«Avtomobil texnikasini ishlatish (ekspluatatsiyasi)»
PARK KUNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH
Download 24.95 Kb.
|
oraliq javob EKSPLUATATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- avariya
PARK KUNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH
Qurol-aslaha va texnikani ko‘zdan kechirish va ularni but holatda saqlash, shuningdek, parklarni jihozlash va obodonchilik ishlarini olib borish uchun bir oyda kamida ikki marta qism yoki bo‘linmalar komandirlari rahbarligida park kunlari o‘tkaziladi. Unga qism komandiri yoki uning qurol-aslaha bo‘yicha yakun yasaydi. Park kuniga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, uni to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazish qurol-aslaha va texnikani doimo jangovar holatda saqlab turish, shaxsiy tarkibning texnik bilimi va amaliy tajribalarini oshirish yo‘lidagi muhim tadbirlardan biridir. Park kuni uchun bir o‘quv kuni ajratiladi. Park kunini bayramlar arafasida o‘tkazish, uni Alohida ta’mirlash va qayta tiklash bataloniga aloqasi bo‘lmagan mashg‘ulotlar, ishlar bilan birga, shuningdek, xo‘jalik ishlari bilan qo‘shib olib borish ta’qiqlanadi. 31. Harbiy qism mashinalari bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan barcha hodisalar: halokatlar (katastrofa), avariyalar, buzilishlar (sinish) va baxtsiz hodisalarga bo‘linadi. Mashinaning shikastlangan darajasiga qaramasdan ketidan odamlarning qurbon bo‘lishini keltiruvchi mashina bilan yuz bergan hodisa halokat (katastrofalar) hisoblanadi Mashinaning shikastlanish darajasiga qaramasdan ketidan odamlarning tan jarohati, shu jumladan, mashina shikastlanib, ro‘yxatdan chiqarilishi lozim yoki mashina tiklanish uchun kapital yoxud o‘rta ta’mirlash talab etiladigan yoki mashinani asosiy agregatining almashtirilishi (kapital) ta’mirlanishi kerak bo‘lgan hodisa avariya hisoblanadi. Mashinaning shikastlanishiga olib kelgan hodisa buzilish (sinish) hisoblanadi, bunda uni bartaraf etish uchun mashinaning asosiy agregatlarini almashtirmasdan yoki ularni kapital ta’mirlamasdan joriy ta’mirlashni amalga oshirish zarur. Haydovchi, harbiy qism mansabdor shaxslari yoki sutkalik naryadning aybi bilan emas sodir bo‘lgan odamlarning qurbon bo‘lishi yoki tan jarohatini keltiruvchi mashina bilan yuz bergan hodisa Download 24.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling