Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»


Download 1.88 Mb.
bet72/75
Sana21.02.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1218651
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
umk nometl materiallar

Organik eritmalarning ta’siri (plastmassalarga) turlicha va ularning qutblanganligiga bog’liq. Polietilen, poliizobutilen kabi qutblanmagan (nopolyar) polimerlar shunday eritgichlarda (masalan, benzin, benzil, to’rt xlorli uglerod) eriydi yoki ko’pchib qoladi, lekin qutblangan eritgichlar (masalan spirt)da barqaror turadi.
Atmosfera ta’sirlariga barqarorlik. Yorug’lik, issiqlik, namlik, kislorod ta’sirida plastmassalarning xususiyatlari yomonlashadi (rangi o’zgaradi, yaltirashini yo’qotadi, darzlar hosil bo’ladi, mexanik xususiyatlari pasayadi), ya’ni plastmassa eskiradi, chunki polimerning strukturasi buzilib, bir vaqtning o’zida oksidlanib qolgan bo’ladi. Eskirishning oldini olish uchun plastmassalarga maxsus qo’shilmalar (antistaritel) aralashtiradi.
Texnologiyaboplik mexnattalablik va material sig’imi bilan tavsiflanadi. Detallarni plastmassalardan tayyorlash metalldan tayyorlashga qaraganda ancha kam mehnat talab etadi. Erigan plastmassani bosim bilan qoliplarga qo’yib detal tayyorlanadi. Detal o‘lchamlari katta bo’lsa, plastmassadan tayyorlansa-da, ko’p mehnat talab etadi.
Poliolefinlar- polietilinlar, polipropilenlar va ularning bir nechta modifikatsiyalari kiradi [9,10].
Polietilinlar – etilenni polimerlash mahsuloti bo’lib, kristall ko’rinishdagi polimerdir. Olish usuliga qarab, past va yuqori bosim polietilinlari mavjud.
Polipropilen -propilenni past bo’g’imda polimerlab olinadi. Bu material o’zining mexanik xuusiyatlari, bikirligi, issiqlik sig’imiga ko’ra polietilendan ustun.
Polivinilxloridlar (PVX) - yuqorimolekulyar birikma bo’lib, viilxloridni polimerlab olinadi, tarkibida 56,8% gacha bog’langan xlor bor.
Viniplast - plastiklanmagan PVX asosidagi bikir material bo’lib, PVXga to’ldiruvchi va stabillovchi moddalar qo’shib olinadi; mexanik, kimyoviy xususiyatlari yuqori, suvga va zamburug’larga chidamli; izolyatsiyalovchi g’iloflar, qistirmalar va shu kabilar tayyorlanadi; UV-10 (TU 6-01-737-76) markasi mavjud.
Polistrol plastiklar - polistrol – stiralni polimerlab yoki stiralni monomerlar (akrilonitril, metilmetakrilat, kauchuklar – butadien, butadienstirol va boshqalar) yordamida sopolimerlab olingan mahsulot bo’lib, suvga, kimyoviy ta’sirlarga chidamli, dielektriklik xususiyati yuqori.
Ftoroplast, bu – etilen qator materiallarning ftor hosil qiluvchi polimer, ya’ni vodorod atomlari o’rnini ftor egallagan polietilendir.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling