Автомобил транспорт воситаларини танлаш ва уларни ҳисоблаш
Avtopoezd va yakka avtomobillardan foydalanish
Download 106.5 Kb.
|
#kkkkk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomobillarni yonilg’ining solishtirma sarfi bo’yicha tanlash
Avtopoezd va yakka avtomobillardan foydalanish
Avtomobillarda tashishni tashkil etishdagi eng ilgor usullardan biri avtopoezdlardan foydalanishdir. Avtomobillarga tirkama qo’shib ishlatish, transport vositasi birligining yuk ko’taruvchanligini oshirish hisobiga uning unumini oshiradi. Bunda tyagach avtomobilning dvigateli quvvatidan to’laroq foydalanish hamda tyagachlarning almashinuvchi tirkamalar bilan ishlatilishi ortish-tushirish operatsiyalarida bo’lish vaqtini kamaytirish imkoni bo’ladi. Avtopoezdlar qo’llanilishi natijasida transport ishi birligining tannarxi yakka avtomobildagiga nisbatan ancha arzon bo’ladi. SHuning bilan birga, qayd qilish lozimki, bir sharoitda avtopoezd qo’llash samarasi oshsa, boshqa sharoitda kamayishi mumkin. Ba’zi hollarda esa transport vositasining yuk ko’taruvchanligini oshirish, boshqa ish ko’rsatkichlarining kamayishiga ham olib kelishi mumkin. Natijada transport vositasi ish unumi oshmaydi va xatto kamayishi ham mumkin, tashish ishi tannarxi esa oshib ketadi. Avtomobillarni yonilg’ining solishtirma sarfi bo’yicha tanlash Transport vositalari turi yoki modelini ularning yonilg’i sarf etish solishtirma ko’rsatkichi bo’yicha ham tanlash tavsiya etiladi. Bunda taqqoslanuvchi transport vositalarining bajargan har 1 tkm ishiga to’gri keluvchi va litrda o’lchanuvchi yonilg’i sarfi qo’yidagicha aniqlanadi: , ltkm () bunda: Ma-har 100 km bosib o’tilgan yo’lga sarflangan asosiy yonilg’i me’yori, l; Mq-qo’shimcha bajarilgan ishga sarflangan yonilg’i me’yori, l. Avtomobil (avtopoezd)larni solishtirma yonilg’i sarfi bo’yicha tanlashning ahamiyati katta, chunki yonilg’i sarfining tashish tannarxidagi umumiy sarflardagi ulushi 55-65 foizni tashkil etmoqda. Misol. Yonilg’i sarfi bo’yicha GAZ-53A va ZIL-130-76 avtomobillarining qaysinisi samaraliligi aniqlansin. GAZ-53A avtomobili kuzovi sigimiga ko’ra yuk ko’taruvchanlikdan foydalanish *0,8, ZIL-130-76 avtomobilida *0,7, yo’ldan foydalanish koeffitsienti m*0,5, ya’ni tashish bir tomonlama. Har 100 km masofaga belgilangan yonilg’i sarfi me’yori GAZ-53A avtomobilida 25 litr, ZIL-130-76 avtomobilida 30 litr. Bajarilgan har bir 100 tkm transport ishiga belgilangan qo’shimcha me’yor har ikkala avtomobil uchun 2 litr. Echimi: yonilg’ining solishtirma sarfi: ayni yechimdan ma’lum bo’ldiki, berilgan vaziyatda ZIL-130-76 avtomobilidan foydalanish GAZ-53A avtomobiliga nisbatan afzal ekan. Download 106.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling