Agar avtomobilning dinamik tavsifi grafigi aniq bo‘lsa
( 4-rasm), hamma yo‘l qismlarini o‘tish uchun zarur bo‘lgan vaqt aniqlansin.
km/soat
4-rasm
176-masala. Massasi 7000 kg bo‘lgan GAZ-53 avtomobili to‘g‘ri uzatmada gorizontal yo‘ldan 50 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Agar avtomobilning yetakchi g‘ildiraklariga keltirilgan moment 2500 N•m, g‘ildirash radiusi 0,42 m, havo qarshiligini yengish omili 1,6 N•s2/m2, g‘ildirashga qarshilik koeffitsienta 0,02 bo‘lsa, avtomobilning tezlanishi aniqlansin.
177-masala. VAZ-2103 avtomobili 45 km/soat tezlik bilan tekis harakatlanmoqda va shu davrda dvigatelining quvvati 30 kVt edi. Agar uning massasi 1600 kg, havo qarshiligini yengish omili 0,7 N•s2/m2, transmissiyasining f.i.k. 0,92 bo‘lsa, avtomobilning dinamik omili aniqlansin.
178-masala. Massasi 3500 kg bo‘lgan avtomobil to‘g‘ri uzatmada 60 km/soat tezlik bilan harakatlanayotganida dinamik omili 0,056. Havo qarshiligini yengish omili 1,4 N•s2/m2 bo‘lib, dvigatelining ishlash rejimi o‘zgarmasa va havo qarshiligini yengish omili 10 % ga oshirilsa, avtomobil dinamik omilining qiymati aniqlansin.
179-masala. Massasi 6750 kg bo‘lgan tortuvchi avtomobil va 4500 kg tirkamadan iborat avtopoyezdning 30 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgandagi dinamik omili 0,033. Xuddi shu tezlikda harakatlanayotgan tortuvchi avtomobil dinamik omili aniqlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |