Avtomobil yo`llari ekspluatatsiya qilish fanidan mustaqil ish


Download 82.24 Kb.
bet1/4
Sana04.10.2023
Hajmi82.24 Kb.
#1692102
  1   2   3   4

Avtomobil yo`llari ekspluatatsiya qilish fanidan mustaqil ish.

Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirish texnologiyalari va uni tashkil qilish



Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirish texnologiyalari va uni tashkil qilish.


Reja:



  1. Avtomobil yo‘llarini arxitektura manzarali obodonlashtirish.

  2. Avtomobil yo‘llarini ahamiyatini hisobga olib ko‘klamzorlashtirish.

  3. Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va unga qo‘yilgan talabalar.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.




  1. Avtomobil yo‘llarini arxitektura manzarali obodonlashtirish

Avtomobil yo‘li avtomobillarning dinamik xususiyatlarini ishlatishga imkon berish, tejamli yuk tashish sharotini yaratishdan tashqari haydovchilar bilan yo‘lovchilarning ruhiy, jismoniy hamda estetik talablarini ham qondirishi kerak.


Ma’lumki, avtomobil yo‘li quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: yo‘lning asosiy inshootlari, shu jumladan, yo‘l poyi, yo‘l to‘shamasi bilan qatnov qismi, sun’iy inshootlar, bevosita yo‘l xizmati binolari va qurilmalari; yo‘ldagi sharoit, shu jumladan, harakatni tashkil qilish vositalari, harakat xizmati tizimi va yo‘lni bezash vositalari.
Harakat xizmati tizimi bezash vositalari bilan birga yo‘lning obodonligini tashkil etadi, ya’ni yo‘ldan foydalanadigan insonlarning me’yordagi hayot faoliyatini, transport vositalari maromida ishlashini ta’minlash imkonini beradigan inshoot va qurilmalardan iborat bo‘ladi.
Magistral yo‘llarni obod qiladigan inshootlar tarixda ham bo‘lgan. Eron, Rum, Mavorounnahrda, inklar davlati yo‘llarida masofa belgilari qo‘yilgan, daraxtlar ekilgan, tez aloqa shahobchalari bo‘lgan, karvonsaroylar, karvonlar uchun sardobalar qurilgan.
IX – XV asrlar Mavorounnahrda keyincha Buyuk ipak yo‘li deb atalgan savdo yo‘llari bo‘lgan. Savdo yo‘llarida quduqlar qazilgan, (bahorda suv yig‘ilishi uchun) sardobalar ko‘tarilgan, savdogarlar, safarga chiqqanlar uchun dam olishi, tunashi, shuningdek karvonsaroylar qurilgan.
XX asrning boshiga kelib avtomobillar yo‘ldagi boshqa transport vositalarini siqib chiqara boshladi. Tez harakat qilishga imkon beradigan yangi yo‘llar paydo bo‘ldi. Yuk tashish ko‘payib yo‘nalishlar uzaygani uchun haydovchilar, yo‘lovchilar va transport vositalariga xizmat tashkil qilish kerak bo‘ldi. Magistral yo‘llarda yoqilg‘i quyish shahobchalari, tamaddixonalar, kafelar, restoranlar, mehmonxonalar qurila boshladi. Ular asosan yo‘l o‘tadigan aholi yashash joylarida, tijorat maqsadida qurilardi.
Avvallari yo‘l tuzilishi bilan harakat xizmati inshootlari bir-biridan mustaqil mavjud edi, ya’ni bunday bo‘lishiga sabab, o‘sha vaqtda yo‘lning ko‘rinishi harakat xavfsizligiga ham, har bitta tizimning tejamli bo‘lishiga ham ta’sir qilmasdi, chunki avtomobillarning soni kam, tezligi esa past bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin butun dunyoda avtomobillar sonining keskin ko‘payishi va ularning tezligini oshishi mavjud yo‘l tarmoqlari transport-foydalanish sifatini yaxshilash vazifasini qo‘ydi, yo‘l qurilishi ko‘paydi, loyiha ishlarining sifati oshdi.
XX asrning birinchi yarmida avtomobil yo‘llari landshafti loyihasini tuzish fikri paydo bo‘lib muvaffaqiyat bilan rivojlandi va yo‘l loyihasini tuzish dunyo amaliyotida yetakchi o‘ringa chiqdi. O‘tgan asrning 70-yillarida esa yo‘lning landshaft bilan uyg‘unligi, yo‘l chetining manzarali bo‘lishi haydovchilar charchashini kamaytirishi, harakatning qulay va xavfsiz bo‘lishiga imkon berishi aniqlandi. Landshaft loyihasini tuzish qoidalari va usullari rivojlantirilib asosan yo‘lning ko‘rinishiga e’tibor qaratish an’anaga kirdi.
Loyiha tuzishga me’morlar jalb qilinib kichik arxitektura qurilmalari, ko‘kalamzorlashtirish va yo‘l yoqasini bezash loyihalari tuzildi.
1938 yildayoq S.Soldatov avtomobil yo‘llari me’moriy tashkil etilishi talablarini ishlab chiqib, shunday degan edi: «Avtomobil yo‘llarining me’moriy tashkil etilishi tuzilganda yo‘l muhandisining oldida ikkita asosiy vazifa turadi:
1) ma’lum bo‘lgan elementlarining hammasi qo‘shilganda yo‘l yaxlit me’moriy inshootni tashkil etishi kerak;
2) yaxlit me’moriy inshoot sifatida yo‘l atrofidagi manzara bilan uyg‘un bo‘lishi kerak.
Ko‘plik nazariyasidagi eng sodda tushunchalarni ishlatib avtomobil yo‘li loyihasi umumiy tizimida obodonlashtirish o‘rni qanday bo‘lishini tasavvur qilish mumkin. Bu tizim quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: yo‘l o‘tgan yerning nazariy ko‘rinishi sifatida qaraladigan manzara: me’morchilik – yo‘lga tugal badiiy ko‘rinish berish uchun foydalaniladigan qurilish san’ati; avtomobil yo‘lini muhandislik inshooti deb qaralishi.
Bundan tashqari tizim tarkibida yo‘l chiroyli va badiiy bezatilgan bo‘lishini ta’minlaydigan texnik estetika tizimini; yo‘lning manzara bilan uyg‘un bo‘lishini ta’minlaydigan manzara loyihasini va yo‘lni bezashda manzara elementlaridan foydalanish imkonini beradigan manzara me’morchiligini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Texnik estetika, manzara loyihasi va manzara me’morchiligi avtomobil yo‘llari obodonlashtirilishi manzara me’morchiligi loyihasi tizimini tashkil qiladi.
Yo‘l obodonlashtirilishining manzaraviy me’moriy loyihalash avtomobil yo‘llarida harakatlanishning xavfsiz va qulay bo‘lishiga - ilm va san’at asos bo‘ladi.



Download 82.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling