Piskent tumani


Download 130.08 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.03.2023
Hajmi130.08 Kb.
#1290701
Bog'liq
Piskent tumani - Vikipediya



Piskent tumani
Piskent tumani - Toshkent viloyatidagi
tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil
etilgan. Shimoliy va shim.-sharqsan
Ohangaron va Oʻrta Chirchiq, gʻarbdan
Oqqoʻrgʻon, jan.-gʻarbdan Boʻka
tumanlari, jan.dan Tojikiston Respubli-
kasining Sugʻd viloyati bilan
chegaradosh. Maydoni 0,79 ming km².
Aholisi 86,3 ming kishi (2003). Piskent
tumanida 1 shahar (Piskent), 6 qishloq
fuqarolari yigʻini (Doʻngqoʻrgʻon, Kerovchi,


Murotali, Koriz, Oqtepa, Said) bor. Tuman
markazi — Piskent shahri
Piskent tumani 
Пскентский район
tuman
Tarkibida Toshkent viloyati
Maʼmuriy markazi Piskent
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+4
Xaritada


Tabiati. Tuman hududi Qurama togʻ
tizmalarining etaklarida va Ohangaron
daryosining chap sohilida,
ChirchiqOhangaron vodiysi
boshlanadigan yerda joylashgan. Yer usti
sharqdan gʻarbga tomon qiya. Oʻrtacha
balandligi 300–2500 m. Sharqiy qismi
Qurama togʻlari, adirlar, choʻl, yaylovlar
bilan band. Relyefi bir oz past-baland,
eski dare oʻzanlari, jar va jilgʻalar bilan
parchalangan. Tumanning gʻarbiy
qismida sugʻoriladigan yerlar joylashgan.
Tuproklari, asosan, tipik boʻz tuproqlar,
pastqam joylarda oʻtloqi, botqoq-oʻtloqi,
allyu-vial tuproklar. Tumanning chekka
sharqida toʻq boʻz tuproqlar va qoʻngʻir
tuproqlar tarqalgan boʻlib, bu yerlardan


yaylov sifatida foydala-niladi. Kurama
togʻidan Ohangaron daryosi oqib tu-
shadi, togʻ soylaridan Qizota, Kovuldi,
Olmaliqsoy, Parganda, Qoraqiyosoy oqib
oʻtadi. Anhor, Boʻka, Shoʻr, Oʻrtaariq,
Boʻrjar singari qad. ka-nallar, Shimoliy
Toshkent kanali bor. Shimoliy chegarasi
boʻylab Toshkent suv ombori
("Toshkent„Toshkent dengizi"dengizi“)
joylashgan. Iqlimi moʻtadil issiq, quruq.
Yillik oʻrtacha temperatura 13,5°; iyulning
oʻrtacha temperaturasi 27°, eng yuqori
temperatura 41,G, yanvarniki —1,0°, eng
past temperatura —27,2°. Vegetatsiya
davri 210—220 kun. Yillik yogʻin 350 mm.
Yovvoyi oʻsimliklardan tekisliklarda
qamish, dashtda shuvoq-shoʻra, togʻ oldi


yerlarida boʻtakoʻz, dare va soylarning
vodiylarida archa, doʻlana, zarang, olcha,
olma, chetan (ryabina) va boshqa usadi.
Yovvoyi hayvonlardan daryo qayirlarida
boʻri, chiyaboʻri, yumronqoziq, quyon,
toʻqay mushugi, oʻrdak, gʻoz, qirgovul,
toglarda kaklik, bedana, mayna, loyxoʻrak,
suvilonlar, ondatra yashaydi. Tumanning
sharqiy qismida foydali qazilmalardan
mis, qoʻrgʻoshin, rux, oltin, molibden va
boshqa nodir metall rudalari, flyuorit,
ohaktosh, shagʻal, kum va boshqa turli xil
qurilish materiallari olinadi.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek,
tojik, tatar, rus va boshqa millat vakillari
ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi


1 km² ga 109,2 kishi. Shaharliklar 31,4
ming kishi, qishloq aholisi 54,9 ming kishi
(2003). Tumanning sugoriladigan ekin
maydoni 20,7 ming ga, shu jumladan, 10
ming ga yerga paxta, 8,4 ming ga yerga
don, 420 ga yerga poliz va sabzavot
ekinlari ekiladi (2003). Piskent
tumanidagi 43 umumiy taʼlim maktabida
20,2 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oladi.
Yordamchi internat maktabi, kasbhunar
kolleji, 8 klub, 22 kutubxo-na, madaniyat
va istirohat bogʻi, 8 stadion mavjud.
Markaziy kasalxona, yuqumli kasalliklar
va bolalar kasalxonalari, 4 qishloq
vrachlik punkti, 5 vrachlik ambulatoriyasi,
markazlashgan dorixona, 10 xususiy


dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi. 1932-
yildan "Mehnat„Mehnat bayrogʻi"bayrogʻi“
tuman gaz. chiqadi.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 6-Mart 2023, 11:21 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Piskent_tumani&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Piskent_tumani&oldid=36009
68" dan olindi 


boʻlsa).

Download 130.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling