Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di
Tosol A–40, A–65 suyuqliklari
Download 0.77 Mb.
|
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 40 va 65 markali past haroratlarda muzlaydigan suyuq-liklar.
- Antifriz bilan ishlash qoidalari.
- Gidravlik tizimlar uchun suyuqliklar
Tosol A–40, A–65 suyuqliklari. A–40 (1985- yildan keyin A40–M) tosolining muzlash harorati –40°C, A–65 tosolning muz lash harorati esa –65°C. Bu suyuqliklar kengayish bakchasi bo‘lgan yopiq sovitish tizimlarida (ВАЗ, «Волга», КамАЗ va boshqalar) yil davomida foydalanish uchun mo‘ljallangan. A tosoli muzlash
176 harorati –21,5°C va 20°C haroratdagi zichligi 1,12–1,14 g/ sm3 bo‘lgan antifriz konsentranti (massasi bo‘yicha miqdori 96 foiz bo‘lgan etilenglikol, suv ko‘pi bilan 3 foiz, qolgani korroziyala nishga va ko‘pik hosil bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatuvchi qo‘shilma-lar)dan iborat A–40 tosolini olish uchun 1 l aralashmaga 0,79 l, A–65 tosolini olish uchun esa 0,58 l distillangan suv qo‘shiladi. Tosollar ko‘kish-yashil rangda bo‘ladi. Tosollar sovitish tizimida avtomobil har 60 ming km yo‘l yurganidan keyin, ikki yilda bir marta almashtirilishi lozim. 40 va 65 markali past haroratlarda muzlaydigan suyuq-liklar. Bu suyuqliklar bilan kengayish bochkasi bo‘lmagan berk sovitish tizimlari (ВАЗ; ГАЗ–53А; КрАЗ va boshqa avtomobil lar) to‘ldiriladi. Bu suyuqliklarning muzlash harorati mos ravishda –40 va –65°C ga teng. 40 markali antifriz och sariq rangda bo‘lib, tarkibida 53–55 foiz etilenglikoldan, qolgani esa suvdan iborat. 65 markali suyuqlik esa zarg‘aldoq rangda bo‘lib, 66 foiz etileng-likol va 33 foiz suvdan tashkil topgan. Past haroratda muzlaydigan suyuqliklar sovitish tizimidan bahorda (avtomobilni yozda foyda lanishga tayyorlayotgan paytda) to‘kiladi. Keyingi yillarda yangi Лена–40 sovituvchi suyuqligi ishlab chiqarilmoqda. Bu suyuqlikning xususiyatlari A40–M tosoliga ya-qin, ammo cho‘yan va aluminiydan tayyorlangan detallarni kamroq korroziyalaydi. Antifriz bilan ishlash qoidalari. Etilenglikolli suyuqliklarning asosiy kamchiligi ularning zaharliligidir. Buni avtotransport egalari va ularga xizmat ko‘rsatadigan barcha ishchi-xizmatchilar bilishi lozim. Sof etilenglikolning o‘zigina emas, balki uning suvdagi erit-masi ham kuchli zahar hisoblanadi. Antifriz bilan zaharlangan kishi hatto halok bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun quyidagi xavfsi-zlik texnikasi qoidalariga to‘la amal qilish zarur: – antifrizni shlang orqali og‘iz bilan so‘rib tortish mumkin emas, chunki etilenglikol zaharlidir. Etilenglikol oshqozonga tush-sa, uni zaharlaydi. Atifrizning 100 g dozasi odamni o‘ldiradi. Anti-friz teri uchun xavfsiz; 177
– avtomobil bo‘yog‘i shikastlanmasligi uchun sovitish tizimiga antifriz quyilayotganda uning to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim; – sovitish tizimida suyuqlik bug‘lanishi natijasida antifrizning sathi pasaysa, radiatorga suv quyiladi, chunki etilenglikol bug‘lan-maydi; – qishda antifrizning zichligi muntazam ravishda gidrometr bi-lan tekshirib turiladi; – antifriz bilan ishlab bo‘lingach qo‘lni sovunlab yuvish shart. Antifriz tekkan qo‘l bilan ovqatlanmaslik, chekmaslik kerak. 5. Gidravlik tizimlar uchun suyuqliklar Zamonaviy avtomobillar va boshqa mashinalarda har xil me xanizmlarni harakatga keltirish uchun gidravlik yuritmalardan tobora keng foydalanilmoqda. Ularda ishchi suyuqlik sifatida ish-latiladigan moylarning gazlar va qattiq jismlarga nisbatan katta afzalligi bor – ular deyarli siqilmaydi. Ularning bu xossasi kuch uzatish jarayonini ravon, silkinishsiz va shovqinsiz amalga oshirish imkonini beradi. Moylarning gidravlik tizimlarda ishlash sharoiti juda og‘ir: ish harorati yozda +60–80°C ga yetadi, qishda esa –30– 40°C dan ham pasayib ketishi mumkin; ishchi bosim 10 MPa ga, gidrohajmiy uzatmalarda esa 40 MPa ga yetadi. Gidrotizimlar ishonchli va uzoq muddat ishlashi uchun ish-chi suyuqlikka quyidagi talablar qo‘yiladi: harorat o‘zgarganida gidrotizim ishonchli ishlashi uchun moyning qovushoqligi katta bo‘lmasligi, shu bilan birga, tizim bo‘ylab ravon siljishi, ishchi de-tallarning yeyilmasligi va tirqishlar orqali kam isrof bo‘lishi uchun 178
guruhga (А, Б va B) bo‘linadi. Masalan, МГ–15В gidravlik moyi: МГ – mineral gidravlik moy; 15 – qovushoqlik klassi; B – moyning ishlatilish xususiyati bo‘yicha guruhi. Gidravlik tizimlarda qo‘llash uchun 20 dan ortiq turdagi moylar, asosan neft distillatlariga qo‘shilmalar aralashtirish yo‘li bilan ish-lab chiqiladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling