Avtomobil yo'llarini qurish va tamirlash ishlarida tannarxning pasaytirishning asosiy yo'llari


Yo‘l ishlarida foyda va rentabellik


Download 39.87 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi39.87 Kb.
#1500152
1   2   3   4   5
Bog'liq
AVTOMOBIL YO\'LLARINI QURISH VA TAMIRLASH ISHLARIDA TANNARXNING PASAYTIRISHNING ASOSIY YO\'LLARI

2.Yo‘l ishlarida foyda va rentabellik

Yo‘l qurilish tashkilotlari faoliyatining yakuniy iqtisodiy natijasini belgilovchi eng muhim ko‘rsatkich foyda hisoblanadi (ta’mirlash - qurilish ishlab chiqarishi bo‘yicha esa tejam).


Korxonalar (birlashmalar) foydasidan olinadigan soliq davlat byudjeti daromadining eng muhim manbalaridan biri bo‘lganligi sababli, foyda miqdorini oshirish iqtisodiyot rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri sanaladi.
Yo‘l qurilish tashkilotining oladigan foydasi, uning balansida bo‘lgan barcha bo‘limlar, yordamchi korxonalar va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar olgan foydalarning yig‘indisidan iborat bo‘ladi:
-qurilish mahsulotini realizasiyasidan olinadigan foyda (yirik qurilish-montaj ishlari komplekslarini va tugallanmagan qurilish ob’yektlarini buyurtmachiga topshirishdan olinadigan foyda) Pr;
-yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning mahsulotlari va xizmatlarini hamda moddiy boyliklarni chekka tashkilotlarga realizasiya qilinishidan olinadigan foyda, Pr;
-realizasiyadan tashqari rejalashtirilgan daromadlar Dvr va xarajatlarning Rvr umumiy yig‘indisi. U holda yo‘l tashkilotining balans bo‘yicha oladigan foydasi:

Yo‘l qurilish tashkiloti oladigan foydaning asosiy qismi (90-95foiz) qurilish-montaj ishlarini topshirilishidan hosil bo‘lib, bajarilgan ishlarning smeta qiymatlari bilan haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farqga tegishli kompensasiyalarni qo‘shib hisoblanadi.


Foydaning umumiy miqdori bajariladigan ishlarning strukturasiga, qurilish tashkiloti faoliyatining masshtabiga va boshqa bir qator omillarga bog‘liq bo‘lib, bu turli tashkilotlar faoliyatlarini taqqoslashni istisno qiladi. Shu sababli rejaviy va tahliliy hisob-kitoblarni amalga oshirish paytida korxona ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatining samaradorligini bildiruvchi ko‘rsatkich-rentabellik aniqlanadi. Rentabellik – balans bo‘yicha olingan davr mobaynida yo‘l qurilish tashkilotining o‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish-montaj ishlarining smeta qiymatiga nisbatidan iborat.
Pudratchi qurilish tashkilotlarida foyda miqdorini orttirishning bosh manbasi, qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirish hisoblanadi. Undan tashqari, balans bo‘yicha olingan foyda tarkibiga noasosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan foyda ham kiradi. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
-yordamchi ishlab chiqarish mahsulotlarini chetga realizasiya qilish;
-noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlarni qisqartirish;
-tegishli holatlarda jarimalar, pensiyalar va tovon pullarini undirib olish;
-ortiqcha moddiy boyliklarni realizasiya qilish va hokazolar.
To‘liq xo‘jalik hisobi va o‘z-o‘zini moliyaviy ta’minlashga o‘tgan korxonalar foyda hisobiga iqtisodiy rag‘batlantirish fondlarini shakllantiradilar hamda xo‘jalik boshqaruvining yuqori tashkilotlari va davlat bilan o‘zaro iqtisodiy aloqalar tizimini amalga oshiradilar. Olingan foyda (daromad)ni taqsimlanishida quyidagi ketma-ketlik ko‘zda tutiladi:
-ishlab chiqarish fondlari, tabiiy va mehnat resurslari uchun to‘lovlar;
-qisqa muddatli bank kreditlari uchun foizlar to‘lash;
-davlat (mahalliy) byudjetiga ajratmalar;
-yuqori tashkilotning ishlab chiqarishni, fanni, texnikani rivojlantirish markazlashgan fondini tashkil etish uchun ajratmalar va rezervlar.
Ko‘rsatilgan to‘lovlar va ajratmalardan qutilgandan so‘ng tashkilot va korxonalar ixtiyorida qoladigan qoldiq foyda (daromad) tasdiqlangan normativlar bo‘yicha quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:
-ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondiga;
-moddiy rag‘batlantirish fondiga (xo‘jalik hisobining foydani normativlar asosida taqsimlashga asoslangan ko‘rinishini qo‘llovchi tashkilotlar va korxonalarda).
Bir qator yo‘l xo‘jaligi tashkilotlari to‘liq xo‘jalik hisobi va o‘z-o‘zini moliyaviy ta’minlashga o‘tishda iqtisodiy rag‘batlantirish fondlarini shakllantirish manbai sifatida rejada ko‘zda tutilgan avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlashda erishilgan tejamdan foydalanib, uning taqsimlanishi tartibi yuqorida bayon etilgan taqsimlanish bilan bir xildir.
Daromadni normativ bo‘yicha taqsimlanishiga asoslangan xo‘jalik hisobini qo‘llovchi tashkilot va korxonalarda jamoaning xo‘jalik hisobi bo‘yicha olgan daromadidan ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondi hosil etilgan so‘nggi qolgan qoldig‘i hisobidan mehnatga haq to‘lash yagona fondi shakllantiriladi.


Download 39.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling