Avtomobil yo`llari va uning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi ahamiyati


Download 65.29 Kb.
bet3/4
Sana14.12.2022
Hajmi65.29 Kb.
#1002337
1   2   3   4
Bog'liq
AVTOMOBIL YO

Tayanch so`z: avtomobil, yo`l, yo`l tarmog`i, avtomagistral, yo`l holati, yo`l tarmog`ini rivojlantirish.

24


2-ilova

Yuk tashishning transport turlari bo`yicha taqsimlanishi


3-ilova
Asr boshida O`zbekiston xududida 27 ming kilometr ot arava va izvosh yo`llari mavjud bo`lgan bo`lsa, 1927 yilga kelib O`rta Osiyoda davlat yo`llarining jami uzunligi 5313 km ni, jumladan O`zbekiston hududida - 923 km tashkil etgan.
1931 yilda Samarqanddagi yo`l tajriba uchastkasida shag`alli qoplamaning yangi usuli sinovdan o`tkazildi. Joylarning o`zida bitum suyultirib ishlov berilgan usul o`zini to`la oqladi. 1932 yilda Buxoroda ham yo`llar ana shu usul bilan qurila boshladi. 1932 yilda O`zbekistonning janubida (Jarqurg`on) og`ir smolaga boy neft’ konining ochilishi bilan uni suyuq bitum o`rnida qo`lana boshlanishi Respublikaning bu usulda ishlash uchun mavsumiy davrning imkoniyati kengligi mamlakatda yo`llarning rivojlanishi uchun keng sharoitni vujudga keltirdi. 1928-1932 yillarda O`zbekistonda birinchi bo`lib uzunligi 62 km bo`lgan qora qoplamali Buxoro-G`ijduvon-Qiziltepa yo`li qurildi, ana shu yillarda uzunligi 48 km bo`lgan Samarqand-Panjakent, Piskent-Olmaliq, Toshkent-Piskent-Murotali, Qo`qon-SHo`rsuv-Andijon-Kuyganyor va boshqa yo`llar qurildi. 1937 yilda Respublikada yo`l shoxobchalari 22 ming, jumladan qattiq qoplamali avtomobil yo`llar 2200 km tashkil etdi. 1933-37 yillarda qattiq qoplamali yo`llarning uzunligi umumiy yo`l tarmoqlaridagi salmog`i 8% tashkil etdi. 1939 yilda O`zbekistonda yirik inshootlarni Xalq hashari yo`li bilan qurish rasm bo`ldi va bu usul yo`l qurilishida ham keng qo`llanildi. 1940 yilda uzunligi 708 km bo`lgan Katta O`zbek Traktini qurish hakida maxsus qaror qabul qilindi. Ushbu yo`lning 326 km Toshkent, 222 km Samarqand, 162 km Buxoro viloyatlari tomonidan qurilgan va qurilish 1941 yilning aprelida qurib tugallangan. 1940 yilning oxiriga kelib qattiq qoplamali yo`l tarmoqlari 4700 km ni tashkil etdi. O`zbekistondagi barcha yo`llarning uzunligi 32500 kilometrni tashkil qilardi. Quyidagi 13-rasmda avtomobil yo`llari tarmog`ining rivojlanish dinamikasi keltirilgan.


Download 65.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling