Автомобил транспорт воситаларини танлаш ва уларни ҳисоблаш


Transport vositalari turlarini tanlash


Download 106.5 Kb.
bet2/6
Sana09.02.2023
Hajmi106.5 Kb.
#1179712
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
#kkkkk

Transport vositalari turlarini tanlash deyilganda, avtomobil transporti saroyiga yuk va passajirlar tashish xarakteriga ko’proq moslangan avtomobil (avtobus), yarim tirkamalar olish tushuniladi. Transport vositalarini tanlashda ularning yuqori samara bilan ishlashi uchun zarur texnik-ekspluatatsion va iqtisodiy jihatlarga e’tiborni qaratish lozim. Ayniqsa, yuklarni tashishda ular miqdori va sifatini kamaytirmasdan, tashish tannarxining iloji boricha arzon bo’lishiga erishish lozim.
Yuk avtomobillarini tanlashga qo’yiladigan asosiy talablar
Yuk avtomobilini tanlashda undan eng samarali foydalanishni nazarda tutish hamda qo’yidagilarni hisobga olish lozim:
tanlanayotgan yuk avtomobilining tashiluvchi yuk turi va uning upakovkasiga mosligi;
yuk oqimi yoki yuk partiyasi miqdori (hajmi) xarakteri, tarkibi va tashish masofasi;
har xil, ayniqsa alohida sharoitni talab etuvchi yuklarni tashishda avtomobillarni ishlatish yo’l va iqlim sharoitlari;
ortish-tushirish operatsiyalarini bajarish usullari.
Mexanizatsiyalashtirilgan usullarni qo’llashda avtomobil yuk ko’taruvchanligining orti-tushirish vositalari turi va quvvatiga mosligi;
yuk oboroti tarkibini hisobga olgan holda ayni tashishning kelajakda rivojlanishi;
yuklarni tashib berish muddati;
transport vositasining aniq sharoitlardagi ish unumi;
har xil turdagi transport vositalarini qo’llashdagi tashish tannarxi.
Avtomobillarni tanlashda ularning konstruktsiyasiga e’tibor berish muhim. Bunda, bir tomondan, avtomobilning tortish-dinamik va iqtisodiy xususiyatlarini, ikkinchi tomondan, ayni kuzov turining tashiladigan yuk turi (upakovkasi), solishtirma ogirligi va gabaritlarini hisobga olgan holda tashish xususityalari inobatga olinishi lozim.
Universal (bortli) va samosval (o’zi agdaruvchi yoki uzi ortuvchi) avtomobillardan foydalanish
Samosval avtomobili ishlatilganda yukni tushirish jarayoni mexanizatsiyalanadi, o’zi ortuvchi avtomobillar (samopogruzchiklar) qo’llanilganda esa yuklarni ortish va tushirish ishlari mexanizatsiyalashganligi hisobiga, bunday operatsiyalarda ishlovchilar mehnati yengillashadi.
Samosval va o’zi ortuvchi avtomobillardan foydalanishda ularning ortish-tushirish operatsiyalarida turish vaqti keskin qisqarishi va tashish jarayonining o’zida esa ko’proq bo’lishi hisobiga ish unumi ancha oshadi. Bir xil vaqt ichida samosval yoki o’zi ortuvchi avtomobillarni qo’llashlik universal bortli avtomobillarga nisbatan yukli qatnov sonlarini oshiradi.
Samosval yoki o’zi ortuvchi avtomobillarga o’rnatilgan ortkich yoki agdaruvchi mexanizmlari hisobiga ayni bazadagi avtomobilga nisbatan ularning yuk ko’taruvchanligi va ish unumi kamayadi. Demak, avtomobilning ortish-tushirish operatsiyasida turish vaqti kamayishi hisobiga uning ish unumi ortadi, yuk ko’taruvchanlikning bir muncha kamayishi esa uning ish unumini kamaytiradi. SHuning uchun ham samosval yoki o’zi ortuvchi avtomobillarni qaerda ishlatish maqsadga muvofiqligini aniq bilish lozim.
Tashish masofasi oshib borgan sari samosval va o’zi ortuvchi avtomobillarni qo’llash afzalligi kamayib boradi, chunki ularning yuk ko’taruvchanligi, qo’shimcha mexanizmlar o’rnatilishi hisobiga, universal bortli avtomobildan birmuncha kam (masalan, KrAZ-256B samosvalining yuk ko’taruvchanligi 11 t, universal bortli KrAZ-225 avtomobiliniki esa 12 t), o’zi navbatida, tashish uchun sarflanuvchi umumiy vaqtdagi orti-tushirish operatsiyasiga sarflanuvchi vaqt ulushi ham kamayadi. Yuqorida aytilganlarga ko’ra, universal bortli va samosval avtomobillarini ishlatishning shunday tashish masofasi borki, unda ularning ish unumi o’zaro teng bo’ladi. Bunday masofa teng baholi masofa deb ataladi.
Demak, universal bortli, samosval yoki o’zi ortuvchi avtomobillarni tanlashda asosiy e’tibor yuqorida keltirilgan teng baholi masofani aniqlashga qaratilgan.
Ba’zi bir matematik o’zgartirishlardan so’ng:


km
Universal bortli avtomobilni samosval (o’zi ortuvchi) avtomobil bilan taqqoslab tanlashda teng baholi masofa (65) formulaga binoan topiladi. Agar tashish masofasi topilgan teng baholi masofadan katta bo’lsa, universal bortli avtomobillardan, agar kichik bo’lsa, samosval (o’zi ortuvchi) avtomobildan, foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.



Download 106.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling