"Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni
Download 1.95 Mb.
|
Turkiston o’lkasida yo’l qurilishi1212
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomobil yoʻli
Turkiston o’lkasida yo’l qurilishi Reja: Avtomobil yoʻli . "Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni. 1950 – 1955 yillarda Zarafshon Avtomobil yoʻli qurilishi Avtomobil yoʻli – avtomobil transporti qatnoviga moʻljallangan muhandislik inshooti. Avtomobil yoʻli ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat (respublika) va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllarga boʻlinadi. Xalqaro Avtomobil yoʻli ga mamlakatlarni, yirik sanoat markazlarini bogʻlovchi va katta iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kiradi. Davlat ahamiyatidagi yoʻllarga yirik sanoat markazlari, muhim temir yoʻl stansiyalari, pristanlar va boshqa bilan bogʻlovchi yoʻllar, mahalliy yoʻllarga esa viloyat, qishloq, jamoa xoʻjaliklari yoʻllari kiradi. Avtomobil yoʻli muhandislik inshooti sifatida quyidagi elementlardan tashkil topadi: yer poyi koʻtarmasi; yoʻl toʻshamasi; qatnov qismi; yoʻl cheti; sun’iy va chiziqli inshootlar va boshqa jihozlar. Avtomobil yoʻli tabiiy yoki tuproq koʻtarmasi, asos va qoplamalardan iborat. Asos (oʻrta qatlam) qum, shagʻal, tosh, shlak va shahrik. materiallardan qilinadi. Avtomobil yoʻlining ahamiyatiga qarab, quyidagi qoplama xillari ish-latiladi: a) yer sirtiga qumoq tuproq, shagʻal sochilgan past navli qoplamalar; b) qoramoy shimdirilgan shagʻal yoki may-dalangan tosh yotqizilgan qoplamalar; v) maydalangan tosh va shagʻalga qoramoy aralashtirilgan yengil qoplamalar; g) asfalt-beton, sement-beton singari kapital qoplamalar. Yoʻllarning ken-gligi avtomobillarning ikki va undan ortiq qator boʻlib yurishiga imkon beradi. Bir qatorniig kengligi 3 m gacha oli-nadi. Chekka yoʻllarning eni 2 – 2,5 m boʻladi. Harakat qulayligini ta’minlash maqsadida ba’zan yoʻlning oʻrtasi ma’lum kenglikda koʻkalamzorlashtiriladi. Avtomobil yoʻli qurilishida sun’iy inshootlar (tonnellar, koʻpriklar, tayanch devorlar, himoya yoʻlaklari) barpo etiladi. Avtomobil yoʻlida suv oʻtkazuvchi va drenaj qurilmalari boʻladi. Harakat xavfsizligini ta’min-lash uchun yoʻl belgilari, koʻrsatkichlar, himoya vositalari va transport oqimini boshqarish qurilmalari oʻrnatiladi. Shuningdek, Avtomobil yoʻlida texnika xizmati koʻrsatuvchi stansiyalar, yonilgʻi stansiyalari va boshqa joylashadi.Jahon standartlari boʻyicha Avtomobil yoʻlilari mamlakat umumiy transport tarmogʻidagi ahamiyati va hisobiy harakat jadalli-giga koʻra besh toifaga boʻlinadi. Eng yuqori (I) toifadagi avtomobil yoʻlida har ikkala yoʻnalishda oʻrtacha sutkalik harakat jadalligi 7000 dan koʻproq avtomobilga, hisobiy tezlik 150 km/so-atga, eng past toifadagi yoʻlda harakat jadalligi sutkasiga 100 ga yaqin avtomobilga va hisobiy tezlik 60 km/so-atga moʻljallanadi. Xalq xoʻjaligida avtomagistrallarning ahamiyati katta. Jahondagi Avtomobil yoʻlilarining umumiy uz. 20,8 mln. km (qattiq qoplamalilari 14 mln. km dan ortiq, 1990). Qattiq qoplamali Avtomobil yoʻli uzunligi (ming km) AQShda 6243 (1986), Buyuk Britaniyada 356, Fransiyada 741, Germaniyada 496, Yaponiyada 782, Hindistonda 759 (1990). 20-asr boshida Oʻzbekistonda 27 ming km yoʻl boʻlib, asosan ot-arava, karvon va yoʻlovchilarga moʻljallangan, shundan faqat 2 ming km ga shagʻal yotqizilgan edi. 1920-yilga qadar yoʻl ishlari bilan munta-zam shugʻullanadigan davlat tashkiloti boʻlmagan. 1922-yil noyabrda Turkiston mahalliy transport boshqarmasi, 1925-yil iyunda viloyat yoʻl boshqarmalari tashkil etildi. Boshqarmalar viloyat yoʻl qurilishi va ulardan foydalanishga oid masalalar bilan shugʻullangan. 1932-yildan yoʻl qurilishida bitum va shagʻal aralashmasi keng qoʻllanildi. 1928 – 32 yillarda respublikada birinchi boʻlib uz. 62 km boʻlgan qora qoplamali Buxoro – Gʻijduvon – Qiziltepa yoʻli, soʻngra Samarqand – Panjakent, Toshkent – Pskent – Murotali, Qoʻqon – Shoʻrsuv – Andijon – Kuyganyor va boshqa yoʻllar qurildi.1929-yilda Respublika XKS huzurida yoʻllar va avtomobil trans-porti bosh boshqarmasi, 1930-yilda "Oʻzyoʻlqurilishtrest" aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. 1941-yil gacha uz. 708 km boʻlgan Katta Oʻzbekiston trakti, hashar yoʻli bilan Toʻytepa – Angren, Samarqand – Jizzax – Navoiy, Fargʻona – Gorchakova kabi qoplamasi yaxshilangan yoʻllar qurildi. 1953-yil Oʻzbekiston Avtomobil transporti vazirligi hamda OʻzSSR MS huzuridagi yoʻllar bosh boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Avtomobil transporti va tosh yoʻllar vazirligi tashkil etildi. 1950 – 55 yillarda Zarafshon Avtomobil yoʻli, 1957-yil Toshkent – Qoʻqon (Qamchiq dovoni orqali) Avtomobil yoʻli foydalanishga topshirildi (uz. 240 km). 1957-yil respublika avtomobil yoʻllari tarmoqlari roʻyxati oʻtkazildi.60-80-yillarda Toshkent – Chinoz, Toshkent avtomobil halqa yoʻli, Samarqand halqa yoʻlining 1-navbati, Nurota – Boymurot – Oqtov, Qoʻqon ay-lanma yoʻllari va boshqa foydalanishga top-shirildi. Yoʻl qurilishida yangi mashina va mexanizmlarni qoʻllash kengaydi, yoʻl qurish industriyasining asfalt-beton, 134koʻpriklar qurish uchun yigʻma temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalari ishga tushirildi. 80-yillarning 2-yarmidan xalq xoʻjaligida yuklarning 90% dan koʻprogʻi avtomobil transportida tashildi.Sobiq Ittifoq davrida Oʻzbekistonda qurilgan Avtomobil yoʻlilari xalqaro andozalar ta-lablariga toʻliq javob bermagan.Respublika mustaqillikka erishganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning ichki va tashqi transport kommunikatsiyasi, jum-ladan avtomobil yoʻllarini zamonaviy asosda rivojlantirish konsepsiyasiga binoan Koʻshni davlatlar va Jahon okea-niga chiqishni ta’minlaydigai eng qisqa va ishonchli transport yoʻllarini bar-po etish, mavjud avtomobil yoʻllarini xalqaro andozalarga moslash. yoʻllarni saqlash va ta’mirlash, yangi barpo eti-layotgan sanoat markazlarini xalqaro magistrallar bilan bogʻlaydigan yoʻllar qurilishi masalalariga e’tibor kuchaydi. 1992-yil 3-iyulda "Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 1993-yil fevralda Oʻzbekiston avtomobil yoʻllarini qurish va undan foydalanish davlat-aksiyadorlik konserni ("Oʻzavtoyoʻl") ish boshladi (1969 – 1993-yillarda vazirlik). Konsern tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari boshqarmalari, 154 tuman avtomobil yoʻllari boshqarmalari, 512 yoʻllarni asrash va ulardan foydalanish boʻlimlari, "Oʻzyoʻlloyiha" yoʻl va inshootlar qurish, qayta qurish va ta’mirlash loyiha-qidiruv instituti, koʻprik temir-be-ton qurilmalari zavodi va boshqa korxonalar bor.Oʻzbekiston Xitoy va Pokistonga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon – Oʻsh – Ergashtom – Kashqar avtomobil yoʻlini ishga tushirishda qatnashmoqda (2000). Respublikaning oʻzida Fargʻona vodiysi bilan Toshkent vohasini Qamchiq dovoni (tonnel) orqali bogʻlaydigan yirik Avtomobil yoʻli hamda Qoʻngʻirot – Beynov avtomagistrali qurilishi jadal olib borilmoqda, umumiy uzunligi 1250 km dan ortiq boʻlgan Andijon–Toshkent–Nukus–Qoʻngʻirot avtomagistrali qurilishi loyihalashtirilmoqda (2000). Respublika rivojlangan yoʻl xoʻjaligi va zamonaviy talablarga javob beradigan xalqaro, respublika, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻllariga ega. Mamlakatdagi avto-mobil yoʻllarining jami uz. 146,4 ming kmdan ortiq. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarining uz. 43,4 ming km, jumladan 3237 km xalqaro, 18767 km davlat (respublika), 21459 km mahalliy (viloyat) ahamiyatiga ega boʻlgan yoʻldir. Shuningdek respublika idoralar (korxo-na, jamoa xoʻjaliklari, xoʻjalik tashkilotlari)ga qarashli yoʻllar ham mavjud.Oʻzbekistonda umumiy foydalanuvdagi jami yoʻllarning 95,6% iga qattiq qoplamalar yotqizilgan, jumladan se-ment-beton qoplamali yoʻllar 0,8% (336 km), asfalt-beton qoplamali yoʻllar 49,6% (21819 km), qora shagʻalli va qora qoplamali yoʻllar 40,6% (17796 km)ni tashkil etadi (1999). Respublikada 1864 km Avtomobil yoʻli 1-toifali yoʻlga kiradi.Murodullo Abdullayev, Vohid A’za-mov. Orenburgdan Toshkentgacha temir yo’lni qurish zaruriyati 1874 yili maxsus temir yo’l komissiyasi tomonidan ta’kidlab o’tilgan edi. Strategik fahmlarga ko’ra temir yo’lni Kaspiy dengizning sharqiy qirg’og’idan o’rtaosiyo cho’llari ichkarisi Qizil-Arvat, Ashhobod va keying manzillargacha qurishga qaror qilindi. Kaspiyorti temir yo’lini barpo qilish 1880 yil noyabr oyida boshlandi. 1885 yil temir yo’l Ashhobodga, 1886 yil Charjouga yetib keldi.1888 yil may oyida Amudaryo orqali 30 ta ko’priklarning qurilishi bilan Samarqandga temir yo’l harakati ochildi. 1885 yilda Kaspiyorti temir yo’lining boshlang’ich punkti Mixaylovsk ko’rfazidan Uzun-Adadga, 1896 yilda esa katta kemalarning kelishini ta’minlash maqsadida Krasnovodsk (hozirgi Turkmanboshi)ga ko’chirildi. 1899 yilda Ursatevsk(hozirgi Hovost) stantsiyasidan 2 ta yo’l tashkil qilindi: Toshkentgacha va Farg’ona vodiysidan Andijonga. 1899 yilda Kaspiyorti temir yo’li Yo’l habarlari Vazirligi ixtiyoriga berildi va Samarqand-Andijon liniyalari yo’llari bilan qo’shilgandan keyin Sirdaryo, Samarqand, Farg’ona, Kaspiyorti hududlari va Buxoro xonligi hududidan o’tadigan O’rtaosiyo nomini oladi. Temir yo’lning umumiy uzunligi 2354 verstni tashki qiladi. Ekspluatatsiya qilish jarayoninig birinchi bosqichlarida uning roli birinchi navbatda siyosiy va harbiy sohalarda ko’rilgan bo’lsa, qadam-baqadam tijorat sohasidayam oshib bordi.1887 yildan 1900 yilgacha yuk ayirboshlash 7.3 barobarga ortdi. O’rta Osiyodan paxta, quruq meva, ipak va qorako’l kabi mahsulotlarni olib chiqish keskin oshdi. O’z o’rnida, Rossiyadan gazlama, shakar, metal va boshqa ishlab chiqarish mahsulotlarini ko’proq olib chiqa boshladilar. Rossiya bozorlariga olib chiqish uchun ochilgan imkoniyatlar ta’siri ostida O’rta Osiyo mamlakatlarida ishlab chiqarish hajmini o’sishi kuzatildi., sanoatning alohida turlari rivojlana boshladi, birinchi navbatda paxta tozalash sanoati bo’ldi. Temir yo’lning paydo bo’lishi Rossiyaning Afg’oniston va Fors bilan savdoning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsartdi. Agar 1896-1900 yillarda rus-afg’on savdo yukayirboshlashi 2.7 mln.rublni tashkil etgan bo’lsa, 1906-1910 yillarda 5.08 mln., 1911 yilda esa 10.6 mln.ni tashkil etar edi. Temir yo’lning mavjudligi Forsning sharqiy hududlari va fors-rus savdosi rivojlanishiga ham ta’sir ko’rsatdi. Yuklarning asosiy oqimi Krasnovod porti va Ashhobod orqali Rossiyaning ovropa hududlariga va Aleksandrovsk forti orqali Forsga va Merv (hozirgi Mari), Kerki, Kalif shaharlari orqali Afg’onistonga o’tgan. Strategik tomondan temir yo’l Merv-Kushka liniyalari orqali janubiy chegaraga chiqishni ta’minlagan. 1900 yilgacha asosiy liniyalar qurib bitkazilgan: Krasnovodsk-Tashkent, Chernyaevo-Andijon (harakat 1899 yilda ochilgan), Merv-Kushla (1900). Qurilish Qoraqum sahrosining qiyin sharoitlarida harbiy qismlar tomonidan amalga oshirilgan. Quruvchilar ilk bor jahon tajribasida suvsiz sahro va uchar qum sharoitida temir yo’l qurish imkoni borligini tasdiqlab berishdi. Qurish tajribasi bundan keyin Sahroi Kabirda temir yo’l qurilishda va loyihalashtirishda qo’llandi. Rels yo’li uzunlining doimiy ortishi va hudud hayotida uning o’rni o’sishiga qaramasdan, mamlakat temir yo’l tizimi bilan bog’liq bo’lmaganligi sababli yo’l “orol” bo’lib qolmoqda edi.Krasnovodskda yuklarni tushirib kemalarga olib o’tish zaruriyati qo’shimcha noqulayliklarni tug’dirardi va ularning yetkazib berish muddatlarini cho’zishga olib kelardi. Shu sababli, tabiiyki, Rossiyani O’rtaosiyo hududlari bilan bog’laydigan yangi temir yo’l qurish masalasi ko’p marotaba ko’tarilgan edi. Bunday loyihalardan bir nechtasi olg’a surilgan edi, biroq 1900 yilda Orenburg-Toshkent yo’nalishi tanlandi. Yo’lning qurilishi 1901 yilda ikkala tomondan boshlandi. 1906 yil yanvar oyida temir yo’l ishga tushib, O’rta Osiyo uchun Markaziy Rossiyaga to’gridan to’g’ri yo’l ochildi. 1913 yilga kelib harakatlanuvchi tarkibda 531 ta parovoz, 7953 ta yuk va 495 ta yo’lovchi vagonlar mavjud edi.Temir yo’lda depo, Toshkentda temir yo’l ustaxonasi qurildi, 25 ta bilim yurti ochildi. Barcha temiryo’l liniyalarining uzunligi 2740 km ni tashkil etdi. Temir yo’lning texnik jihozlanishi past darjada edi: harakatlanuvchi tarkib O,SH, N rusumli kamquvvatli parovozlar va vint tirkamali va qo’l tormozli ikki o’qli yog’och vagonlar bilan berilgan edi; yo’lga yog’och shpala va qum asosli yengil turdagi relslar qo’yilgan edi; nomukammal signalizatsiya va aloqa(jezl tizimi va telegraf) tizimlari ishlatilgan; temir yo’l stansiyalari yetarli rivojlanmadi. Peregonlar sutkasiga 2 juftdan 12 juftgacha massasi 600 tonnadan ortiq bo’lmagan poezdlarni o’tkazardi, uchastka tezligi soatiga 13 km ni tashkilqilardi. Sovet hukumati davrida O’rtaosiyo temir yo’llari Uzbek SSR, Turkman SSR, Tojik SSR, qisman Qirg’iz SSR temir yo’llari tarmoqlarini birlashtirar edi. Temir yo’l boshqarmasi Toshkentda joylashgan edi. O’tgan asrning 20-yillarida va undan keyinroq O’rtaosiyo temit yo’llarida qayta qurish ishlari olib borildi.Yangi liniyalar qurildi: Amudaryo-Termiz (1925), termiz-Jarqo’rg’on va Farg;ona-Qizil-Qiya (1926), Andijon-Tentyoqsoy (1927), Jarqo’rg’on-Dushanbe, Dushanbe-Yangi-Bozor, Asaka-Shahrixon, Qorasu-O’sh, Jalolobod-Ko’k-Yong’oq (1928-1932 yillar), Konibodom-Sho’rob (1933), Uchqo’rg’on-Toshko’mir (1935). Ikkinchi Jahon urushi yillarida temir yo’l O’rta Osiyoni Kavkaz va SSSR markazi bilan aloqani ta’minlar edi. Uning o’tkazuvchanlik salohiyatini sezilarli darajada oshirish, joylarda noyob materiallar va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish choralari ko’rildi. Qisqa muddat ichida Toshkent-Angren (1941-1945) va Amudaryo-Dushanbe liniyalarida 9ta cho’yan quyish va 3 ta po’lar quyish sexlari qurildi. Urushdan keyingi yillarda hozirgi O’zbekiston hududida yangi temir yo’l uchastkalari qurildi: Salar-Barraj (1947), Charjou-Qo’ng’irot (1957), Navoiy-Uchquduq va Jizzax-Sirdaryo (hozirgi Mahnat) (1962), Keles-O’zbekiston (1966), Barraj-Hojikent (1967), Superfosfat (hozirgi Maroqand)- Qashqadaryo (1970), Termiz-Qo’rg’on-Tobe (1974), Naymanko’l-Nukus (1975), Nukus-Chimboy (1980). 1963 yildan beri Kavkazorti temir yo’li bilan bog’laydigan parom kechuvi faoliyat olib bormoqda, bu yuklarni vagonlardan tushirmasdan yetkazish imkonini beradi. Qo’ng’irot Beyneu (408 km) muhim temir yo’l liniyasi hisoblanadi, uning 1972 yilda ishga tushirilishi natijasida O’rta Osiyo SSSRning ovropa qismiga chiqish imkonini oldi. Bu liniyaning ekspluatatsiya qilish tajribasi uning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatdi. 1990 yilda 1 mlrd tonna yuk va 1.3 mln yo’lovchilar bu yo’l orqali tashildi. 1982 yilda Termiz shahri tumanida Amudaryo orqali birlashtirilgan avtomobil-temir yo’l ko’prigi ishga tushirildi, bu o’z o’rnida Afg’oniston bilan transport-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga yordam berdi. 1931 yilda O’rtaosiyo temir yo’lida Ashhobod-Dushak va Ashhobod-Bami uchastkasida jahon tajribasida ilk bor teplovoz orqali tortatigan muntazam yo’lovchi va yuk tashish boshlandi. 1974 yilda yo’l SSSR temir yo’l tarmog’ida birinchi bo’lib teplovoz orqali tortishga butunlay o’tib ketdi. 1933 yilda vagon xizmati va vagon uchastkalari tashkil qilindi, 1935 yilda Ashhobod, Charjou, qarshi, Termiz, Hovost stantsiyalarida vagon ta’mirlash punktlari va Kogon, Qo’qon va Samarqand stantsiyalarida vagon depolari qurildi. Vagonlarni Ishlab chiqarish- ta’mirlash texnikaviy bazasini takomillashtirish boshlandi. 1980-yillar ohiriga kelib temir yo’lda zarur texnik uskunalar, texnologik uskunalar va mexanizmlar bilan jihozlangan 16 ta vagon deposi faoliyat olib borar edi. To’qimachi, Andijon, Ashhobod stantsiyalarida yo’lovchi vagonlarni ta’mirlash-ta’minlash punktlari, 16 ta yarimvagon va plarformalarni tayyorlash punktlari, 13 ta yopiq va izotermik vagonlarni kompleks tayyorlash punktlari, 5 ta yuvish-bug’lash stantsiyalari va muzlatgich bo’limlarini ta’minlash punktlari tashkil etildi. Sirdaryo stantsiyasida muzlatgich bo’limlarni ta’mirlaydigan muzlatgich deposi qurildi. Temir yo’lda 18 ta asosiy lokomotiv depolari faoliyat olib borar edilar, ularda lokomotivlarning barcha turdagi texnik mxizmat va joriy ta’mirlash ishlari olib borilardi. Yo’lning deyarli asosiy yerlarida qum va shag’al ballasti shebenga o'zgartirildi. Asosiy yo’lning butun uzunligi bo’ylab og’ir turdagi strelka o’tkazgichlar, P50 va P65 termik ishlov berilgan relslar qo’yilgan. Qumadan himoya qilish inshootlarining umumiy uzunligi 2660 km (barcha yo’llarning 40 % dan o’rtiq) ni tashkil etardi. 1971 yilda Toshkent temir yo’l uzelining shahar cheti liniyalarini doimiy tok asosida elektrlashtirish boshlandi, 1990 yildan esa yuk va yo’lovchi tashishlar o’zgaruvchan tokli elektrovozlarda amalga oshirilmoqda. Chenkeldi-Keles-Toshkent yo’lovchi-Hovost, Keles-Dalaguzor, Toshkent temir yo’l uzeli(To’qimacho-Xamza-Toshkent-tovarniy) uchastkalri elektrlashtirildi. O’zgaruvchan tok asosida 267 km va doimiy tok asosida 67 km temir yo’li elektrlashtirildi. VL60, VL80 rusumli elektrovozlar , ER9E rusumli elektropoezdlari ekspluatatsiya qilindi. Mustaqillik yillari davomida O'zbekistonda yangi po’lat izlarni (magistral) shakllantirish bo’yicha ulkan ishlar qilindi. Qizilqum cho’llarida Navoiy-Uchquduq-Sultonuvaystog’-Nukus temir yo’llari qurildi, Amudaryo orqali temir yo’l-avtomobil qo’shma ko’prigi barpo etildi, murakkab tog’ sharoitida Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on temir yo’li qurildi. Mavjud bo’lgan temir yo’l tarmog’ini modernizatsiyalashga ham muhim ahamiyat berilmoqda. Osiyo tarraqiyot bankining jalb qilingan mablag’lari evaziga 2 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi va Toshkent-Samarqand-Buxoro uchastkasida yo’llar qayta tiklandi, Keles-Buxoro uchastkasida 600 km dan ortiq bo’lgan uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish yakunlandi. To’qimachi-Angren temir yo’l liniyasini elektrlashtirish ishlari yakunlandi. Yangi Yangiyer-Jizzax va Yangiyer-Farhod temir yo’l liniyalarini qurish ishlari yakunlandi. Markiziy Oosiyo hududida Toshkentdan Samarqandgacha ilk tezyurar yo’lovchi harakatni tashkil qilish maqsadida 2008 yil «O'zbekiston temir yo'llari» AJ va "Talgo" (Ispaniya) kompaniyasi o'rtasida 2 ta tezyurar yo’lovchi elektropoezdlarni sotib olish to'g'risida bitim imzolandi. 2011 yil 8 oktyabrdan «Afrosiyob» (Ispaniyaning "Talgo" kompaniyasi tomonidan islab chiqarilgan) yuqori tezlikda xarakatlanadigan poezdi Toshkent-Samarqand-Toshkent 161/162 sonli yo'nalishga ishga tushirildi. Yangi tezyurar poezd bu marshrut orqali xizmat ko’rsatadigan boshqa elektr poezdlar bilan birga, Toshkent va Samarqand shaharlari o'rtasida harakat qiladi. Yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» poezdi ikki soat va o'n besh daqiqa ichida 344 km temir yo'l masofasini bosib o’tadi. Maksimal tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil etadi. «Afrosiyob» tarkibiga 2 ta lokomotiv va 9 ta qulay vagonlar kiradi: 2 VIP klass vagon (vagonda 11 o'rin); 2 Biznes klass (vagonda 26 o'rin); 4 ekonom klass (vagonda 36 o'rin); 1 vagon-bistro Poezdga zamonaviy ko'rinishni, avvalo, uning aerodinamik, ta'sir bosim to'lqinlar va yon shamollar uchun optimallashtirgan dizayni beradi. Elektro poezd uzunligi 157 m ni, balandligi 4 m ni tashkil qiladi. Barcha salonlari yumshoq, qulay yonboshlaydigan o'rindiqlar va o’rnatilgan stol, shuningdek video ko'rish uchun monitor bilan jihozlangan. Poezdning barcha hududlari chekmaydiganlar hududi hisoblanadi. Vagonlarning barcha salonlari kiyim uchun ilgichlar va katta yuk saqlash uchun joy, shuningdek an'anaviy yuk javonlari bilan jihozlangan. Vagonda nogiron insonlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan, uchinchi vagonda nogironlar aravachasini joylashtirish uchun temir yo’l xodimini chaqirish tugmasi o’rnatilgan maxsus tutqichli joylar ham mavjud. Poezd hududida pollarning bir xil balandlikda bo’lganligi nogironlar aravachasini tashishga yordam beradi. O’zbekiston temir yo’llarini doimiy tok asosida elektrlashtirish 1971 yilda boshlangan. So’nggi loyihalardan biri To’qimachi-Angren temir yo’l uchastkasini elektrlashtirish edi, bu 2010 yilda amalga oshirildi. Ko’rsatilgan temir yo’l uchastkasini ishga tushirish hisobiga elektrlashtirilgan uchastkalar uzunligi 1601 km ga yetdi. Loyihaning maqsadi bu uchastkada mavjud bo’lgan dizel tortishni o’zgaruvchan tokli elektr tortishga o’zgartirish edi, bu Toshkent hududida barcha temir yo'l liniyalarini zamonaviy texnologiyalarga o’tishni yakunlashga olib keladi. Loyihaning maqsadi bu uchastkada mavjud bo’lgan dizel tortishni o’zgaruvchan tokli elektr tortishga o’zgartirish edi, bu Toshkent hududida barcha temir yo'l liniyalarini zamonaviy texnologiyalarga o’tishni yakunlashga olib keladi. Butun uchastka bo’ylab yangi texnologiyalar - SCADA masofadan boshqarish tizimi, aloqa tizimi, tortish podstansiyalari, mikroprotsessor markazlashtirish tizimi, o’q va telekommunikatsiya electron hisoblash tizimlari joriy qilingan. Elektr ta’minot tizimi poezdlarning soatiga 160 km gacha tezlik bilan harakatlanishini hisobga olgan holda qurilgan. Qurilish paytida umumiy uzunligi 265 m bo’lgan 3 ta ko’prik, 2258 ta elektr minoralar, elektr podstansiyalar, poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlovchi zamonaviy uskunalar va nazorat asboblar bilan jihozlangan navbatchi punktlari va markazlashtirilgan elektrta’minot postlari uchun 6 ta bino va inshootlar barpo etildi. Hozirgi vaqtda Maroqand-Qarshi, Qarshi-Termiz temir yo’l uchastkalarini elektrlashtirish, yangi eletrlashtirilgan Angren-Pop liniyasini qurish investitsion loyihalari amalga oshirildi. 2016 yilning 22 iyunda O’zbekiston va Xitoy hamkorligining yirik va istiqbolli loyihasi ijrosi – Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’li hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’li hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilish marosimining eng muhim ahamiyatga ega tomonlaridan biri, ushbu marosimda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etgani bo’ldi. Jahonga mashhur ikki davlat rahbarlari “O’zbekiston” yo’lovchi poezdining Qamchiq tunnelidan o’tishiga ruxsat beruvchi semaforni yoqish uchun maxsus tugmani bosganliklarini butun dunyo kuzatib turdi. Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’l liniyasini barpo etishdan maqsad ham nafaqat Farg’ona vodiysi viloyatlari va mamlakatimizning boshqa hududlari o’rtasida temir yo’l orqali yuk va yo’lovchi tashish imkoniyatini yaratish, shu bilan birga, Xitoy – Markaziy Osiyo – Evropa yangi xalqaro tranzit temir yo’l koridorining eng muhim bo’g’ini bo’lishi nazarda tutilgan edi. Uzunligi 123,1 kilometr bo’lgan Angren-Pop temir yo’lining Qamchiq dovonidan o’tgan qismida 19,2 kilometrlik tunnel barpo etildi. Ushbu qurilish jarayonlari davomida o’zbekistonlik temiryo’lchilarning salohiyatiga xitoylik mutaxassislar qoyil qolishdi, xitoyliklarning mahoratiga o’zbekistonliklar tasannolar aytishdi. Katta mehnat g’alabasiga har ikki tomonning yuksak mehnati, hamjihatligi tufayli muddatidan avval erishildi. 2017 yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi davomida Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi. Aynan ana shu anjumanda Davlatimiz rahbari Xitoyning “China Railway Tunnel Group” kompaniyasiga Angren-Pop temir yo’lining Qamchiq dovoni qurilishining muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi uchun alohida minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, mazkur tashrif doirasida ko’plab sohalar, xususan, transport va kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati bilan XXRning etakchi quruvchi kompaniyalari o’rtasida samarali kelishuvlarga erishildi. Bugungi kunda ushbu temir yo’l orqali Toshkent – Andijon – Toshkent yo’nalishida har kuni zamonaviy tezyurar yo’lovchi poezdlari aholiga xizmat ko’rsatmoqda. Andijon – Buxoro – Andijon yo’nalishida haftasiga ikkita yo’lovchi poezdi, haftada bir marotaba Andijon – Urganch – Andijon, Andijon – Moskva – Andijon yo’nalishlarida yo’lovchi poezdlari qatnovi tashkil etildi. Bundan tashqari, bir sutkada o’nlab yuk poezdi Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo’li orqali o’tib, yuklarni o’z manziliga etkazmoqda. Xususan, mazkur temir yo’l orqali ,bir yil davomida 413 ming 162 nafardan ortiq yo’lovchiga xizmat ko’rsatild, 7395,6 ming tonna yuk tashildi. Shuningdek, 1718 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Jamiyat lokomotiv parklarini, yo’lovchi va yuk vagonlarini yangilash bo’yicha bir qator loyihalarni amalga oshirish muhim masalardan biridir. “O’zbekiston temir yo’llari” AJ korxonalarida yo’lovchi va yuk vagonlarini seriyali ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Bu, hususan, havoni sovitish moslamasi bilan johozlangan kupeli vagonlar, yuk vagonlarining eng katta talabga turlari – yopiq, neft mahsulotlari uchun sisternalar, yarimvagonlar va boshqalar. Bundan tashqari, temir yo’l infratuzilmasi va harakatlanuvchi tarkib uchun ehtiyot qism, uzel va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va import o’rnini bosishni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. ’zbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PF 4954-sonli “Yo’l xo’jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ 2776-sonli “O’zbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi faoliyatlarini tashkil etish to’g’risida”gi Qaroriga asosan tashkil topgan. O’zbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlarito’g’risida” 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son Farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo’llari qo’mitasi etib qayta nomlangan holda Transport vazirligi ixtiyoriga o’tkazilgan. Avtomobil yo’llarini boshqarish bo’yicha maxsus vakolatlarga ega bo’lgan davlat organi sifatida Davlat qo’mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari etib quyidagilar belgilandi: Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling