Lexuz sharhi


VI. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” markazi tizimi idoralari faoliyati samaradorligini oshirish


Download 310.01 Kb.
bet7/7
Sana13.05.2023
Hajmi310.01 Kb.
#1457983
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ayollarni jamiyatda o’rnini oshirish yuzasidan hujjat(1)

VI. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” markazi tizimi idoralari faoliyati samaradorligini oshirish

47.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shahar)lar xotin-qizlar qo‘mitalariga hamda “Oila” markazi va uning hududiy bo‘linmalariga zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali va tashabbuskor kadrlarni jalb etish.

Chora-tadbirlar
rejasi

2018-yil
mart

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

48.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” markazining xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash, oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish ishlarida ularning ishtirokini ta’minlash tizimini shakllantirish.

Chora-tadbirlar
rejasi

2018-yil
aprel

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti
(G‘. Abdukarimov), O‘zNNTMA (A. Karimov)

49.

“Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar tajribasi” respublika ayollar forumini tashkil etish.

Chora-tadbirlar
rejasi

har yili
noyabr

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti
(G‘. Abdukarimov), O‘zNNTMA (A. Karimov)

50.

Ta’lim muassasalarida “Qizlarjon” to‘garaklari faoliyatini tashkil etish orqali qizlarni axloqiy va estetik madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek oila va nikoh, reproduktiv salomatlik masalalari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish.

Chora-tadbirlar
rejasi

2018-yil
aprel

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxame�ova), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Madaniyat vazirligi
(B. Sayfullayev)

51.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hududiy bo‘limlari va boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
zamon talabidan kelib chiqqan holda boshlang‘ich tashkilotlar nizomini ishlab chiqish;
xotin-qizlar bilan amalga oshiriladigan ishlarning mazmuni, yo‘nalishlari, shakli va uslublarini aniq belgilash;
boshlang‘ich tashkilotlar raislari uchun o‘quv seminarlar tashkil etish;
“Xotin-qizlar qo‘mitalarining eng namunali boshlang‘ich tashkiloti” tanlovini tashkil etish.

Nizom
Uslubiy tavsiyalar
Chora-tadbirlar
rejasi
Chora-tadbirlar
rejasi

2018-yil
aprel
2018-yil
aprel
reja asosida
reja asosida

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Qodirov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

52.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari raislari va faol a’zolarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralarini amalga oshirish.

Chora-tadbirlar
rejasi

2018-yil
may

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
(K. Rafikov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov)

53.

“Saodat” jurnali va “Oila va jamiyat” gazetasi tahririyatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha choralarni belgilash, ularning elektron shakllarini yaratish va takomillashtirish.

Chora-tadbirlar
rejasi

2018-yil
iyun

Xotin-qizlar qo‘mitasi
(T. Narbayeva), O‘zMAA (L. Tangriyev)

54.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” markazi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish:
yagona elektron tizimni va elektron hujjat aylanishini joriy etish;
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining veb-sayti platformasida xotin-qizlar muammolarini hal qilish bo‘yicha onlayn va interaktiv xizmatlarni ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan tibbiyot (tib.uz), psixologiya (psy.uz), huquq (yurist.uz), ish o‘rinlari, biznes (biz.ayol.uz) sohalarida xotin-qizlarga maslahatlar berish bo‘yicha alohida sub-saytlarni yaratish;
xodimlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishlarini ta’minlash maqsadida ularning malakalarini oshirish; barcha bo‘limlarni tezkor aloqa kanallari, zamonaviy kompyuterlar va boshqa texnik vositalar bilan ta’minlash.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2018-yil
aprel

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi
(D. Tashmuxamedova), Moliya vazirligi
(A. Xaydarov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

55.

Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni jahon hamjamiyatiga yetkazish maqsadida:
ularning yoritilishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish;
xalqaro konferensiyalar, “davra suhbat”lari va boshqa ilmiy-amaliy tadbirlarni o‘tkazish;
milliy ma’ruzalarni tayyorlash va chop etish.

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bayoni loyihasi

2018-2021-yillar davomida

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Oliy majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) (U.Muxammadiyev), Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz
(A. Saidov), O‘zA (A. Ko‘chimov), O‘zEOAVMA (F. Abduholiqov), “Jahon” AA (A. G‘ulomov)

56.

Ommaviy axborot vositalari orqali xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni aholi o‘rtasida keng yoritishga qaratilgan axborot-targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida markaziy gazeta va jurnallarda, Internet tarmog‘ida, radio va televideniyeda quyidagi mavzularda muntazam materiallar chop etib borish:
ayolning oila va jamiyatdagi o‘rni;
xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi;
sog‘lom ona — sog‘lom kelajak;
oilaviy munosabatlar, an’analar va urf-odatlar;
oilada farzand tarbiyasi;
erta nikoh va uning salbiy oqibatlari;
xotin-qizlar tadbirkorligi va boshqalar.

Reja-jadval

2018-yil
fevral

O‘zMAA (L. Tangriyev), O‘zA (A. Ko‘chimov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), MTRK (A. Xadjayev), O‘zEOAVMA
(F. Abduholiqov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)

(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2018-y., 06/18/5325/0653-son; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 06/19/5840/3826-son, 23.11.2019-y., 06/19/5880/4044-son; 01.01.2020-y., 06/20/5898/4258-son)
Download 310.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling