Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»


Download 1.88 Mb.
bet17/75
Sana21.02.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1218651
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75
Bog'liq
umk nometl materiallar

Polipropilen, propilenni past bo’g’imda polimerlab olinadi. Bu material o’zining mexanik xuusiyatlari, bikirligi, issiqlik sig’imiga ko’ra polietilendan ustun. Kimyoviy bardoshliligi yuqori, dielektriklik xuusiyati yaxshi.
Polietilenlarning sovuqqa bardoshliligi qoniqarli bo’lmagani uchun avtomobil detallari uchun modifikatsiyalangan polipropilen ishlatiladi. Uni olish uchun propilen kauchuk yordamida modifikatsiyalanadi. Sovuqqa bardoshli (MPP-morozostoykiy propilen) minus 40…500C haroratlarda ham ishlah qobilyatini yo’qotmaydi. Undan iitgich g’ilofi, ventilyator detallari, rul g’ildiraklari, akkumulyator batareyasining korpusi va qopqoqlari va boshqalar tayyorlanadi; MPP-04-06, MPP-04-08, MPP-05-06. Silpon-U markalari bor.
Hozirgi vaqtda MPPning shisha tola bilan armaturalangan yangi tarkibi topilgan – “shtapol” steklotermoplasti, deyiladi, nisbatan past bosim ostida katta o’lchamli buyumlar olish imkonini beradi; bunday buyumlarni sovuq press-formalarda shtamplash usuli bilan ham olih mumkin.
2-ilоvа


POLIVINILXLORIDLAR (PVX) yuqorimolekulyar birikma bo’lib, viilxloridni polimerlab olinadi, tarkibida 56,8% gacha bog’langan xlor bor. Xlor yo’nuvchanlik xususiyatini kamaytiradi. PVXga plastifikatorlar qo’shib, bikirligi va elastikligi turlicha bo’lgan materiallar olinadi. PVXlar plastiklangan (PVX plastikati) va plastiklanmagan (viniplast) turlarga bo’linadi.
PVX plastikati polivinilxloridga plastifikator aralashtirib olinadi; yengil ishlanadi, yumshoq plyonkalar, shaffof paychalar, sun’iy teri, kuzovning ichki pardozlash detallarini vakuum usulida shakllantirib tayyorlash uchun listlar ishlab chiqarishda foydalaniladi; benzinga, antifriz va suvga yaxshi chidaydi; bitta avtomobil detallari: suv, benzin va antifrizga chidamli paychalar, izolyatsiyalovchi qistirmalar, buferlar, tirsak tiralgichlar, oyna yuvish bachoklari, yukxona to’shamalari va boshqalariga 15-20 kg sarf bo’ladi; V-60M, V-70M, V-80M, V-90M (TU 6-01-629-75), PB-2, PA-1 (TU 6-01-630-76) markalari mavjud.
Plastikatlar “platizol”lar ko’rinishida ham ishlatiladi va kuzov tubiga qoplanadi, payvand choklar, havo filtri, moy filtri kabilar jipslanadi. Plastazollarning D – 1A (TU 6-01-969-79), D – 4A (TU 6-01-680-76), D-7A (TU 6-01-749-82) markalari bor.
Viniplast - plastiklanmagan PVX asosidagi bikir material bo’lib, PVXga to’ldiruvchi va stabillovchi moddalar qo’shib olinadi; mexanik, kimyoviy xususiyatlari yuqori, suvga va zamburug’larga chidamli; izolyatsiyalovchi g’iloflar, qistirmalar va shu kabilar tayyorlanadi; UV-10 (TU 6-01-737-76) markasi mavjud.


3-ilоvа
POLISTROL PLASTIKLAR. Polistrol – stiralni polimerlab yoki stiralni monomerlar (akrilonitril, metilmetakrilat, kauchuklar – butadien, butadienstirol va boshqalar) yordamida sopolimerlab olingan mahsulot bo’lib, suvga, kimyoviy ta’sirlarga chidamli, dielektriklik xususiyati yuqori. Biroq atmosfera, yuqori haroratlar ta’siriga chidamsiz, mustahkamligi past, benzinga chidamliligi qoniqarsiz. Shular toza sterol avtomobil konstruksiyasiga ishlatilmaydi. Stirolning sopolimeri keng ko’lamda qo’llanadi. Bular: akrilonitrilbutadien va ABC-stirolning uchmartalik sopolimeri, MS metilmetakrilat bilan sopolimerlangan stirol, metilkrilat va MSN akrilonitril bilan uch martalik sopolimer. Bu sopolimerlardan bosim ostida qo’yish usuli bilan ham, presslab ham detal tayyorlanadi, ABC-plastiklardan esa, ekstruziya va vakuumli qoliplash usullari bilan detal tayyorlanadi.
MS va MSN materiallari atmosfera ta’sirlariga chidamli, ko’rinishi yaxshi (yaltiraydi), yorug’likni yaxshi o’tkazadi, yorug’lik qaytaradigan buyumlar, sindometr va podfornik detallari uchun ishlatiladi.
ABC-platiklarning mexanik mustahkamligi yuqori, issiqqa, sovuqqa, atmosfera ta’sirlariga bardoshli, benzin va moylarga ham chidamli, tashqi ko’rinishi ham chiroyli; quyidagicha detallar uchun ishlatiladi: isitkichning shamolparagi g’ilofi, rul vali qoplamasining g’ilofi, buyumlar qutisi ichki qopqog’ining paneli, asboblar paneli qoplamasi, radiator panjarasi va shu kabilar ABC-0809T, ABC-2020, ABC-1002 T (TU 6-05-2587-79), ABC-2020 AST (TU 6-05-198-80) markalari bor.
FTOROPLAST, bu – etilen qator materiallarning ftor hosil qiluvchi polimer, ya’ni vodorod atomlari o’rnini ftor egallagan polietilendir. Tashqi ko’rinishidan parafinga o’xshaydi, ishqalanish koefitsenti juda kam. Sanoatda ftoroplastdan ko’plab buyum tayyorlanadi. Avtomobilsozlikda asosan ftoroplast-4 dan foydalaniladi.
Ftoroplast-4 (GOST 10007-80) – tetraftoretilenni polimerlash mahsuloti bo’lib, kimyoviy turg’unligi bo’yicha barcha ma’lum plastmassalar va metallardan ustun turadi, haroratbardoshliligi yuqori, 2000C haroratda uzoq vaqt ishlasa ham dielektriklik va mexanik xususiyatlarini yo’qotmaydi, ishqalanish koeffitsenti kam, o’z-o’zini moylash xususiyati bilan ajralib turadi, biroq issiqlik o’tkazuvchanligi va qattiqligi kam [9,11].
Avtomobilsozlikda teplofizik xususiyatlari baland antifriktsion material sifatida foydalaniladi. Avtomobil konstruksiyasida qo’llanishi, qimmatligi va qayta ishlanish usullari ma’lum bo’lmagani sababli cheklangan. Metal qirqish stanoklarida katta tezliklar bilan keskichni juda oz surib mexanik ishlov beriladi.

4-ilоvа
POLIAMIDLARning makromolekulasidagi asosiy zanjirda amid guruhi bor. Bu va metilen guruh o’rtasidagi nisbatga qarab, polimidlarning xususiyatlari (suv shimish, sovuqqa chidamlilik, elastiklik, erish harorati va boshqalar) har xil bo’ladi. Poliamidlar muhim konstruksion material hisoblanadi. Ularning mexanik mustaxkamligi yuqori, zichligi kam, antifriksiya va dielektrik xususiyatlari yaxshi, kimyoviy bardoshli. Antifriksiya xususiyati bilan ftoroplast va poliformaldegiddan past turadi, lekin yeyilishga chidamliligi va yuklama ko’tarishi bilan ulardan (yana, polikorbanatdan) yuqori. Katta bosimlarda poliamidlarning ishqalanish koeffitsenti kamayadi. Avtomobil detallari uchun poliamid va uning shishali modifikatsiyalari: PA-610, PA-12, PA-6, PA-610C, PA-6-210AC, 66DC, 211DC ishlatiladi.
PA-610 suvni oz shimadi, mustaxkamligi, issiq va sovuqqa chidamliligi yaxshi; sharnirlarni qotirishi tutqichi, uzatmalar qutisi richagining ichquymasi, yonilg’i nasosining turli vtulkalar tayyorlashda ishlatiladi.
PA-12 ning antifriksion va elektr xususiyatlari yaxshi, poliamidlar ichidaeng elastigi; turli skobalar, naychalar uchun xamutlar, eshik qulflari tilini tayyorlashda qo’llaniladi.
PA-6 ning antifriksion xususiyatlari yaxshi, ilashma pedali vali uchun vtulka, tayanchi uchun plastina, uzatmalar qutisi boshqaruvining tortqisi uchun tayanch, shtukerlar, shaybalar, rozetkalar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Shisha to’ldirilgan poliamidlar tarkibida 20-30% gacha shisha tola bo’ladi. Boshqa poliamidlarga qaraganda mexanik mustaxkamligi va issiqbardoshi 2-3 marta, yeyilishga bardoshliligi 5-10 marta yuqori. Antifriksiya va elektr xususiyatlarini yaxshilash uchun to’ldiruvchilar (granit, molibden disulfidi) qo’shiladi. Ulardan o’lchov qo’yimlari qat’iy bo’lgan, minus 600C dan plus 1500 gacha oraliqda ishlaydigan, yuk ko’taradigan detallar tayyorlanadi. Masalan, shesternya surilishini cheklagichlar, richaglar, krilchatka (parrak)lar, shestrnyalar, elektr saqlagichlar korpusi, benzobak va karbyurator klapani korpusi, isitish radiatorining bachoklari, yonilg’I asboblari detallari ishlab chiqariladi.
Poliformaldegidlar (poliakstat) cho’zib, bukib, charchatib ishlaydigan sharoitlarda mustaxkamligini uzoq vaqt saqlab qolish bo’yicha boshqa hamma termoplastlardan, shu jumladan, poliamidlar, polikarbonatlar va polifenilen oksidlardan ustunturadi. Katta yuklamalarda, bukilishlarda issiqbardoshligi poliamidlarnikidan yuqori; antifriksiya xususiyatlari baland; suvli muhitda mexanik xususiyatlari oz o’zgaradi; normal va past haroratlarda organic eritgichlarga, kuchsiz kislotalarga va ishqorlarga bardoshli. Hamashyo bazasi yetarli, istiqboli yaxshi material hisoblanadi; hozirgi vaqtda qimmatligi sababli kam qo’llaniladi; avtomobil detallarini (turtkichlar porsheni, klapanlar korpusi, karbyurator detallari yonilg’i nasosi, vtulkalar) tayyorlash uchun PF-L-1, PF-L-2, PF-L-3 markalari ishlatiladi.


5-ilоvа
POLIKARBONATLAR – efirlar yoki ko’mir kislotasi xlor angidridlarini dioksibirikmalar bilan polikondensatsiyalab olingan termoplastik polimerlardir. Ularning teplofizik xususiyatlari yuqori bo’lgani uchun minus 1000C bilan plus 1350C oralig’ida bemalol ishlay oladi; po’lat yuza ustida ishqalanish koeffitsenti 0,3, ya’ni antifriksiya xususiyati yaxshi, benzinlar, moylar va yuvish vositalariga chidamli; yorug’likni ham yaxshi o’tkazadi, shuning uchun shaffof antik shishalar, jumladan, bo’yalgan shishalar tayyorlanadi; atmosfera ta’sirlariga yuqori darajada chidamli, zarbali mustaxkamligi baland bo’lgani uchun ulardan yengil avtomobillarning bamperlari tayyorlanadi. Biroq, polikarbonat qimmat bo’lgani sababli keng ko’lamda ishlatilmaydi. Avtomobil detallari uchun PK-2, PK-3, PK-4 (TU 6-05-1668-80) markalari ishlatiladi. Polikarbonatlardan yoritish asboblarining filtrlari ham tayyorlanadi. Bunda harorat 900C gacha ko’tariladi, diakril plastiklar bunday sharoitda yumshab qoladi. Shuningdek, chiroqlar korpusi, g’ildiraklar gardishi, bamperlar ham tayyorlanadi. Bunday bamperlar metalldan ishlanganiga qaraganda ancha yengil, 8 km/s tezlik bilan urilganda zarbaga bardosh beradi va deformatsiyalanmaydi.
POLIEFIRLI STEKLOPLASTIKLAR tarkibida shisha tolalar (tolalar, iplar qirqimi) va to’yinmagan poliefir qatronlar asosidagi bog’lovchilar bor. Ularni past bosimlar (0,1 MPa dan 8-10 MPa gacha) va taxminan 200C haroratlarda qayta ishlash mumkin. Bog’lovchi va to’ldiruvchi moddalarga qarab, stekloplastiklar kontaktli qoliplanadigan va “prepreg” deb atalgan turlarga bo’linadi. Bulardan birinchisi yengil avtomobillar kuzovini, yuk avtomobillari kabinasini yaxlit qoliplash uchun, shuningdek, suyri qismlarining yirik panellarini tayyorlash uchun tavsiya etiladi. Bunda plastiklar xona haroratida va bosimsiz ishlanadi. Bu jarayon qiyin bajarilishi va uzoq davom etishini ham takidlash zarur.
Avtomobillarning yirik kuzovlarini, panellarini seriyali ishlab chiqarishda rulon ko’rinishidagi yarim mahsulot plastiklar – “prepreg”lar (AP-70A, AP-66A – TU 6-11-298-84; PPM-DSM, PPM-40-TU6-11-587-84) ishlatiladi. Prepreglar tarkibida shisha tola to’ldiruvchilar va qotishga yordamlashadigan moddalar bo’ladi. Ularni issiq holda presslab, detal tayyorlanadi. Buyum qalinligi 1mm bo’lganda 40-60sek vaqt ketadi, bunda presslashning solishtirma bosimi 308MPa bo’ladi. Prepreglar preslangandan keyin cho’kishi katta bo’lib, shisha tolalar detal yuzasiga chiqib qolishi mumkin.
Chet ellarda avtomobilning old panellari, kapotlar va yukxonalar paneli, tomi, kapotlar, yukxonalar xam cho’kadigan LMC prepreglaridan tayyorlanadi.
FENOPLASTLAR eng ko’p ishlatiladigan plastmassa bo’lib, fenoformaldegidli qatronlar asosida olinadi. Bunday qatronlar fenollar va formaldegidlarni katalizatorlar (ishqoriy yoki kislotali) ishtirokida polikondensatsiyalab hosil qilinadi. Fenoplastlar tarkibiga turli to’ldiruvchilar qo’shiladi va kukunsimon, tolali yoki qatlam – qatlam material ko’rinishida olinadi. To’ldiruvchilar kukunsimon (yog’och uni, mineral moddalar) bo’lsa, olingan fenoplast press-kukun deyiladi; paxta ip tolalari bo’lsa – voloknit, shisha tola bo’lsa – steklovoloknitlar, mato mato ko’rinishida bo’lsa – tekstolit, qog’ozdan iborat bo’lsa – getinakslar deyiladi.
Fenoplastlar universal material bo’lib, o’zida yuqori dielektrik va mexanik xususiyatlar bilan yaxshigina kimyoviy bardoshlilikni, kam suv shimishi va arzonlikni mujassam etadi. Ular yuqori bosim ostida quyib ishlatiladi.
O turdagi press-kukunlar – umumiy ishlarda qo’llanadi, mexanik xususiyatlari katta bo’lmagan, armaturalanmagan detallar (izolyatsiya vtulkalari, shaybalar, tutqichlar, kuldonlar va boshqalar) ni tayyorlash uchun tavsiya etilgan.
E turdagi press-kukunlar – elektrotexnik ishlarga mo’ljallangan material; avtomobillarning elektr jihozlari detallari (izolyatsiyalovchi qurilmalar, taqsimlagich qopqog’i va shu kabilar) tayyorlashga mo’ljallangan.
Vx turdagi press-kukunlar – yuqori namlik va haroratlarda ishlaydigan elektrotexnik detallarga mo’ljallangan.
Sp turdagi press-kukunlar – mexanik va elektr xususiyatlari yuqori bo’lgan maxsus material; benzin va moyli muhitda ishlaydigan elektrotexnik detallar tayyorlash uchun ishlatiladi.
U turdagi voloknitlar statik bukilish va burash mustaxkamligi yuqori bo’lgan detallar (radiator, isitkich g’ilofi, akkumulyator batareyasi qopqog’i va shu kabilar)ni tayyorlashga qo’llanadi.
AG-4V steklovatining mexanik mustaxkamligi, issiq va sovuq bardoshliligi, elektrotexnik xususiyatlari yuqori, U turdagi voloknitlardagi kabi detallar uchun ishlatiladi.
Tekstolitlarning mexanik, teplofizik va elektrotexnik xususiyatlari yuqori, taqsimlash valining shesternyasini, suv nasosining parragini, zichlovchi va izolyatsiyalovchi shaybalarni, yonilg’I nasosi klapanlarining tugmalarini yasash uchun ishlatiladi.
Getinakslar yaxshigina dielektrik xususiyatga ega; yupqa list shaklida ishlab chiqariladi; qistirmalar, zichlama kabi detallarga ishlatiladi.
POLIURETANLAR diizotsiakatlarni ko’patomli spirtlar, oddiy yoki murakkab poliefirlar bilan reaksiyaga kiritib olinadi. Ulardan elastic, yarimbikir va bikir materiallar ishlab chiqariladi. Avtomobil konstruksiyasiga qo’llashda plastmassalar ichida birinchi o’rinda turadi. Poliuretanlar asosida ko’plab materiallar va buyumlar tayyorlanadi: to’ldirilgan, armaturalangan, ko’pirtirilgan materiallar; plita, list, blok, profil, tola, plyonka ko’rinishida tayyorlanadi.
Elastik poliuretanlar (PPU) list, blok, rulon ko’rinishida ishlab chiqariladi va ulardan avtomobil uchun turli detallari shtamplab tayyorlanadi: tirsak tiragichlar, suyanchiqlar va o’rindiqlar yostig’i qoplamasi, isitkich ventilyatorining g’ilofi, old oynani isitadigan havo yo’laklari va shu kabilar.
Qoliplangan elastik detallarni olish uchun turlicha tayyorlangan elastik PPU ishlatiladi (masalan, o’rindiqlar yostig’i va suyanchig’i tiqmasi). Bunday detallar PPU kompozitni qolipga to’ldirilib, ko’pirtirib, so’ng qotirib tayyorlanadi.
Yarimbikir PPU lardan haydovchi va passajirni passiv himoyalash detallari: asboblar paneli ustqo’ymasi, eshik ustqo’ymalari, tirsak tiralgichlar va boshqalar tayyorlanadi.
Bikir PPU lardan avtomobilsozlikda issiqlikni, shovqinni izolyatsiyalash vositalarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Ular suvni kam shimdirgani sababli metallarni korroziyadan saqlovchi sifatida ham ishlatiladi. Bu ayniqsa, amfibiya – avtomobillar uchun muhim. Suyuq kompozitni kuzovning yon panellari orasidagi bo’shliqni to’ldirish uchun ishlatish mumkin (ko’pqatlamli konstruksiya). Uni har qanday egri-bugri yuzalarga purkab, qoplash mumkin. Bunday ishlar panellarning mustaxkamligini, ezilib qolishga qarshiligini oshiradi. Bikir PPUdan refrigerator avtomobillarda issiqlikni izolyatsiyalash uchun foydalanish mumkin.
Integral PPUlar – penoplast bo’lib, g’ovak o’zak va zich qobiqdan iborat. Bular aralash komponentlarni (masalan, diizotsianat va murakkab yoki oddiy efirni) qolipga quyganda hosil bo’ladi. Reaksiya davomida gazlar ajralib, ko’pirish yuzaga keladi. Bunday materiallarning zichligi kam, mustaxkamligi, tirnalishga qarshiligi yuqori, issiqlikni va energiya yutishi yaxshi. Avtomobilning ichki va tashqi xavfsizligini ta’minlaydigan detallari (rul g’ildiragi, asboblar paneli qoplamasi, bo’yin tiragichlar, uzatmalarni o’zgartiruvchi richag dastasi, tirsak tiragich, eshik qoplamasi) tayyorlanadi, energiya yutuvchi tashqi detallar (bamper ustquymalari, faralar, radiator qoplamalari, radiator panjarasi) ham ishlanadi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling