Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»


Download 1.88 Mb.
bet58/75
Sana21.02.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1218651
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75
Bog'liq
umk nometl materiallar

9-mаvzu. Lok-bo’yoq mаtеriаllаrini yuzalarga surtish usullari. Lok-bo’yoq mаhsulоtlаri bilаn ishlаsh uchun vоsitаlаr. Lok-bo’yoq mаhsulоtlаrining bеlgilаnishi


Rеjа

  1. Bo’yalаyotgаn yuzаgа Lok-bo’yoq mаtеriаllаrini surtish usullаri.

  2. Lok-bo’yoq qоplаmаlаrini sаqlаsh uchun mаtеriаllаr.

  3. Jipslovchi vositalar.

  4. Lok-bo’yoq mаhsulоtlаrini bеlgilаnishi.



Tаyanch ibоrаlаr
Аrаlаshmа, suyultirgich, yuzа, bеlgisi, qоplаmа, vоsitа


Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr Аsоsiy аdаbiyotlаr:

  1. L.S.Vаsilеvа Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоnniе mаtеriаli M: Trаns­pоrt, 1986, 92 s.

  2. А.А. Gurееv, R.YA.Ivаnоvа, N.V.Щеgоlеv Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоn­niе mаtеriаli. M: Trаnspоrt, 1986, 141 s.



Qo’shimchа аdаbiyotlаr:
3. G. P. Lijkо Tоplivо i smаzоchniе mаtеriаli. M: Аgrоprоmizdа g.
1985,1 13s.
4. О.I. Mаnusаdjyants, F.V. Smаl Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоnniе mаtе-
riаli. M: Trаnspоrt, 1989, 106 s.
1-ilоvа


BO’YALАYOTGАN YUZАGА LOK-BO’YOQ MАTЕRIАLLАRINI SURTISH USULLАRI

Odatda, bo`yoq berishning texnologik jarayoni yuzani tayyorlash, bo`yash va quritish bosqichlaridan iborat bo`ladi.


Bo`yoq berishning texnologik jarayonini ishlab chiqishda lok-bo`yoq materiallari, yuzani tayyorlash uchun materiallar, ularni surtish usullari va quritish rejimi tanlanadi, qatlamlar soni va pardozlash ishlari (shpaklyovka, silliqlash, polirovkalash), lok-bo`yoq materiallari sarfi, har bir operasiyaning mehnat talabi belgilanadi, ishchilar soni, ish o`rinlari va zarur texnologik jihozlar hisoblab chiqiladi.
Hozirgi vaqtda buyumlarga bo`yoq berish uchun pnevmatik purkash, yuqori kuchlanishli elektr maydonda purkash (elektrobo`yash), lok-bo`yoq materialini isitib va isitmasdan havosiz purkash, oqizib qo`yib va botirib, ketidan erituvchining bug`lari muhitida buyum yuzasida qoplama hosil qilish usullari qo`llanilyapti. Suv qo`shiladigan lok-bo`yoq materiallari ishlab chiqilgani tufayli elektr cho`ktirish (elektroforetik) usullaridan ham foydalanilyapti.


2-ilоvа


LOK-BO’YOQ QОPLАMАLАRINI SАQLАSH UCHUN MАTЕRIАLLАR

Lok-bo’yoq qoplamalarning yashil ko’rinishini saqlab qolish uchun, ular uzoq muddat xizmat qilish uchun asrab avaylash, qarab turish, ya’ni mashinani to’g’ri tutib turish, to’g’ri ishlatish, qoplamaga yaltiratuvchi tarkiblar bilan ishlov berish, himiyalovchi tarkiblardan surtib turish kerak.


Yaltiratuvchi tarkiblar. Bularga yaltiratuvchi suv va yaltiratuvchi mumli pastalarkiradi. Silliqlash ishi qoplamadagi juda mayda darzlarni ketqazish uchun bajariladi, shunda qoplama silliq va yaltiroq bo’ladi. Pastalar oddiy ko’zga ko’rinmaydigan darzlarni to’ldirib yuboradi. Pasta bilan ishlov berilgach, qoplama yuzasidamumning yupqa pardasi qoladi, u suvlarni tushiriv yuboradi.
Yaltiratuvchi suv №1. Mayda jilvirlarning bog’lovchi moddalar bilan aralashuvidan iborat. Suv tarkibi 8% mikroskopik tuproq , 18% vazelin moy, 6% kanakunjut moyi, 68% -suv. Yaltiratuvchi suvdan lok-bo’yoq qoplamaning holati yaxshi saqlangan paytlarda , oddiy suv bilan ketishi qiyin bo’lgan kirlarni yuvishda foydalaniladi. Chang va kirlardan iloji boricha tozalangan yuzaga yaltiratuvchisuv shpidirilgan …. paxta tampon qo’yiladi. 20-30 minutdan keyin quruq va toza flapel mato parchasi bilan, keraklicha yaltiraguncha artiladi. Bunda artilayotgan yuza bo’ylab aylanma harakatlar qilinadi. Bu ish har 10-15 kunda bajariladi.
Yaltiratuvchi mumli pasta №2 kulrang pasta bo’lib, mum, paraffin, snipidar va uayt-spirtdan tashkil topadi. Qotib qolsa, qizdirilgan holdauayt-spirtbilan suyultiriladi. Bu pastadan ilgarigi yaltirashni tiklash va qoplamani tashqi omillar ta’siridan asrash uchun foydalaniladi. Bunda flanelga pasta tekkizib kuzov yuzasi, aylanma harakatlar bilan artiladi. Har oyda bajariladi.
Yaltirovchi suyuq tarkib №3- alyumin oksidi va mumli emulsiya aralashmasidan iborat. Qoplama xiralasha boshlaganda, 2-3 oyda bir marta qo’llanadi.
Yaltirovchi pasta №290 alyuminning juda mayda zarralari, vazelin moy, kanakunjut moyi va suvdan iborat. Qoplama xiralashib, 3-tartib ham yaltiratolmay qolganda qo’llaniladi. Yilda 1-2 marta bajariladi.
Silliqlovchi pasta №289. Yaltiratuvchi tarkiblar ishlov berilayotgan yuzadan 2-4 mkm qatlamni olib tashlaydi, natijada chuqur bo’lmagan mayda darzlar yo’qoladi. Darzlar chuqur bo’lsa, yaltiratuvchi tarkiblar ketkaza olmaydi. Bunday holatlarga qoplamaga silliqlovchi ishlov beriladi va shunga mo’ljallangan tartiblardan foydalaniladi. Eng qulay tartib silliqlovchi pasta №289. Uning tarkibi 77% alund kukuni, 20% vazilin moyi va 3%parafindan iborat. Bu ishlov natijasida qoplamadan 15-20 mkm qatlam olib tashlanadi, shunda chuqur darzlar ham yuqoladi. Silliqlash ishi tugagach yaltirovchi tarkiblar qo’llab yaltiratiladi.
Himoyalovchi tarkiblar PS-7, PS-40 va boshqa. Avtomobilning ochiq havoda uzoq vaqt saqlaganda , lok-bo’yoq qoplamasini asrash uchun ishlatiladi.
PS-7 tarkib- metil-meta-krilatning lonli polimerining uayt spirtdagi, temir oksidli pigmen qo’yilgan eritmasidir. Tarkibning qovushqoqligi 18-200C da, BZ-4 bo'yicha, 14-17 c ; yuzalarga yupqa qatlam 6-15 mkm qilib to'zitib qoplanadi. Plyonka tabiiy sharoitda 20-30 minut ichida quriydi. Himoyalovchi plyonka lok-bo’yoq qoplamasini atmosfera ta’sirlaridan, nurlanishdan saqlaydi. Tarkibini benzin shimdirilgan yumshoq latta bilan olib tashlanadi va ketidan, qoplamaga jilo beriladi (yaltiratiladi).
Yaltiratuvchi himoya tarkibi GK-40 xlorvinilni qatron OBX-40, temir oksidli pigment, kanakunjut moyi va ksilol aralashmasidan iborat, ishchi qovushqoqligi, 18-23 0C da -65 c. butarkibni himoyalanadigan yuzaga purkab, uch qatlam hosil qilinadi. Har bir qatlamning qurishi, 15-23 0C da -1 soatdan. Plyonka qalinligi 100-120 mkm, qoplamani atmosfera ta’sirlaridan va shikastlanishlaridan himoyalaydi. Plyonkani yuvib emas, mexanik yo’l bilan, alohida joylarda kesib olib tashlanadi. Garajda uzoq vaqt saqlanganda mumli pasta №2 va mumli tarkib №3 dan foydalaniladi {9}
Korroziyaga qarshi tarkiblar. Avtomobil qanotlarining ostki yuzasi, radiator qoplamasi, uzovi va kabinasi tublari va sh.x qismlar suv, loy, qum va mayda toshlar urilishi natijasida ko’p shkastlanadi. Shuning uchun bu joylar yiliga, kamida bir marta bo’yashga muxtoj bo’ladi.
Shikastlangan joy tozalangandan keyin, bo’yoq purgagich yordamida grunt №138 bilan qoplanadi. So’ng, grunt ustiga bitumli mastikadan yoki 4010 markali rezina yelimdan, 1.0-1.5 mm qalinlikda himoyalovchi qatlam beriladi. 4010-rezina yelimi, natural kauchuk, qoraqurum, kaolin va kapifolning aralashmasi BR-1 benzinidagi eritmasidir. Bu yelim qattiq tukli cho’tka yordamida ikki qatlam qilib surtiladi. Birinchi qatlamni 30-40 min qurutib, keyin ikkinchi qatlam beriladi, bunisi 2-3 soat qurushi kerak.
Bitumli mastika ssezeren, maydalangan asbest va mineral moydan iborat. Shpatel yordamida surtiladi,kamida 24 soat quritiladi.
Yangi va eski avtomobillar korpusining, kuzovini yechib olinadigan qismining ichki yuzalarini korroziyadan saqlash, shuningdek, kuzov va shinalar qanoti tagini vaqtinchalik himoyalash uchun Movil, Reziston ML turdagi avtokonservantlar qo’llanadi. Bularning tarkibida korroziyaga qarshi qurilmalar, uayt-spirat va boshqalar bor. Bu tarkiblar har qanday tirqish va choklarga yengil kirib ketadi, u yerlardagi namlikni surib chiqaradi va elastic plyonka hosil qiladi. Bu plyonka yaxshi himoyalash xususiyatiga ega. Avtokonservantlar 15 0C dank am bo’lmagan sharoitda purkab qoplanadi. Bunday ishlovchi 1-2 yilda bir marta boorish tavsiya etiladi. Bir avtomobilga 1.5-2 kgavtokonservant sarf bo’ladi.
Yonilg’i baki, radiator, havo va moy filtrlari korpusini bo’yash uchun aerosol upakovkali “Аvtоemаl chyornаya” (PF-223 emali asosida) ishlatiladi; qotish vaqti, 20 0C da 24 soat, 60 0C da -2 soat.
Dvigitelni, g’ildirak disklarini bo’yash uchun aerosol upakovkali “Krаskа аlyuminоvаya” ishlatiladi. Balonni “suv hammomi”da 25-35 0C gacha qizdiriladi, bo’yoq 16-25 0C da 6 soat davomida quriydi.
“Аvtоаktikоr -2 bitumniy dlya diiща” turidagi preparatlar tarkibi neftli bitumlar, fenol-formaldegidli qatronlar, asbw=est , toluol va sh.k dan iborat. Xuddi shunday rezinka betumli preparat tarkibida maydalangan rezina ham bo’ladi. Bu vositalar yuzalarga yaxshi yopishadi. Ular, “aktikor” ning turiga qarab 2-4 qatlam surtiladi.har bir qatlam 15-25 0C da 3-6 soat quritiladi, oxirgi qatlam 18-48 soat quritiladi. Qoplama qalinligi 0.4-1.0 mm bo’ladi.
Korroziyaga qarshi turadigan qoplamani tiklash uchun ham mastikalar ishlatiladi. Masalan, “Аvtоmаstikа rеzinа bеtumnаya аntikоrrоziоnnаya elаstоkаr”. Zanglagan qoplamaga ishlov berish uchun, shuningdek, bo'yalmagan metall yuzalarni vaqtincha himoya qilish uchun ”Feron” turidagi avtopreparatlar ishlatiladi. Ularning tarkibida lok, qo’shilmalar, rux kron, toluol va boshqa moddalar bor.
Avtomobilning xromlangan detallarini atmosfera omillari, qishda ishlatiladigan agressiv tuzlar ta’siridan saqlash uchun “Xromofiks” turidagi avtoloklar ishlatiladi. Ularning tarkibida qatronlar, siklogeksanon, toluet va boshqalar bor.
Shinalarni, zichlagichlar va boshqa rezina detallarini yaltiratish yoki ilgarigi yaltirashini tiklash, ularning xizmat muddatini uzaytirish uchun “Аvtоkrаskа dlya rеzinоviх dеtаlеy” turidagi vositalar qo'llaniladi. Ularning tarkibida poli-etil-siloksanli suyuqlik, sezerin, kanifol, qoraqurumva boshqa bor. Bu vosita cho’tka yordamida bir tekis surtiladi. 24-30 soatdan keyin jun latta bilan yaltiraguncha artiladi. Bunday ishlovni yiliga 2-3 marta bajarish tavsiya qilinadi. Bir avtomobilga sarfi 200 gr


3-ilоvа
JIPSLOVCHI VOSITALAR
Bu vositalar avtomobillarni ishlatishda va ta’mirlashda mayda nosozliklardan: radiatordan suv tomchi qistirmalardan suyuqlik chiqishi, turli darzlar va boshqa xilda jipslik buzilishlarini bartaraf etish uchun ishlatiladi.
Suv, antifriz, moy tomchilarini to’xtatish uchun ulanma joylarga qo’yiladigan karton, propkasimon va rezina qistirmalar o’rniga, shuningdek, oynalarni jipslash uchun “Avtogermetik-prokladka” turidagi, pastasimon vosita ishlatiladi.
Suv yoki antifriz ozgina tomayotgan joylarga surkash uchun “radiator germetika”lari mavjud (kukunsimon yoki tugmasimon vositalar). Gaz chiqarish sistemasi uchun “Tavil” turdagi avtopreparatlar bor.
4-ilоvа
LOK-BO’YOQ MАHSULОTLАRINI BЕLGILАNISHI
Lok-bo’yoq materiallari va qoplamalarni tamg’alash (markirovka qilish). GOST 9825-73 ga muvofiq,barcha lok-bo’yoq materiallar plyonka hosil qiluvchining hususiyatiga, qoplamalrni ekspluatatsiya qilish sharoitlariga, vazifasiga ko’ra quyidagicha tamg’alanadi: loklar, gruntovkalar va bo’yoqlarning markalari ifodasi besh guruh belgilardan iborat. Birinchi guruhda lok, gruntovka, shpaklyovka, emal so’zlaridan biri yoziladi. Ikkinchi guruh plyonka hosil qiluvchining hosil qiluvchining hususiyatini ikkita haror bilan ifodalaniladi(masalan, glikdetalli-GF). Bundan keyin tire qo’yilib, uchinchi guruh raqamlar yoziladi., materiallarning vazifasini bildiradi. To’rtinchi guruh (raqamlar)mazkur lok-bo’yoq materialga berilgan tartib raqamini ko’rsatadi va 13 tagacha raqam bilan ifodalanishi mumkin. III va IV ifodalari orasiga tire qo’yilmaydi. Beshinchi guruh bo’yoqlar rangini ifodalaydi. Agar bo’yoq bir necha hil tuslansa qo’shimcha tarzda, tartib raqam ko’rsatiladi. Bu raqam IV va V guruh belgilar orasiga qo’yiladi. Misol uchun: tashqiqoplamalr uchun ishlatiladigan, melamin-alnidli zangori zangori emal quyidagicha ifodalanadi: Emal ML -12-38 golubaya tashqi qoplamalar uchun ishlatiladigan melamin –alkidli himoyalovchi yashil nitroemal: Emal NTS-11-15 zащitnаya –zеlyonаya giliftal qatron asosidagi gruntovka: Gruntоvkа GF-020


Mа’ruzа dаrsining tа’lim tехnоlоgiyasi



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling