Avtomobil trasportini xisoblah va loyhalash boyicha masalalar yechish Reja


Download 0.85 Mb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1550101
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma’ruza № ochiq kon ishlarida transport tizimi avtomobil transpo


Avtomobil trasportini xisoblah va loyhalash boyicha masalalar yechish
Reja:

  1. Karyer yuklari.Karyerlarda qo‘llaniladigan transport turlari.

  2. Kombinatsiyalashgan transport.Karyer yuklari.

  3. Kon massasini tashishda avtomobil transportini qо‘llash.

  4. Kon massasini tashishda avtotransport ishini tashkillashtirish.

  5. Xisoblash

Karyer yuklarini tashish karyerlarda eng kо‘p energiya sarf bо‘ladigan jarayon hisoblanadi. Ochiq kon ishlaridagi umumiy xarajatlar ichidan transport xarajatlari 60-70% ni tashkil qiladi. Ochiq kon ishlarida kon ishlari olib borishda tog‘ jinslari, foydali qazilmalar, foydali komponentlar miqdori kam bо‘lgan foydali qazilmalar va materiallar tashilishi kerak. Tashiladigan yuk turiga va yо‘nalishiga qarab ochuvchi va foydali qazilma yuk oqimlari tarkib topadi. Yuk oqimlari zaboylardan boshlanib, noruda tog‘ jinslar ag‘darmalarida yoki foydali komponentlar miqdori kam rudalar ag‘darmalarida yoki foydali qazilma zaxiralarida tugaydi.


Karyer yuklarini tashishchun deyarli barcha transport turlari qо‘llaniladi, ular ish prinsipiga qarab quyidagilarga bо‘linadi:

  • uzluksiz (konveyerli, truboprovodli, osma pо‘lat arqon yо‘lli);

  • siklli (temir yо‘l, avtomobil, skipli, yuk kо‘taruvchiqurilmalar, konveyer poyezdlari).

Uzluksiz transport turi unumlirok trnansport turi bо‘lib,kon ishlarini uzluksiz olib borilishini, boshqarishni avtomatlashtirishni va yuqori ish unumdorligini ta’minlaydi. Uning qazuvchi-yuklovchi va ag‘darma hosil qiluvchi texnikalar bilan birgalikda ishi butunlay avtomatlashtirilgan yuqori unumdorlikka ega bо‘lgan komplekslarni tashkil qilib, tog‘ jinslarini qazib olishga xizmat qiladi. Masalan, rotorli kо‘p chо‘michli ekskavatorlar, konveyer transporti, transport-ag‘darma kо‘prigi yoki ag‘darma hosil qiluvchi komplekslari. Karyerlarda tog‘ jinslarini qazib olishda uzluksiz ishlaydigan komplekslarni qо‘llaganda yuk oqimini soddalashtiradi, karyerlarda uskunalarni ishlatish darajasi ortadi.
Karyerlarda qo‘llaniladigan transport turlari
Karyerlarda avtomobil transporti keng qо‘llaniladi. Bunga sabab uning avtonomligi, harakatchanligi, topogorafik, geologik va ob-havo sharoitlarida ham yuqori unumdorligi va temir yо‘l transportiga nisbatan soddaroq tuzilganidir.
Avtomobil transporti tashish masofasi 4-5 km bо‘lgan va yillik yuk aylanish hajmi uncha katta bо‘lmagan, ya’ni 15-20 mln.t bо‘lgan hollarda karyerda keng qо‘llaniladi. Ishlash prinsipi kon massasini zaboylardan qabul qilish punktlarigacha tashish va tо‘kishdan iborat.
Temir yо‘l transporti har qanday ob-havo sharoitida о‘zining ishonchliligi, yuqori unumdorligi va ishlatishda foydaliligi sababli karyerlarda tarqalgan transport turidir. Uning asosiy kо‘rsatkichi yuk aylanmasi bо‘lib tonna yoki kub metrdagi yuk miqdorini vaqt birligi ichida tashilishiga aytiladi. Karyer yuk aylanmasi keraksiz jinslarni, foydali qazilma va materiallar yuk aylanmasi yig‘indisidan iborat.
Temir yо‘l tarnsporti tashish masofasi 4 km va undan yuqori, yillik yuk aylanish hajmi esa 25 mln.t va undan yuqori bо‘lgan karyerlarda keng qо‘llaniladi. Temir yо‘l transportining vositasi rels yо‘llari va harakatganuvchi sostavlardan iboratdir.
Konveyer transporti transport turi sifatida allaqachonlardan beri ishlatlishiga qaramasdan karyerlarda yosh transport turi hisoblanadi. Konveyer metall formalardan tuzilgan bо‘lib, tashuvchi a’zosi sifatida rezina lenta (lentali konveyer), kurakli zanjir (kurakli konveyer), plastinkalar (plastinkali konveyer) yoki ariqcha shakldagi (vibratsiyali konveyer) a’zolari ishlatiladi.
Karyerlardi yumshoq, maydalangan (bо‘lak о‘lchami 400 mm gacha) qattiq va yarim qoyatoshlarni tashish uchun lentali konveyerlar keng qо‘llanilmoqda. Ularning ish prinsipi shundan iboratki: konveyer lentasida tog‘ jinslari tо‘ldirilib baraban yuritgich yordamida tortish bilan harakatga keltirilib tashiladi. Konveyr lentasiga nagruzkani kamaytirish uchun qо‘shimcha tortish a’zolari, pо‘lat arqon, zanjir, telejkalar qо‘llaniladi. Bunday hollarda lenta faqat kon massasini joylashtiruvchi idish vazifasini о‘taydi.
Karyerlardagi konveyrlar transporti joylashishi va mо‘ljaliga qarab zaboydagi, tо‘plovchi, yuk kо‘taruvchi, magistral va ag‘darma turlariga bо‘linadi.
Kombinatsiyalashgan transport.
Kombinatsiyalashgan transport – unda bir xil yuklarni ketm-ket ravishda turli kо‘rinishdagi, о‘zi uchun qulay sharoitda ishlay oladigan transportlar qо‘llaniladi. 13.5 – rasm.
Avtomobil va temir yо‘l transporti kombinatsiyasi keng qо‘llanilmoqda. Bunda kon massasi zaboydan avtomobil transporti yordamida qayta yuklovchi punktgacha tashilib keltiriladi, keyin esa temir yо‘l transporti yordamida yer yuzasiga va ag‘darmalarga chiqariladi. Ushbu kombinatsiya chuqurligi 120 - 150 metrgacha bо‘lgan karyerlarda quyi pog‘onalarda qо‘llaniladi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling