Avtomobil transportini uzoq vaqt ishonchli va samaradorli ishlashi neft maxsulotlarining sifatiga, undan oqilona, tejab-tergab foydalanishga bog‘liq


Download 355 Kb.
bet1/7
Sana04.04.2023
Hajmi355 Kb.
#1326574
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 2022 fan dasturi, YoMM TVM (2)





I.O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni.

O‘zbekistonRespublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 28 oktyabr kuni Toshkent shahrining faollari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda berilgan topshiriqlarning bayonini 12 bandiga muvofiq Toshkent avtomobil yo‘llarini loyixalash, qurish va ekspluatasiyasi instituti tomonidan bakalavriat yo‘nalishlari fan dasturlari xozirgi davr talabidan kelib chiqqan holda yangidan ko‘rib chiqildi.


Oliy o‘quv yurtlarida tayyorlanayotgan bo‘lajak mutaxassis texnik muxandislarni abtomobillarda ishlatiladigan yo‘nilg‘i - moylash materiallarining foydalanish xossalarini to‘gri baholay olish darajasini oshirish juda dolzarb masalalardan biridir, chunki u yo‘nilg‘i - moylash materiallarining markalarini ajrata bilish, ularning sifat pasportlarini to‘g ri tushunishga, neft maxsulotlarini tejab, texnikada ulardan oqilona foydalanish tamoyillarini bilishga imkon yaratadi.
Avtomobil transportini uzoq vaqt ishonchli va samaradorli ishlashi neft maxsulotlarining sifatiga, undan oqilona, tejab-tergab foydalanishga bog‘liq. Shu sababli yonilg‘i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklarni avtomobil ekspluatatsiyasida ishlatilishi, dvigatel ishiga ta’siri, ularning fizik-kimyoviy xossalari, texnikada ulardan oqilona foydalanish xaqidagi fan - “Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion materiallar” fanini o‘qitilishi talabalarda bu boradagi bilimlarni mujassamlashtirishga imkon beradi.


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

“Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion materiallar” fanini o‘qitishdan maqsad neft va neftdan olinadigan yonilg‘i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklarni avtomobillar ekspluatatsiyasida ishlatilishi, ularning fizik- kimyoviy xossalarini ishlash sharoitiga qarab o‘zgarishini va sifatini dvigatel ishiga ta’siri, shuningdek, bu materiallardan texnikada oqilona foydalanish va meyorlash haqida o‘rganishdan iborat. Fanniig ayrim bo‘limlari yonilg‘i va moylash sifatini o‘rgatish, iqlim sharoitiga qarab ishlatish, ularni tejash va ularning atrof muhitga ta’sirini kamaytirish muammolari haqida nazariy va amaliy bilimlar berishga bag‘ishlangan bo‘lib, talabalarni nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.


Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
-transport vositalarida ishlatiladigan yonilg‘i va moylash materiallarining hozirgi davrdagi holati va kelajakda rivojlanishi, neftdan yonilg‘i va moylar ishlab chiqarishning zamonaviy va eng arzon texnologiyalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
-avtomobillar ekplutatsiyasida yonilg‘i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklarni roli va ahamiyatinini, ularning fizik-kimyoviy xossalarini avtomobil ishlash sharoitiga qarab o‘zgarishini va sifatini dvigatel ishiga ta’sirini bilishi va ulardan foydalana olishi;
-yonilg‘i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklar hossalarini, sifatini va texnik ko‘rstkichlarini baxolash, va ulardan foydalanishda sohadagi ilg‘or texnologiyalarni qollash bo‘yicha kо‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.



Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling