Avtomobil va velosipedchi bir biriga qarab tekis harakatlanayotganda ular orasidagi masofa har t


Download 23.55 Kb.
Sana20.10.2023
Hajmi23.55 Kb.
#1710819
Bog'liq
Документ Microsoft Word


1-variant

  1. Avtomobil va velosipedchi bir - biriga qarab tekis harakatlanayotganda ular orasidagi masofa har t1=3 c davomida S1=60 m ga kamaya boradi. Agar ular avvalgi tezligi bilan bir tomonga harakatlanayotganda orasidagi masofa esa t2=4 c davomida S2=40 m ga uzoqlasha borsa, avtomobil velosipedchilarning va tezliklari topsin.

  1. Paroxod daryoda A punktdan B punktga υ1=10 km/soat tezlik bilan, qaytishda esa υ2=16 km/soat tezlik bilan harakatlanadi. Paroxodning o'rtacha tezligi topilsin.

  2. Tormozlangan poyezd tekis sekinlanuvchan harakat qilib 1 min da o'z tezligini 40 km/soat dan 28 km/soat kamaytirgan. Tormozlanish vaqtida o'tgan yo'li topilsin

  3. Chang’ichi 0.3 m/s2 tezlanish bilan harakatlanib uzunligi 100 m bo’lgan qiyalikni 20 s ichida o’tdi. Chang’ichining qiyalik boshi va oxiridagi tezliklari qanday.

  4. Aylanma harakat qilayotgan g’ildirak gardishi nuqtasining υ1

chiziqli tezligi gardishdan o’qqa 5 sm yaqin bo’lgan nuqtasining υ2 chiziqli tezligidan 2,5 marta katta bo’lsa, g’ildirakning radiusi topilsin

2-variant
1 Paroxod daryoda A punktdan B punktga υ1=10 km/soat tezlik bilan, qaytishda esa υ2=16 km/soat tezlik bilan harakatlanadi. daryoning oqim tezligi topilsin.
2 Kater yo’lning birinchi yarmini ikkinchisiga qaraganda uch marta katta o’rtacha tezlik tezlikda o’tdi. Butun yo’ldagi o’rtacha tezlik 6 km/soatni tashkil qiladi. Katerning yo’lning birinchi yarmidagi o’rtacha tezligini toping.
3 Vagon - 0,5 m/sek2 manfiy tezlanish bilan va tekis sekinlanuvchan harakat qilmoqda. Vagonning boshlang’ich tezligi 54 km/soat. Vagon qancha vaqtdan keyin va boshlang’ich nuqtadan qancha uzoqlikda to'xtaydi?
4 Samolyotning tezligi 15 sekund ichida, 180 km/soat dan 540 km/soat ga ortadi. Samolyotning tezlanishini, shu vaqt ichida bosib o’tgan yo’lini va o’rtacha tezligini toping.
5 Agar elektrovoz g’ildiragining diametri 1 m bo’lib, u 1 minutda 360 marta aylansa, poyezd tezligi necha m/s bo’ladi? π=3 deb hisoblang.


3-variant
1 Qayiqning suvga nisbatan tezligi daryo oqimining tezligidan ikki marta katta. Ikki punkt orasida oqimga qarshi suzib borish oqim bo’ylab suzib borishga qaraganda necha marta ko’p vaqt oladi.
2 Velosipedchi balandlikka 1=10 km/soat tezlik bilan ko’tariladi, pastga esa,
2=15 km/soat tezlik bilan tushdi. Velosipedchini o’rtacha tezligi nimaga teng bo’ladi?
3 Poyezd qiyalikdan pastga tushib 20 s da 340 m yo’lni o’tdi va 19 m/s tezlikka erishdi. Poyezdning boshlang’ich tezligini aniqlang.
4. 5 m/s boshlang’ich tezlikka ega bo’lgan tramvay, tekis tezlanuvchan harakat qilib, 12 s da 150 m yo’lni bosib o’tdi. Yo’l oxirida u qanday tezlikka ega bo’lgan?
5 Samaliyot havo parragining aylanish chastotasi 1500 ayl/min. Uchish tezligi
180 km/soat bo’lsa 90 km masofani bosib o’tgunga qadar parrak necha marta aylanadi.
Download 23.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling