish borasida, 121 shuningdek, respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimiga tatbiq qilish uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini jadal rivojlantirish bo'yicha sharoitlar yaratish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31 avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora -tadbirlar to'g'risida" qaror qabul qildi, hamda O'zR Prezidentining PQ- 3832 03.07.2018 dagi "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora- tadbirlari to'g'risida" gi qarorlarni ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu qaror bo'yicha quyidagilar O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo'yicha eng muhim vazifalar deb ko'rsatilgan:
• Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mayining, smart kontrakt, konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug'urtalash, jamoaviy moliyalashtirish, shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish.
• Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy ish ko'nikmalariga ega bo'lgan malakali kadrlarni tayyorlash.
• Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining yaqin hamkorligini ta'minlash.
• Kriptoaktivlar bo'yicha faoliyat va blokcheyn texnologiyalari sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko'rsatadigan yuqori malakali xorijlik mutaxassislarni jalb qilish.
• Xorij tajribasini hisobga olgan holda blokcheyn texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza yaratish.
Yuqoridagi farmon va qarorlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun raqamli iqtisodiyotning mohiyati nima va uning asosiy tushunchalari nimalardan iborat ekanligini bilib olish maqsadga muvofiqdir.
Raqamli iqtisodiyot- bu jamiyat ne'matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol qilish jarayonlarida elektron hamda axborot- kommunikatsion texnologiyalarni keng joriy etishni ko'zda tutadigan insonning xo'jalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir.
Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot- bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne'matlarining ustuvor o'rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot- bu o'ziga xos nazariya bo'lib, uning o'rganish obyekti, axborotlashgan jamiyat jarayonlari hisoblanadi.
Agarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi shartli ravishda 1990 yildan boshlangan deb qabul qilsak, u holda uning quyidagi bosqichlari borligini qayd qilishimiz mumkin:
1990-2005 yillar: Raqamli iqtisodiyotning vujudga kelish davri bo'lib, bu davr to'rt qisimdan iborat ekanligini ko'rishimiz mumkin- dotkomlar davri, yangi elektron hizmatlar ko'rsatish bozorlarining rivojlanishi, elektron biznesning yuzaga kelishi va elektron tijorat.
2005- 2010 yillar: Raqamli iqtisodiyotning o'sish davri- bu davrda elektron hizmat ko'rsatish boshlandi va yangi xildagi elektron mahsulotlar yaratildi.
2010-2015 yillar: Raqamli iqtisodiyotning yetilish davri bo'lib, unda onlayn imkoniyatlar yuzaga keldi va raqamli texnologiyalar an'anaviy biznesga ham asta sekinlik bilan kirib kela boshladi.
2015- 2020 yillar: Raqamli texnologiyalarning kutilmagan sohalarga kirib kelishi va an'anaviy biznes modellarining transformatsiyasi hamda bir qancha yangi elektron biznes modellarining paydo bo'lishi.
2020- 2030 yillar: Raqamli texnologiyalarning tizimli transformatsiyasi amalga oshirilishi, ya'ni, raqamlashtirishni tizimli yondashuv asosida amalga oshirib, ularni kriptotizimlarga suyangan holda sifat jihatdan yangi darajaga ko'tarish.
Sanoat 4.0 biznesning va mamlakatning global miqyosdagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish va boshqaruvda raqamli texnologiyalar texnik va dasturiy ta'minotlari vositasida tub o'zgarishlarni amalga oshirishdir. Demak, Sanoat 4.0 o'zaro bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo'lib, uning ajralmas elementi zanjirlararo raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma'lumot almashinishdir.
Xulosa qilib aytganda raqamli iqtisodiyotda raqamli ko'rinishdagi ma'lumotlar barcha ijtimoiy- iqtisodiy sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bu mamlakatning global miqyosdagi raqobatbardoshligini oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, iqtisodiy o'sishni ta'minlaydi.


1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси; 2020 йил 24 январь, Lex.uz

2 www.lex.uz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son

3 Романенко А. Рынок недвижимости России: что почерпнуть из зарубежного опыта. 12.05.2012. [Электронный ресурс].

4 Яковлев А.В. Мультилистиговая система – путь к организации 21 эффективных продаж [Электронный ресурс].

5 Ahunova, M. K. (2021). Improvement of innovative mechanisms in economic development. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1572-1576.

6 Ахунова, М. Х. (2020). The development of cotton-textile cluster’s issues. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(4), 179-183

7 Ахунова, М. Х. (2020). Роль свободных экономических зон в создании инвестиционного климата. In Минтақа иқтисодиётини инвестициялашнинг молиявий-ҳуқуқий ва инновацион жиҳатлари (pp. 393-398).

8 Худойберганова, Д., & Шарафуддинова, Н. (2020). Влияние цифровой экономики на рынок труда: мировой опыт предотвращения безработницы. Экономика и социум, (7), 468-474.

Download 49.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling