Avtomobil yo’llarini eksplutatsiyasida mavjud muommolar


Download 44 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi44 Kb.
#1604537
Bog'liq
5-ma\'ruza


Avtomobil yo’llarini eksplutatsiyasida mavjud muommolar
Reja:
1. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini saqlash ishlari tarkibi va tuzilishi.
2. Resurs xarajatlari smetasi tarkibi va tuzilishi
3. IQN 03-10 Idoraviy qurilish normalari.
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari quyidagi turlarga bo‘lina:

  • avtomobil yo‘lini saqlash;

  • qishda saqlash;

  • ko‘kalamzorlashtirish;

Avtomobil yo‘llarini saqlash – avtomobil yo‘llarini va yo‘l inshootlarini elementlarini soz holatda saqlash, shuningdek avtomobil yo‘lining butun uzunligida yil mobaynida bajariladigan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining texnik qurilmalari ish rejimlari bo‘yicha kompleks ishlar, yo‘l, yo‘l inshootlari va ajratilgan mintaqaga qarish, doimiy ravishda paydo bo‘ladigan mayda shikastlanishlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, harakat havfsizligini tashkil etish va ta’minlash, shuningdek avtomobil yo‘llarini qishda saqlash va ko‘kalamzorlashtirish.
Avtomobil yo‘llarini qishda saqlash - avtomobil yo‘llarini va yo‘l inshootlarini elementlarini soz holatda saqlash, shuningdek avtomobil yo‘lining butun uzunligida yil mobaynida bajariladigan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining texnik qurilmalari ish rejimlari bo‘yicha kompleks ishlar, avtomobil yo‘llarini qish davrida qor qatlamlari, ko‘chkilar, uyumlaridan himoya qilish, qordan tozalash, qishgi sirpanchiq paydo bo‘lishini oldini olish va ularni bartaraf etish hamda muzgarchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlar va tadbirlar.
Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish – ajratilgan mintaqada qor va qor uyumlaridan, shamol va suv eroziyasidan himoya qilish, avtomobil yo‘llarini estetik bezash uchun zarur bo‘lgan yo‘l tasmasida daraxtzorlar barpo etish va o‘t ekish ishlari hamda ko‘kalamzorlashtirish elementlarirni parvarish qilish ishlari;
Yo‘l ta’mirlash bo‘limi (YTB) – yo‘l xo‘jaligining quyi bo‘limi bo‘lib, bu bo‘limga avtomobil yo‘llarini ia’mirlash va saqlash, avtomobil harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘llarning texnik darajasini oshirish bo‘yicha ishlarni bajarish vazifasi yuklatiladi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash ishlari harajatlarini moliyalashtirish belgilangan tartibda ishlab chiqilgan smeta asosida assmalga oshiriladi. Smetaga yo‘l xo‘jaligida foydalanish ishlarini amalga oshiriruvchi asosiy bo‘g‘in bo‘lgan yo‘l ta’mirlash bo‘limlari xarajatlari kiritiladi. Yo‘l xo‘jaligining foydalanish korxonalari yoki yo‘l va ko‘priklardan foydalanish maxsus boshqarmalari faqatgina saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bilan mashg‘ul bo‘lib, mintaqada boshqa pudrat ishlariga buyurtma bo‘lmagan holatda yoki boshqa pudrat ishlarini bajarishga ishlab chiqarish quvvati yetishmagan taqdirda uning ma’muriy boshqaruv apparati xodimlarini yillik saqlash xarajatlari “O‘zavtoyo‘l” DQ tomonidan amalga oshiriladi.
Saqlash ishlari resurs smeta xarajatlarini xisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar sifatida quyidagi resurs ko‘rsatkichlar aniqlab olinadi:
-yo‘l bo‘limi muxandis yetexnik xodimlar;
-ishchi-xizmatchilar, mashinist-mexanizatorlar, xaydovchi xodimlar asosiy ish haqini hisoblash uchun mexnat sarfi ( odam-soatlarda) ko‘rsatkichlar;
-mashina – mexanizm, transport vositalari vaqt sarflari(moto-soatlar) ko‘rsatkichlari;
-materiallar, ish qurollari va boshqa jixozlarga xarajatlari xisob-kitobi qaydnomalari;
-yuk tashish masofasi haqidagi ma’lumotlar.
Aniqlangan resurslar qiymatini baxolashda amaldagi joriy narxlarda xisoblash tavsiya etiladi.
Respublika yo‘l xo‘jaligi korxonalariga biriktirilgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash ishlariga jalb qilinuvchi ishchi-xizmatchilar, xaydovchilar va mexanizatorlar xamda muxandis texnik xodimlar soni yo‘l ta’mirlash bo‘limiga biriktirilgan avtomobil yo‘llari texnik ko‘rsatkichlari va yillik saqlash ishlari davriyligini xisobga olgan holda bebgilangan ish xajmlariga ko‘ra amaldagi me’yoriy xujjatlar bo‘yicha aniqlanadi.
Yo‘l ishchilar sonini aniqlashda “O‘zavtoyo‘l”DQ tomonidan tasdiqlangan MShN 02-2004 “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash ishlarining vaqt me’yorlari” o‘z kuchini IKN 02-2010 “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash ishlariing vaqt me’yorlari” kuchga kirishi bilan yo‘qotadi.
Yo‘l bo‘limi muxandis –texnik xodimlarning soni ( bo‘lim boshlig‘i, usta,mexanik,energetik,texnik, harakat xavfsizligi mutaxasisi, buxgalter) unga biriktirilgan yo‘llar uzunligi, texnik murakkabligi, transport harakati jadalligi ko‘rsatkichlari va yl toifasiga qarab aniqlanadi.
Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling