Lexuz sharhi


IV. Oila instituti rolini mustahkamlash, oila qadriyatlarini saqlab qolish va rivojlantirish


Download 310.01 Kb.
bet5/7
Sana13.05.2023
Hajmi310.01 Kb.
#1457983
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ayollarni jamiyatda o’rnini oshirish yuzasidan hujjat(1)

IV. Oila instituti rolini mustahkamlash, oila qadriyatlarini saqlab qolish va rivojlantirish

32.

O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi

2018-yil
may

“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

Xotin-qizlar o‘rtasida oila ma’naviyatini yuksaltirish, ularga farzand tarbiyasi va oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishdagi o‘rinlarini chuqur anglashlariga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni loyihasi

2018-yil
aprel

“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),
Ma’naviyat va ma’rifat markazi
(A. Qodirov),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev),
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)

34.

Oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning tutgan o‘rnini targ‘ib qilish bo‘yicha “Xalqaro oila kuni”ga bag‘ishlangan kompleks tadbirlarni amalga oshirish.

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni loyihasi

har yili
15-maygacha

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), MTRK (A. Xadjayev), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

35.

Oilalarni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarini saqlash va rivojlantirish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, shuningdek xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish maqsadida “Ibratli oila”;
Xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi o‘rnini oshirish, ularning ilg‘or tajribasini ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” res�ublika tanlovlarini o‘tkazish.

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlari bayonlari loyihalari

har yili
aprel-may
har yili
dekabr

“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), “Nuroniy” jamg‘armasi (Sh. Djalilov), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Qodirov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (K. Rafikov)

36.

Oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda ta’lim muassasalari psixologlarining rolini tanqidiy tahlil qilish.

Vazirlar Mahkamasi
chora-tadbirlar rejasi

2018-yil
mart

Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (M. Xolmuxamedov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)

37.

Qizlarda olijanob axloqiy fazilatlar, yuksak ma’naviyat va keng dunyoqarashni shakllantirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Qizlar kutubxonasi” turkumidagi “Faqat qizlar uchun” nomli ommabop risolalarning mobil ilovasini yaratish va chop etish.

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni loyihasi

2018-yil
avgust

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi
(D. Tashmuxamedova) Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Qodirov), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)

38.

Xotin-qizlar o‘rtasida turli salbiy holatlarning oldini olish maqsadida tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislari uchun “Ayollar psixologiyasi asoslari” nomli uslubiy qo‘llanma va video darslikni ishlab chiqish va tarqatish.

Uslubiy qo‘llanma

2018-yil
avgust

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi (S. Tursunbayeva), MTRK (A. Xadjayev), O‘zEOAVMA (F. Abduholiqov), manfaatdor vazirlik va idoralar

39.

Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni barvaqt aniqlash, shu jumladan, oilaviy ajrashishlarni oldini olish maqsadida “Fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasi a’zolari uchun motivatsiya texnologiyalari” nomli uslubiy qo‘llanmani tayyorlash hamda qo‘llanmani bu kabi holatlar ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan hududlarda sinovdan o‘tkazish.

Uslubiy qo‘llanma

2018-yil
oktyabr

“Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi (S. Tursunbayeva), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), manfaatdor vazirlik va idoralar

40.

Ta’lim tizimida quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘quv dasturlarini tashkil etish:
maktabgacha ta’lim muassasalarida 4 yoshdan oshgan bolalar uchun oilaviy qadriyatlar bo‘yicha haftalik (10 15 daqiqa davomiyligida) mashg‘ulotlar o‘tkazishni;
umumta’lim maktablarining 5 7 sinflariga “Oila asoslari” va 8 10 sinflariga “Oila etikasi va psixologiyasi” fanlarini kiritish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil
may

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)

41.

Oilada ma’naviy-axloqiy tarbiya, iqtisodiy, huquqiy bilimlar, tibbiy madaniyat, oilaviy munosabatlar psixologiyasini oshirish maqsadida “Oila ensiklopediyasi”ni chop etish, shuningdek uni kam ta’minlangan oilalarga bepul asoslarda hamda oila qurayotgan yoshlarga imtiyozli asoslarda tarqatish.

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni loyihasi

2019-yil
yanvar

O‘zMAA (L. Tangriyev),
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),
Ma’naviyat va ma’rifat markazi
(A. Qodirov), “Ilhom” fondi (J. Rizayev), “Ijod” fondi (Sh. Irzoyev)


Download 310.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling