Автомобил транспорт воситаларини танлаш ва уларни ҳисоблаш


Download 106.5 Kb.
bet5/6
Sana09.02.2023
Hajmi106.5 Kb.
#1179712
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
#kkkkk

vositalarini tanlash
Ortish-tushirish mashina va mexanizmlari turini tanlash deyilganda yuqori samara bilan foydalanish maqsadida ularning texnik, ekspluatatsion va ekalogik sifatlarini aniqlash va baho berish tushuniladi. Bunday tanlovlar, ko’pincha muayyan punktdagi mexanizatsiyalash usullariga, ya’ni aniq sharoit hamda texnologik jarayonlarga bogliqdir.
Ortish-tushirish ishlarini kichik va katta mexanizatsiyalashgan ajratish mumkin.
Ortish-tushirish operatsiyalarini kichik mexanizatsiyalashda oddiy mexanzmlar va turli moslamalar (blok, chigir, qo’l kuchi bilan ishlovchi ko’chma kranlar, harakatlanuvchi aravalarga o’rnatilgan jihozlar va h.k.) ishlatiladi.
Ortish-tushirish ishlarini katta mexanizatsiyalashda, odatda. Kichik mexanizatsiya jihozlari o’rniga, yuqori unumli, statsionar va ko’chma murakkab yuklash mashina va mexanizmlari ishlatiladi. Doimiy, ko’p massali barqaror yuk oboroti bo’lgan ortish-tushirish punktlarida (temir yo’l katta bekatlarida, suv xavzalari port va bekatlarida, yirik (ombor)larda, ulkan sanoat korxonalarida) katta mexanizatsiyalashni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Barcha ortish-tushirish ishlarida ishlatiluvchi mexanizmlarni asosiy uch guruhga: statsionar (ko’chmas), ko’chma hamda transport vositalariga o’rnatilgan xillarga bo’lish mumkin.
Katta massali va yuk oboroti barqaror punktlarda statsionar mexanizmlardan foydalanish maqsadga muvofiq, chutki bunda ulardan unumli foydalanish imkoniyatlari ko’proq bo’ladi.


Ortish-tushirish mashinalarining ish unumi
Har qanday mashinaning ish unumi vaqt birligida (soat, smena, sutka, oy, yil) uning yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Transport operatsiyasida ishlatiluvchi ortish-tushirish mashina va mexanizmlarining ish unumi ham ana shunday yo’l bilan aniqlanadi. Faqat ularning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda ishlab chiqarilgan mahsulot tonnada o’lchanuvchi ortilgan yoki tushirilgan yuk miqdoridir. Ba’zi mashina (mexanizm)lar yoki yuk turlariga ko’ra ortish-tushirish ishlari bo’yicha ish unumi dona yoki kubmetrda ham o’lchanishi mumkin.
Barcha qo’llanuvchi ortish-tushirish uskuna (mashina va mexanizm)larini ikki turga bo’lish mumkin:
ish organi davriy harakatlanuvchi, bunda ortish va tushirish ishlari bir yoki bir necha qaytariluvchi ish tsikllarida bajariladi (kranlar, ekskavatorlar, ortkichlar va shu kabilar);
ish organi uzluksiz harakatlanuvchi. Bunda mashina (mexanizm)ning ish organi ortish yoki tushirish ishlarini bajarishda uzluksiz harakatlanadi. Masalan, transportyorlar (yuklarni joydan-joyga beto’xtov uzatuvchi mexanizm), elevatorlar, pnevmatik qurilma va shu kabilar.
Ish organi davriy harakatlanuvchi ortish-tushirish mashinalarining, ish unumi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, tsoat
bunda: W-mashinaning bir soatlik ish unumi, t;
q-mashina (mexanizm)ning yuk ko’taruvchanligi, t;
tk-sekundda o’lchanuvchi yuklash operatsiyasi to’liq tsikl vaqti;
-mexanizmlar ishida yo’qotishlarni hisobga oluvchi koeffitsient (taxminan 0,9 ga teng).
Agar ish organi davriy harakatlanuvchi mashina sochiladigan yuklarni ortishda qatnashsa va uning yuk ko’taruvchanligi o’rniga cho’michining hajmi ma’lum bo’lsa, bunday mashinaning ish unumi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, tsoat
bunda: -1 kub metr yukning hajmiy ogirligi. T;
V-cho’mich yoki boshqa ushlagichning hajmi, m3;
X-to’ldirish koeffitsienti.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda transportning yaxshi ishlashini belgilovchi muhim omillardan biri uning yuk va passajirlarni tashish muntazamligidir. Zarur mahsulot, xom ashyo, ehtiyot qismlar, yonilg’i o’z vaqtida va muntazam tashilgandagina ularning omborlardagi zahiralari eng kam miqdorda bo’lishi va ishlab chiqarishni uzluksiz tashkil etish imkoni yaratiladi. Tabiat boyliklaridan foydalanish va ularni tashishda ham transport, ayniqsa, avtomobil transporti alohida o’rin tutadi. Agar zamonaviy transport vositalari va rivojlangan yo’llar bo’lmasa, tabiat boyliklaridan samarali foydalanish qiyin bo’ladi.
Halqaro alohalarni, jumladan tovar ayirboshlashni kengaytirish va uni mustahkamlash ishidan ham transportning roli katta. Xalqaro savdo, sayyohlik va boshqa aloqalarning rivojlanishi, fan va texnika, madaniyat hamda sport sohalaridagi munosabatlarning yuksalishi transport vositalari va aloqa yo’llarining rivojlanganligiga ko’p jihatdan bogliqdir. Bulardan tashqari, aholini sanoat va oziq-ovqat mollari bilan o’z vaqtida ta’minlash ham transportning asosiy vazifalaridan biridir. Malakaviy bitiruv loyihasi – talabaning o’quv jarayonida olgan bilimlari va ularni amaliy qo’llay bilish ko’nikmasi hamda mustaqil ijodiy izlanishi natijasi hisoblanadi.

Download 106.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling