Tasdiqlayman xiva pedagogika kolleji direktori J. K. Salayev Xiva pedagogika kollejida


Download 333.92 Kb.
Sana13.01.2023
Hajmi333.92 Kb.
#1091582
Bog'liq
14 yanvar tadbir senariy


TASDIQLAYMAN
Xiva pedagogika kolleji direktori
______________ J.K.Salayev

Xiva pedagogika kollejida
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tadbir ishlanmasi



2023-yil Xiva shahri
Bayramona bezatilgan sahna. To‘rda Vatanimiz himoyachilari, Davlatimiz qurolli kuchlari aks etgan plakatlar, “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” singari shiorlar devorga ilingan.

14-yanvar O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi.




Boshlovchi: Assalomu alaykum, osuda hayotimizning posponlari, Vatan ichra kichik bir Vatan bo‘lmish oilamiz ustuni, himoyachilari – aziz erkaklar! Sizlarni bugungi davramizning aziz mehmonlari sifatida ko‘rib turganimizdan bag‘oyatda xursandmiz. Bugungi bayram tadbirimizni ochib berish uchun so‘zni kollejimiz direktori Salayev Jasurbek Komilovichga beramiz. Marhamat.
(Nutq so‘zlaydilar va tadbirni ochib beradilar)


Boshlovchi: Rahmat ustoz. Endi tabrik so‘z uchun navbatni Xiva pedagogika kolleji o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Davletova Manzura Nazarovnaga. Marhamat ustoz.
(Nutq so‘zlaydilar)


Boshlovchi: Rahmat ustoz samimiy tilaklar uchun.
Yigit omon bo‘lsa, xavfu- xatar yo‘q,
Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat.
Bolalar kulgusida avju daromad,
Oilalar uyqusida jannat, farog‘at.


Boshlovchi: Endigi navbatni Musiqa kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlarga beramiz. Marhamat.
Boshlovchi: Sizlar bizning g‘ururimiz, orimiz,
Sizlar borki, yo‘qolmas viqorimiz.
Oila tayanchi, yurtning ishonchi,
Bo‘ling doim bizning iftixorimiz.

Endigi navbatni o‘qituvchilarimiz tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishiga beramiz.




(Videorolik qo‘yiladi, so‘ng siymolar she’r matni orqali sahnaga chiqadi)


Jaloliddin Manguberdi ( Bog‘bekov Azamat )
-Men kim Jaloliddin Turon qoploni
Janglarda yurt uchun baxsh etdim jonni
Bilingki mardni ko‘rib chekinar xatar
Yurakni,bilakni etib safarbar.


Amur Temur (Ro‘zmetov Askar)
-Men kim Amur Temur qilib shijoat
Ayladim uch qit’a ulusini zabt
Moziyning sarg‘aygan sahifasiga
Zeb bermish men qurgan azim saltanat.


Zahriddin Muhammad Bobur (Jumaniyazov Izzat)
-Men kim Bobur
Oddiy bir odam
Shundoq bo‘lsa ham
Shukur bas degancha g‘animlarim bor
Shart emas ularga ta’rif chinakam
Biri juninsifat, birovi hushyor


Feruz (Ibragimov Quvondiq)
-Men kim Feruz yurtim podshohi
Qalamla elimni etaman har dam madh
Zaminim har bir tuprog‘i uchun
Qilichla sharafin saqlayman har vaqt
Boshlovchi: Biringiz o‘g‘ilsiz, biringiz yorsiz, 
Biringiz inimiz, ishda xamkorsiz. 
Og‘irimiz yengil qilib doimo
Yaxshi hamki baxtimizga siz borsiz.....
Muxtojlik sezamiz himoyangizga, 
Va lek chidolmaymiz kinoyangizga. 
Yer va ko‘kka sizni ishonmay, 
Doim aylanurmiz hamsoyangizga.


Navbatni kollejimiz o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan she’riy chiqishlarga beramiz.
1-o‘qituvchi:
Vatan, nomus, oru-sha'nimiz,
Qo‘riqlovchi g‘ururdir erkak.
Tinchlik borki, sig‘ar ko‘ngilga,
Xursandchilik, sururdir erkak.
(Vaisova Gulnoza)


2-o‘qituvchi:
Sovuq o‘tsa suyagigacha,
Chidab, ishlab xo‘rsinar erkak.
Uyga kelib, olovga emas,
Mehringizga isinar erkak.
(Salayeva Nargila)


3-o‘qituvchi:
Bu hayotdan goh tanbeh olib,
Zahrin ichga yutadi erkak.
Ko‘p narsamas, ayoldan faqat,
Bir shirin so‘z kutadi erkak.
(Masharipova Sadoqat)


4-o‘qituvchi:
Bomdodlarda "g‘aflat bosma" deb,
Uyg‘otguvchi azondir erkak.
Har bir ishga yechim topolgan,
Adolatli me'zondir erkak.
(Ibragimova Layli)


5-o‘qituvchi:
Gul ayollar! Qancha bo‘lsa ham,
Hurmatlashga loyiqdir erkak.
Hayot bergan eng katta tuhfa,
Katta sovg‘a - tortiqdir erkak.
(Sultanova Mo‘tabar)


Boshlovchi: Bayram muborakbod, aziz erkaklar,
Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.
Omon bo‘ling bola, onalar uchun,
Sezing doim ayol mehrining kuchin
(Birgalikda “Bayramingiz muborak bo‘lsin”)
-Rahmat ustozlar tabrik she’rlar uchun. Xalqimizda «Yigit omon bo‘lsa, qo‘rg‘on salomat» degan gap bor. Shunday ekan, doimo bu oltin boshingiz toshdan bo‘lsin hamda biz ojizalarni doimo himoya qilishga hozir-u nozir bo‘ling. Yurtimizda qat’iyatli, mard, jasur, oriyatli yigitlar bor ekan — biz hech kimdan va hech qachon qo‘rqmaymiz. Jannatmakon O‘zbekistonimiz, xalqimiz, oila a’zolaringiz hamda sevimli yorlaringiz baxtiga doimo sog‘-salomat yuringlar.


Boshlovchi: Endigi navbatni Musiqa kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlarga beramiz. Marhamat.
Boshlovchi: Tadbirimizni yakunlash uchun so‘zni kollejimiz direktori Salayev Jasurbek Komilovichga beramiz. Marhamat.
(Nutq so‘zlaydilar)
Shuning bilan bugungi tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi. Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!


Tuzuvchi: M.Sultanova
Download 333.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling