Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»


-mаvzu. AVTOMOBILSOZLIKDA YELIMLAR VA JIPSLAGICHLARDAN FOYDALANISH


Download 1.88 Mb.
bet33/75
Sana21.02.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1218651
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75
Bog'liq
umk nometl materiallar

4-mаvzu. AVTOMOBILSOZLIKDA YELIMLAR VA JIPSLAGICHLARDAN FOYDALANISH.


Rеjа

  1. Еlim vа gеrmеtiklаrning bеlgilаnishi vа ulаrgа tаlаblаr.

  2. Tаrkibi, sinfi vа хususiyatlаri.

  3. Tеrmоаktiv pоlimеrlаr аsоsidаgi еlim vа gеrmеtiklаr.

  4. Tеrmоplаstik pоlimеr аsоsidаgi еlim vа gеrmеtiklаr.

  5. Аkril kislоtаlаri аsоsidаgi еlim vа gеrmеtiklаr.

  6. Kаuchuk аsоsidаgi еlim vа gеrmеtiklаr.

  7. Аvtоmоbil sаnоаtidа vа tа’mirlаshdа еlim vа gеrmеtiklаrning qo’llаnilishi.

  8. Tехnikа хаvfsizligi vа аtrоf-muhit muhоfаzаsi.



Tаyanch ibоrаlаr
Еlim, gеrmеtikа, tаrkib, хususiyat, bеlgi, qo’llаnilishi, rеzinаli еlim, to’ldiruvchi, qаttiqlаshtiruvchi, tеzlаshtiruvchi, аdgеziya, suvgа bаrdоshlilik, аkrilаtli еlim.


Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr
Аsоsiy аdаbiyotlаr:

  1. L.S.Vаsilеvа Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоnniе mаtеriаli. M: Trаns­
    pоrt, 1986,258 s.

  2. P. Pаvlоv, P.P. Zаskаlkо Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоnniе mаtеriаli.
    M: Trаnspоrt, 1986, 162 s.



Qo’shimchа аdаbiyotlаr :
1. О.I. Mаnusаdjаnts, F.V. Smаl Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоnniе mаtе­
riаli. M: Trаnspоrt, 1989, 217 s.
2. Хimiki - аvtоlyubitеlyam pоd rеdаktsiеy prоf. А.YA. Mаlkinа. L: Хimiya,
181 str.
1-ilоvа
YELIM VА ZICHLАGICHLARGA QOYILADIGAN TALABLAR.
Avtomobilsozlikda yelimlarning qo’llanishi birikmalarning boshqa usullariga qaraganda qator afzalliklarga ega:

  • materiallarni bir-biriga ulash imkoniyati; bu ish ularning xususiyatiga, elastiklik moduliga va qalinligiga qarab bo’ladi; yupqa list materiallarni payvandlansa, buzilib , teshilib ketadi, chok ham yaxshi chiqmaydi; boltlar yordamida ulash ham samarali bo’lmaydi;

  • murakkab shaklli detallarni yasash imkoniyati; boshqa usullar bilan buni bajarib bo’lmaydi;

  • material bo’laklari sirtini buzmasdan buyum tayyorlash imkoniyati; bunda hech qanaqa tirkish qolmaydi, bolt, gayka yoki parchinmixlar kallagi bo’lmaydi;

  • konstruksiyani tez va tejamli yeg’ish, bir agregatdagi elementlarni bitta usul bilan biriktirish imkoniyati;

  • yelimlab tayyorlangan konstruksiyasining mustahkamligi va narxi boshqa usullar bilan tayyorlashga qaraganda yaxshiroq bo’lishi;

  • bolt, gayka yoki parchinmixlar ishlatilmagani sababli konstruksiya massasi yengil bo’lishi; konstruksiya elementlariga kuchlanish (zo’riqish) bir tekis taqsimlanishi tufayli yupqa material ishlatish imkoniyati;

  • ulanayotgan turli materiallar orasida elektrolitik korroziya bo’lmasligi;

yelimlarning jipslash va elektr izolyatsiyalash xususiyati yaxshi bo’lganidan ulangan yuzalarga namlik yoki kimyoviy moddalar ta’sir qilolmasligi[9].
Yelimlar quyidagi talablar qo’yiladi:

  • yelimlanadigan yuzalar bir-biriga mustahkam yopishishi uchun yelim parda hosil qilish;

  • yelim parda atmosfera ta’sirlariga chidamli bo’lishi;

  • metallar va nometall materiallar bilan yaxshi yopishish;

  • suv, moylar va benzinlarga chidamli bo’lish;

metallni korroziyalamaslik, yopishayotgan boshqa materiallarni yemirmaslik.


2-ilоvа


TARKIBI, XUSUSIYATLARI VA TASNIFI
Yelimlar va jipslagichlar murakkab kompozit bo’lib, tarkibiga bog’lovchi modda, eritgich, to’ldiruvchi, qotirgich, qotishni tezlatuvchi modda kiradi.
Bog’lovchi sifatida termoplastik va termoreaktiv polimerlar (qatronlar)dan foydalaniladi. Bular: akrilli va metakrilli kislotalarning hosilalari, polivinilatsetat, poliizobutilen, kauchuk, fenolofordegidli qatronlar, epoksidli va kremniyorganikali birikmalar.
Eritgichlar yelimga ma’lim darajada qovushqoqlik xususiyatini berishga xizmat qiladi. Bular: atseton, spirt, benzinning etilatsetat bilan butilatsetatning atseton bilan aralashmasi va shu kabilar.
To’ldiruvchilar yelim parda quriganda cho’kishini kamaytirishga va yemirilib ketishiga qarshilik qilishga xizmat qiladi. Bularga metal, shisha, chinni, sement va boshqa materiallar kukuni kiradi.
Qotirgich va qotishni tezlatuvchi moddalar bog’lovchisi termoreaktiv qatron bo’lgan yelimlarga qo’shiladi, yelim parda hosil bo’lishiga yordamlashadi.
Yelimlarni tasniflashda qo’llanish sohasi, xususiyatlari, surkash usullari, komponentlar soni kabi belgilar e’tiborga olinadi.
Yelimlar odatda polimerlarning klassiga qarab tasniflanadi: termoreaktiv yoki termoplastik, ya’ni asosiy komponentga qarab. Shunga qarab yelimlar va jipslagichlarni qo’llash sohasi aniqlanadi. Termoreaktiv birikmalar odatda konstruksion yelimlar va vulkanlovchi jipslagichlarning asosi hisoblanadi. Termoplastlar kauchuk asosidagi termoelastoplastlar va birikmalar esa nometall materiallarni yopishtirish va vulkanlamaydigan jipslagich sifatida ishlatiladi [9].


3-ilоvа


TERMOREAKTIV POLIMERLAR ASOSIDAGI YELIMLAR VA JIPSLAGICHLAR


Modifikatsiyalangan fenoloformaldegidli qatronlar asosidagi yelimlar. Yelimlarni ishlab chiqarishda fenoloformaldegidli qatronlar va polivinil spirtning turlicha kompozitsiyalaridan keng ko’lamda foydalaniladi. Bunday yelimlar mustaxkamlik, suv, benzinlar va moylarga chidamlilik xususiyatlari baland bo’lishi bilan ajralib turadi. Ular metallar va plastmassalarni yelimlash uchun ishlatiladi. 2.1-jadvalda modifikatsiyalangan fenoloformaldegidli qatronlar asosida tayyorlangan yelimlarning xususiyatlari va nimalarga mo’ljallangani berilgan.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling