Qatnashdilar: Yozuvchi Sh. Razzoqov
Download 1.04 Mb.
|
Oila kuni tadbiri
- Bu sahifa navigatsiya:
- KUN TARTIBI: Xiva pedagogika kollejida “Oilalarda milliy qadriyatlarni mustahkamlash” mavzusida tadbirni o’tkazish ESHITILDI
- QAROR QILADI
Xiva pedagogika kollejida “Oilalarda milliy qadriyatlarni mustahkamlash” mavzusida o’tkazilgan tadbir BAYONNOMASI 2022-yil 14-may Qatnashdilar: Yozuvchi Sh.Razzoqov,Xiva pedagogika kolleji direktori J.Salayev, direktor o’rinbosarlari, kafedra mudirlari, bo’lim boshliqlari, kollej o’qituvchilari, talabalari, jami 127 nafar KUN TARTIBI: Xiva pedagogika kollejida “Oilalarda milliy qadriyatlarni mustahkamlash” mavzusida tadbirni o’tkazish ESHITILDI: Joriy yilning 14-may sanasida Xiva pedagogika kollejida “Oilalarda milliy qadriyatlarni mustahkamlash” mavzusida talabalar bilan davra suhbati o’tkazildi.Mazkur tadbirni kollej direktori Jasurbek Salayev kirish so’zi bilan ochib berdi va ma’ruza uchun so’zni tadbirga tashrif buyurgan “Oila alifbosi” kitobi muallifi Shavkat Razzoqovga berdi. U o’z so’zida oila, oila ustuni bo‘lmish erkak va ayol munosabatlari, oila qurish kabi muhim mavzularga bag‘ishlangan kitobi to’g’risida fikrlarini bildirib, bugungi kundagi oilaviy holatlar xususida ham to’xtalib o’tdi. Yosh avlodga oila ilmini o’z vaqtida yetarlicha tushuntirish kerakligini aytib o’tdi. Shuningdek, tadbirda so’z olgan kollejning xotin-qizlar masalalari bo’yicha mas’ul xodimi Gavharjon Yaqubova tomonidan quyidagilarga to’xtalib o’tildi: “Oila jamiyatning tayanchi, uning birinchi va birlamchi yadrosi, zarrasidir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar, jamiyat hayotining barcha sohalarida ma’naviy omillar ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov oilaning jamiyat hayotidagi roli haqida to’xtalib: “Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. Shuning uchun ham aynan oila muhitida paydo bo’ladigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash har qaysi insonga xos bo’lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi”, degan edi. Ongli oila bo’lib yashash dunyodagi barcha maxluqot va jonzotlar orasida faqat inson zotiga xosdir. Oila tarixining Odam At ova Momo Havodan boshlangani rivoyat qilinadi. Barcha muqaddas kitoblarda keltirilgan ushbu ko’hna naql zamonaviy ilm-fan tomonidan ham o’z tasdig’ini topmoqda. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his qiladi”, – deya fikr va mulohazalarini bildirdi. Ushbu davra suhbatida so’zga chiqqan o’qituvchilar Mo’tabarxon Sultanova, Barno Rahimovalar tomonidan mavzuning turli qirralari xususida mushohada yuritilar ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrashda, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissa qo'shishda avvalo, Vatan ichra kichik Vatan bo’lmish – oilani asrash va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish har birimizning eng asosiy vazifalarimizdan bo'lishi lozimligi anglashildi. Uchrashuv davomida “Oila – muqaddas” mavzusiga doir videolavha namoyish qilindi. Tadbir yakunida talabalar mavzuga doir o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, fikr-mulohazalarini bildirdilar. Yuqoridagilardan kelib chiqib QAROR QILADI: Kollejda shu kabi tadbirlar ko’proq tashkil qilinsin. Qaror ijrosini ta’minlash Xiva pedagogika kolleji o’quv-tarbiyaviy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari M.Davletova va kollej yoshlar yetakchisi A.Sattarov zimmasiga yuklatilsin. Yig’ilish raisi: J.Salayev Kotiba: M.Sultanova Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling