Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di


Download 0.77 Mb.
bet9/83
Sana27.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1726047
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
Bog'liq
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org

Polimer qo‘shilmalar. Tarkibida fosfor va oltingugurt bo‘lgan polimer qo‘shilmalar yuqori yuvish va dispergiyalash xususiyatiga ega, shuningdek, ko‘pchilik hollarda moyning qovushoqlik-harorat tavsifini yaxshilaydi, qotish haroratini pasaytiradi, oksidlanishga qarshi sifatini yaxshilaydi, korrozion aktivligini pasaytiradi. Poli­ mer qo‘shilmalarga tarkibida fosfor, oltingugurt, azot va boshqa har xil funksional guruhlar makromolekulalarini qo‘shish natijasi-da ko‘p funksiyali qo‘shilmalar olinadi.


  1. 1. 7. Dvigatellarda ishlatiladigan moylar, ularning ishlash sharoitlari va xossalari

Ichki yonuv dvigatellarining moylash tizimlarida ishlatiladigan moylar motor moylari deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi ishqa-lanuvchi detallar sirtida mustahkam moy pardasi hosil qilish hisobi-ga dvigatel detallarining yeyilishini kamaytirishdir. Bunday moylar juda og‘ir ish sharoitida ishlaydi. Benzinli dvigatelda silindr gil­ zalari 180–200°C, cho‘yan porshenlar yuqori zonada 400–430°C, aluminiy porshenlar 260–280°C haroratgacha qiziydi. Dizel dvi-gatellarida esa harorat bundan 50–100°C yuqori bo‘ladi.

Moyning ish sharoitiga ko‘ra dvigatelda uchta zonani ajratish mumkin:

– yuqori haroratli zona – yonish kamerasi, porshenning yuqori kallagi va silindrning yuqori qismi. Bu zonadagi ba’zi detallar 400°C gacha (porshen kallagi) va hatto 800°C gacha (chiqarish klapani) qizishi mumkin, yonuvchi gaz harorati esa 2500°C gacha yetishi mumkin;

– o‘rtacha haroratli zona – porshen halqalari bilan birgalikda, porshen barmog‘i, shatunning yuqori qismi va silindr devorlari. Bu zonadagi maksimal harorat (porshen halqalari atrofida) 300–350°C ga yetadi;

– past haroratli zona – tirsakli val, karter joylashgan uchastkalar. Bu zonadagi eng yuqori harorat (tayanch va shatun podshipniklari atrofida) 180°C ga yetadi.

Qizdirilgan dvigatelning o‘rtacha va past haroratli zonalarida moy jadal bug‘lanishi mumkin. Buning natijasida tizimdagi moy miqdori kamayadi, sifati esa yomonlashadi. Moy sarfini kamayti-rish va uning xususiyatlari o‘zgarishiga barham berish uchun aniq ekspluatatsiya sharoitiga mos keladigan moyni tanlashda moyning bug‘lanuvchanligiga asoslanish lozim. Ammo moyning fraksion tarkibini aniqlash murakkab tahlillarni talab etganligi tufayli nis-batan oddiy tahlil qilish, ya’ni o‘t oldirish haroratini aniqlash usu­ lidan foydalaniladi.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling