Lexuz sharhi
Download 310.01 Kb.
|
Ayollarni jamiyatda o’rnini oshirish yuzasidan hujjat(1)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida LexUZ sharhi Mazkur Farmon O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan. Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ushbu sohadagi ishlarning holati xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bilan maqsadli ishlarni tashkil etish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog‘lomlashtirishning samarali mexanizmlarini yaratishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligidan dalolat beradi. Jumladan: birinchidan, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash tizimi mavjud emas, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagan, xotin-qizlar o‘rtasida bandlikka ko‘maklashish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha faoliyat samarasiz tashkil etilgan; ikkinchidan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy negizlari va an’anaviy oilaviy qadriyatlarini mustahkamlash bo‘yicha maqsadli ishlar olib borilmayapti, erta nikohlarning, oilalardagi nizoli holatlar va ajrashishlarning oldini olish bo‘yicha choralarning samaradorligi past darajada qolmoqda; uchinchidan, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish borasidagi faoliyat yetarli darajada tashkil etilmagan, onalar kasalligi va perinatal kasalliklar profilaktikasi va ularning oldini olish bo‘yicha samarali tizim, ayniqsa, chekka qishloq hududlarida mavjud emas; to‘rtinchidan, xotin-qizlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha samarali choralar ko‘rilmayapti, xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularga yuridik maslahatlar berish mexanizmi zamon talablariga javob bermaydi; beshinchidan, xotin-qizlar qo‘mitalarining keng ko‘lamli vazifalari zarur vakolatlarning yo‘qligi va tashkiliy-shtat birliklarining yetishmasligi sharoitida xotin-qizlarning eng muhim muammolarini hal etish borasida ularning kuch va imkoniyatlarini to‘liq safarbar etish imkonini bermayapti; oltinchidan, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tashkiliy bo‘ysunuvining noaniqligi va zarur moliyalashtirish manbalarining mavjud emasligi, oila muammolarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy, ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha unga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishiga to‘sqinlik qilmoqda; yettinchidan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilani mustahkamlash, nizoli holatlar va ajrashishlarning oldini olish sohasida kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha ishlar tashkil etilmagan. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni inobatga olgan holda: 1. Quyidagilar O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: birinchidan, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish; ikkinchidan, xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish; uchinchidan, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlash; to‘rtinchidan, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, birinchi navbatda, huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni ta’minlash. 2. Belgilansinki, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi va uning hududiy bo‘linmalari rahbarlari eng avvalo: joylarda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarni o‘z vaqtida aniqlash, ular bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash; xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ular o‘rtasida oilaviy va xususiy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy choralarni amalga oshirish; huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, shu jumladan, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga shaxsan javobgardir. 3. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018-yil 1-apreldan fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi o‘rniga tegishli shtat birliklarini tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalari tuzilmasiga o‘tkazgan hamda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis (keyingi o‘rinlarda — mutaxassis deb yuritiladi) lavozimini joriy etish bo‘yicha taklifiga rozilik berilsin. Belgilansinki: mutaxassis lavozimi har bir fuqarolar yig‘inida 1 tadan, oilalar soni 2000 va undan ortiq bo‘lgan fuqarolar yig‘inlarida esa 2 tadan joriy etiladi; mutaxassis fuqarolar yig‘ini binosida joylashadi, lavozimi bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashining tarkibiga kiradi va fuqarolar yig‘ini bilan yaqin hamkorlikda o‘z faoliyatini amalga oshiradi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi bilan birgalikda 2018-yilning 1-apreliga qadar fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha har bir maslahatchisi faoliyatini tanqidiy o‘rganib chiqsin va natijalari bo‘yicha yangidan kiritilgan mutaxassis lavozimlariga yetarli bilim darajasiga, yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajara oladigan shaxslarni tayinlash choralarini ko‘rsin. 4. Quyidagilar: O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, viloyat markazlari bo‘lgan shaharlar, tumanlar (shaharlar) xotin-qizlar qo‘mitalari ijro apparatlarining namunaviy tuzilmalari 3, 4 va 5-ilovalarga muvofiq; Xotin-qizlar qo‘mitalari ijro apparatlari xodimlarining cheklangan soniga nisbatan toifalangan viloyat markazlari bo‘lgan shaharlar, tumanlar (shaharlar) ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 5. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, moddiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha tegishlicha vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi; O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi markaziy apparati xodimlariga nisbatan, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududiy davlat boshqaruvi organlari xodimlari faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-yanvardagi PQ-2722-son qarorining 1-bandida belgilangan har oylik ustamalar qo‘llaniladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (keyingi o‘rinlarda “Oila” markazi deb yuritiladi) va uning hududiy bo‘linmalari O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi negizida tashkil etilsin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: oila institutini mustahkamlash bo‘yicha, eng avvalo, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” konseptual g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish, bu sohada normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishini, uning farovonligi va xotirjamligini oshirish masalalarini kompleks o‘rganishni tashkil etish, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va samarali tatbiq etish; zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy tarixiy meros va an’anaviy oilaviy qadriyatlar muammolari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni o‘tkazish, ular asosida oila institutini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va oilaviy ajrashishlarning oldini olish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish; umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni, er-xotin, ota-ona va farzandlar, er-xotin va ularning ota-onalari o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish asosida zamonaviy namunali oilaning mezonlarini belgilash, shuningdek, zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng targ‘ib etish va jamiyatga singdirish ishlarini olib borish; davlat organlari, xotin-qizlar qo‘mitalari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda notinch va muammoli oilalarni aniqlash va ularning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid bo‘lgan turli yot xavf-xatarlarga qarshi turish maqsadida ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish; oila-nikoh munosabatlari sohasida amaliyotni o‘rganish va tajriba almashish borasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish. 7. Belgilansinki: “Oila” markazi direktori va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; “Oila” markazi direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, moddiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha vazirga, direktorning o‘rinbosarlari esa vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi; “Oila” markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari “Oila” markaziga va tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklariga hisobot beradi; “Oila” markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari tomonidan “Oila” markazi direktori bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 8. Belgilansinki, “Oila” markazi direktori va uning hududiy bo‘linmalari rahbarlari eng avvvalo: oila institutini mustahkamlash, jamiyatga uning zamonaviy namunali shaklini singdirish bo‘yicha sifatli tadqiqot ishlarini amalga oshirish hamda ta’sirchan, ilmiy asoslangan va amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga; oilada, ayniqsa nikohning ilk davrlarida er-xotin va ularning ota-onalari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, erta nikoh va ajrashishlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning natijadorligiga; notinch va muammoli oilalarni o‘z vaqtida aniqlash, ulardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish va oilaviy munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rishga shaxsan javobgardir. 9. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” markazi vakillarini ularning vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb etish taqiqlansin. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talabni buzganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirilsin. 10. Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar “Oila” markaziga uning so‘roviga ko‘ra markazga yuklatilgan vazifalar bilan bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlar, statistik va boshqa ma’lumotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotning taqdim etilishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2018-yil 1-apreldan FHDY organlarini ularning nikoh munosabatlariga oid aktlarni rasmiylashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajrashishlarning oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha tuman (shahar) hokimliklariga bo‘ysundirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha FHDY organi, “Oila” markazining tuman (shahar) bo‘limi hamda boshqa tuzilmalar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish tuman (shahar) hokimi o‘rinbosari — xotin-qizlar qo‘mitasi raisi zimmasiga yuklatilsin. 12. “Oila” markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari huzurida tibbiyot kasb-hunar kollejlari negizida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, ajrashishlarning oldini olish, shuningdek, oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid boshqa masalalar sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etilsin. Belgilansinki, maxsus o‘quv kurslarida qayta tayyorlash va malakani oshirish “Oila” markazi tomonidan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi. 13. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Tadbirkor ayol” uyushmasining Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: (13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PF-5898-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 06/20/5898/4258-son) xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bo‘lgan ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish; xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashda ko‘maklashish. Oldingi tahrirga qarang. (14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son) 15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” markazining oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari tuzilmalarida o‘smir qizlar va fertil yoshidagi ayollar uchun “ayollar maslahatxonalari”ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin va quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib belgilansin: oilani rejalashtirish, kontratsepsiya usullari, homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish va jinsiy yo‘llar orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish bo‘yicha, shu jumladan anonim tarzda, maslahatlar berish; (15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi PF-5840-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 06/19/5840/3826-son) onalar va bolalar hamda fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq akusher-ginekologik va ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish; (15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi PF-5840-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 06/19/5840/3826-son) reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, onalik va perinatal kasalliklarining va o‘lim holatlarining oldini olish sohasida aholining bilimi va sanitariya madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish. Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “ayollar maslahatxonalari”, shuningdek ularning asosiy vazifalari yuzasidan “tezkor aloqa” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsin. 16. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra: Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafar talabgorlarga beriladi; umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo‘lgan o‘quvchilari bakalavriatga, bakalavriat talabalari esa oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi. 17. Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarga beriladigan “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etilsin. 18. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: a) bir oy muddatda: “Oila” markazi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini, ularning tuzilmalarini tasdiqlash, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibini, har bir xodimning vakolatlari va javobgarligi aniq belgilanishini nazarda tutgan holda, tashkil etish; maxsus o‘quv kurslari, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish; (19-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PF-5898-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 06/20/5898/4258-son) tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi faoliyati, uning faoliyati samaradorligini baholash mezonlari, shuningdek, “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash; og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzand(lar)ini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar uchun qulay sharoitlarga ega arzon uylarni qurish yuzasidan hududiy manzilli dasturlarni, shuningdek, uylarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida qarorlar qabul qilsin; b) uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash Konsepsiyasi loyihasini kiritsin. 20. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Oila” markazi bilan birgalikda bir oy muddatda: notinch va ehtiyojmand oilalardagi kasalligi, shu jumladan, reproduktiv salomatligi bilan bog‘liq kasalligi bor bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularga manzilli tibbiy yordam ko‘rsatish; Respublika “Ona va bola skriningi” markazi va Respublika aholi reproduktiv markazi hamda ularning bo‘linmalari faoliyatini birgalikda o‘rganish, shuningdek, ularning aholiga ko‘rsatayotgan xizmatlarini rivojlantirishga oid takliflar ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish tartibini tasdiqlasin. 21. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” markazi, “Saodat” jurnali va “Oila va jamiyat” gazetasi tahririyatlarini joylashtirish uchun binolar ajratish to‘g‘risida taklif kiritsin. 22. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oila” markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda mahalliy budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan “Oila” markazi hududiy bo‘linmalarini barcha sharoitlarga ega bo‘lgan xizmat xonalari, zarur mebel va jihozlar, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va Internet tarmog‘i bilan ta’minlasin. 23. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu Farmonni amalga oshirish uchun 2018-yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida zarur bo‘lgan budjet mablag‘larini ajratsin, 2019-yildan boshlab esa har yili ushbu mablag‘larni nazarda tutsin. 24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2004-yil 25-maydagi PF-3434-son Farmoni 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 25. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” markazi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu Farmondan kelib chiqib, shu jumladan FHDY organlarining tuman (shahar) hokimliklariga bo‘ysundirilishi munosabati bilan adliya va mahalliy ijro hokimiyati organlarining vakolat va funksiyalarini chegaralashni nazarda tutgan holda qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 26. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.T. Kamilov zimmalariga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2018-yil 2-fevral, PF-5325-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga 1-ILOVA O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining Download 310.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling