"Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni


Download 1.95 Mb.
bet3/3
Sana08.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1463718
1   2   3
Bog'liq
Turkiston o’lkasida yo’l qurilishi1212

Avtomobil yo‘li – avtomobil transporti qatnoviga mo‘ljallangan muhandislik inshooti. Avtomobil yoʻli ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat (respublika) va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarga bo‘linadi. Xalqaro Avtomobil yoʻli ga mamlakatlarni, yirik sanoat markazlarini bog‘lovchi va katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kiradi. Davlat ahamiyatidagi yo‘llarga yirik sanoat markazlari, muhim temir yoʻl stansiyalari, pristanlar va boshqa bilan bog‘lovchi yo‘llar, mahalliy yo‘llarga esa viloyat, qishloq, jamoa xo‘jaliklari yo‘llari kiradi. Avtomobil yoʻli muhandislik inshooti sifatida quyidagi elementlardan tashkil topadi: yer poyi ko‘tarmasi; yo‘l to‘shamasi; qatnov qismi; yo‘l cheti; sun’iy va chiziqli inshootlar va boshqa jihozlar. Avtomobil yoʻli tabiiy yoki tuproq ko‘tarmasi, asos va qoplamalardan iborat. Asos (o‘rta qatlam) qum, shag‘al, tosh, shlak va shahrik. materiallardan qilinadi. Avtomobil yoʻlining ahamiyatiga qarab, quyidagi qoplama xillari ish-latiladi: a) yer sirtiga qumoq tuproq, shag‘al sochilgan past navli qoplamalar; b) qoramoy shimdirilgan shag‘al yoki may-dalangan tosh yotqizilgan qoplamalar; v) maydalangan tosh va shag‘alga qoramoy aralashtirilgan yengil qoplamalar; g) asfalt-beton, sement-beton singari kapital qoplamalar. Yo‘llarning ken-gligi avtomobillarning ikki va undan ortiq qator bo‘lib yurishiga imkon beradi. Bir qatorniig kengligi 3 m gacha oli-nadi. Chekka yo‘llarning eni 2 – 2,5 m bo‘ladi. Harakat qulayligini ta’minlash maqsadida ba’zan yo‘lning o‘rtasi ma’lum kenglikda ko‘kalamzorlashtiriladi. Avtomobil yoʻli qurilishida sun’iy inshootlar (tonnellar, ko‘priklar, tayanch devorlar, himoya yo‘laklari) barpo etiladi. Avtomobil yoʻlida suv o‘tkazuvchi va drenaj qurilmalari bo‘ladi. Harakat xavfsizligini ta’min-lash uchun yo‘l belgilari, ko‘rsatkichlar, himoya vositalari va transport oqimini boshqarish qurilmalari o‘rnatiladi. Shuningdek, Avtomobil yoʻlida texnika xizmati ko‘rsatuvchi stansiyalar, yonilg‘i stansiyalari va boshqa joylashadi.Jahon standartlari bo‘yicha Avtomobil yoʻlilari mamlakat umumiy transport tarmog‘idagi ahamiyati va hisobiy
Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling