Reja:  1 O'simliklarning hayotiy shakllarini


Download 272.2 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.02.2023
Hajmi272.2 Kb.
#1155867
Bog'liq
4-maruza.




MAVZU. O’SIMLIKLARNING HAYOTIY 
SHAKLLAR TARKIBINI

O’RGANISH USULLARI. 



REJA:

1 O'simliklarning hayotiy shakllarini
o'rganishda Drude tasnifi 

2 Visotskiy va Kazakevichlar tasnifi 

3 Serebryakov tasnifi



Drude yer sharining iqlimini 18 tipga ajratib, 4 guruh 
o‘simliklarga ajratadi. 

Bunda u o‘simliklarning yil mobaynida vegetatsiya 
davomiyligiga bog‘lab, o‘sim 

liklarning issiqlik va suv rejimiga ko‘ra 18 tipga bo‘ladi: 


I. Vegetatsiya mavsumiyligi iqlimga bog‘liq emas (ekvator hudud 
o‘simliklari) 
1. Gigrofitlar (doimiy issiq va nam iqlimdagi o‘simlik turlari) 
2. Doimiy mo‘tadil issiq iqlimdagi, ekvatorial mamlakatlarning tog‘oldi 
hududlari 
dagi gigrofit o‘simlik turlari 
3. Doimiy mo‘tadil issiq va quruq iqlimdagi kserofitlar o‘simlik turlari 
4. Tropik hududdagi doimiy mo‘tadil sovuqqa chidamli yuqorigi tog‘ 
o‘simliklari 
5. Tropik hududdagi alp zonasidagi o‘simlik turlari 


II. Vegetatsiya mavsumiyligi tropik yomg‘irlar va qurg‘oqchilik mavsumlari bilan 
bog‘liq turlar 
6. Issiqsevar tropofitlar, qisqa muddatli qurg‘oqchilikka bardosh 
beruvchi turlar 
7. Issiqsevar tropofitlar, uzoq muddatli qurg‘oqchilikka bardosh 
beruvchi o‘simlik 
turlari 
8. Issiqsevar tropokserofitlar, o‘ta
uzoq qurg‘oqchilikka bardosh beruvchi o‘simlik turlari 
9. Mo‘tadil issiqsevar tropokserofitlar (tropik hudud tog‘laridagi turlar) 


III. Vegetatsiya mavsumiyligi yozning issiq va quruq iqlimidan keyingi harorat
ning pasayishiga bog‘liq (subtropikka yaqin,) 
10. Kseromorf, doimiy yashil daraxt va butalar (Issiq va quruq yoz, hamda 
seryom 
g‘ir mo‘tadil sovuq qish) 
11. Dengizoldi iqlimining doimiy yashil gigromorf o‘simliklari 
12. Issiq yoz va sovuq qishda barg to‘kuvchi o‘simliklar 


IV. Vegetatsiya mavsumiyligi mavsumning kun va tun uzunligiga 
bog‘liq turlar 
13. Dashtning kseromorf o‘simliklari 
14. Sovuqqa chidamli, ninabarglilar, barg to‘kuvchi daraxtlar va 
butalar, o‘tsimon 
o‘simliklar, mezo va psixrofitlar. 
15. Yuqori kengliklardagi dengizoldi iqlimdagi psixrofitlar 
16. Kontinental iqlim psixrofitlari 
17. Sovuq va quruq yuqori tog‘ cho‘llarning kseromorf turlari 
18. Arktika va Antarktika ayozga chidamli o‘simlik turlari. 



Visotskiy va Kazakevichlar tasnifi: 
Visotskiy va Kazakevichlar o‘simliklarning ildiz 
tizimi farqlari va vegetativ
ko‘payish xususiyatlarga ko‘ra ekologik tahlil 
uchun qulay o‘simlik qoplamining 
hayotiy shakllarini keltirishgan 


1. O‘rmalovchilar- kuchli vegetativ ko‘payish xususiyatiga ega turlar 
a. Uzun ildizpoyalilar (Agropyrum repens, Calamagrostis epigeios,Carex 
arenaria 
va h.k) 
b. O‘rmalab o‘suvchi va poyasida ildizlar bor turlar (Trifolium repens, 
Ranunculus 
repens, Agrostis stolonizans) 
v. Ildizbachkililar (Cirsium arvense, Sonchus arvensis, Linaria vulgaris) 
Ushbu bo‘limga kiruvchi barcha turlar boshqa ko‘p yillik o‘simliklarga 
qaraganda 
tezroq ko‘payib tarqalish va bo‘sh maydonlarni egallash qobiliyatiga 
egadir 


II. O‘q ildizlilar. O‘q ildizli o‘simlik turlari, ildiz bo‘g‘inidan vegetativ 
tiklanish xu 
susiyatiga ega, ammo vegetativ organlardan ko‘payishga ega emas 
turlar 
2guruhga: Ildizi chuqurga kirib boruvchi va chuqur bo‘lmagan turlar 
(Rumex thyrs 
ijlorus, Medicago saliva, M. falcata,Trifolium pratense va h.k.). 
III. Popuk ildizlilar: (Deschampsia. caespitosa,Festuca sulcata, Carex 
caespitosa R 
anunculus acer, Caltha palustris va h.k.) 
IV. Piyozlilar va tugunaklilar (Allium, Tulipa, Orchis, Corydalis va h.k.). 



Serebryakov tasnifi: 

O‘simliklarni qaysi guruhga kiritishda novdaning o‘sish shakli va 
vegetatsiya si davomiyligi hisobga olinadi.Ko‘p yillik o‘tsimon 
o‘simliklar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 

1) O‘q ildizli (kaudeksli) o‘simliklar. Yaxshi rivojlangan, jamg‘aruvchi, 
tuproq qatlamlariga chuqur kirib boruvchi ildizlarga ega bo‘lgan 
o‘simliklar. Kaudeksning shoxlanishiga qarab bir boshli, ko‘p boshli 
bo‘lishi mumkin (qashqarbeda, shirinmiya). 

2) Popuk ildizli o‘simliklar. Asosiy ildizi bo‘lmaydi. Qo‘shimcha ildizlari 
yo‘g‘on jamg‘aruvchi, buralib zich joylashgan ildizlar hosil qiluvchi 
o‘simliklar. Poyasi kalta, bo‘g‘im oraliqlari qisqa (zubturum, 
ayiqtovon va boshqalar). 

3) Qisqa yer osti ildizpoyali o‘simliklar. Ko‘p yillik o‘simliklar 
qo‘shimcha ildizlari hisobiga yashaydi. Lekin yer ostki ildiz poyasi 
yaxshi rivojlangan ko‘p yillik, bo‘g‘im oraliqlari qisqa ( gulsafsar va 
boshqalar). 

4) Uzun yer ostipoyali o‘simliklar gipogen ildizpoyali o‘simliklar, ya’ni 
ildizpoyasi yer ostida hosil bo‘ladi (g‘umay, achchiqmiya va 
boshqalar) 





5) Zich tup hosil qiluvchi o‘simliklar ildizpoyalari qisqa, zich ko‘p 
sonli qo‘shimcha ildizlar hosil qiluvchi ko‘p yillik bir pallali 
o‘simliklar. 

6) Tuganak hosil qiluvchi o‘simliklar 1) Bitta ko‘p yillik poya 
tipidagi tuganak hosil qiluvchi o‘simliklar va yana har yili 
tuganaklarini almashtiruvchi; 2) Ildiz tipidagi o‘simliklar (yatrishnik 
va boshqalar); 

3) Stolon tugunakli o‘simliklar (kartoshka). 

7) Piyozboshli o‘simliklar ko‘p yillik qismi turli tipdagi piyozboshlar, 
almashib turadigan qo‘shimcha ildizlarni hosil qiluvchilar. Bu 
o‘simliklar ko‘p yillik va bir yillik bo‘lishlari mumkin. 

8) Yer yuzasida o‘rmalovchi, yer ustki – stalonli o‘simliklar. Ko‘p yil 
(2-4) yashovchi o‘tsimon o‘simliklar, plagiotrop o‘rmalovchi 
poyaga ega bo‘lgan (piyozboshli choy va boshqalar) yoki 
stalonli tez qurib qoluvchi - o‘simliklar (qulupnay). 


Bir yillik o‘simliklarga qisqa yoki oz yashovchi efemerlar kiradi. 
O‘simlikning zigotadan boshlab to balog‘atga yetganicha va nasl 
qoldirguncha bo‘l 
gan davri hayotiy sikl deb ataladi. Hayotiy sikl yoki rivojlanish sikli ma’lum 
bir qo 
nuniyat asosida boruvchi bir qator fazalardan tuzilgan. Bu fazalar 
quyidagilardir: tu 
g‘ilish, rivojlanish va ko‘payish. O‘simlik hayotiy sikli oddiy va murakkab 
bo‘lishi 
mumkin. Oddiy hayotiy siklga misol qilib ulotriks o‘simligi hayotiy siklni 
ko‘rsati 
shi mumkin. Ulotriks o‘simligi zoosporadan rivojlanadi. Voyaga yetgan 
o‘simlikda 
ma’lum vaqtdan keyin hujayralari reproduktiv hujayraga aylanadi. Bu 
hujayrada
sporogenez yo‘li bilan 4 ta zoospora yuzaga keladi. Hujayra po‘sti 
yorilgach, bu
zoosporalar tarqalib, yangi individni paydo qiladi. 


Ko‘pchilik o‘simliklarda murakkab hayotiy sikl kuzatiladi. Murakkab 
hayotiy sikl 
o‘z ichiga 2, gohida 3 ta oddiy siklni oladi. Murakkab hayotiy sikl gulli 
o‘simliklar 
da yanada murakkablashib, gametalar hosil bo‘lishi va zigota fazalariga 
ham egadir
Ko‘p yillik gulli o‘simliklarda hayotiy sikl qaytaqayta takrorlanishi mumkin 
bo‘lgan bosqichlardan iboratdir. Shuning uchun ularda katta va kichik 
hayotiy sikllar ajra 
tiladi. Katta hayotiy sikl gulli o‘simlikni murtak hosil bo‘lganidan boshlab 
to umri 
(ontogenez)ning oxirigacha bo‘lgan davrni uz ichiga oladi. Katta 
hayotiy sikl quyid 
agi davrlarga bo‘linadi. (T.A.Rabotnov klassifikatsiyasiga ko‘ra) 


Senil (karilik) davri - o‘simlik gullash qobiliyatini yo‘qotgandan to halok bo‘lgun 
gacha bo‘lgan davr 
Latent davri (latens - ko‘rinmas) - urug‘larning tinim holatidagi davri 
Virginil davri (virginitas - qizlik) - urug‘ning unib chiqqandan to birinchi
gul hosil bo‘lguncha davri. Virginil davri o‘z navbatida maysa, yuvenil (yosh o‘si 
mlik) va immatura (balog‘atga yetayotgan) bosqichlariga bo‘linadi 
Generativ davri birinchi gul hosil bo‘lgandan to oxirgi gullashgacha bo‘lgan davr. 
Bu davrda o‘simliklar ko‘payad 
Rabotnov klassifikatsiyasi 



E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! 

Download 272.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling